Ismoilov Kozimjon Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qavariq-botiq tarelkalar vositasida paxta moyi misellasining yakuniy distillyasiya jarayoni gidrodinamikasini yaxshilash», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3254.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Anvar Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ikromali Tojimatovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Karim Qarshievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qavariq-botiq tarelkalar vositasida paxta moyi missellasi yakuniy distillyasiyalash jarayoni gidrodinamikasini yaxshilash va tarelkalarning optimal konstruktiv parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakuniy distillyasiya jarayonining texnologik parametrlari - ishchi bosim, missella harorati, suyuqlik va bug‘ fazalar sarfi hamda qurilmaning konstruktiv o‘lchamlarini missella tarkibidan erituvchini distillyasiyalash samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
o‘simlik moyi missellasini distillatsiyalash jarayonining turli gidrodinamik rejimlarida takomillashtirilgan tangachali qavariq-botiq tarelkada kolonnali balandligi bo‘ylab suyuqlik va bug‘ fazalarining harakatlanish qonuniyatlari aniqlangan;
kolonnali qurilmalarda qavariq-botiq tarelkalar ishtirokida missella tarkibidan uchuvchan komponentlarni suv bug‘i bilan haydash jarayonining texnologik va gidrodinamik rejimlarining optimal chegaralari topilgan;
kolonnaga joylashtirilgan qavariq-botiq tarelkalar qiyalik burchagi ∠5° bo‘lganda kolonnada hosil bo‘ladigan barbotaj jarayoni hisobiga missella tarkibidan benzinni haydash samaradorligi 14,3 % oshgani isbotlangan;
paxta moyi missellasini yakuniy distillyasiyalash jarayonini qavariq-botiq tarelkalardan foydalanib amalga oshirishning texnologik samaradorligi isbotlangan va shu asosda yakuniy distillyatorning takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta moyi missellasining yakuniy bosqich distillyasiyalash jarayonini takomillashtirish va samarali qurilma yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qavariq-botiq tarelka bilan ta’minlangan yakuniy bosqich distillyatorning tavsiya etilgan yangi konstruksiyasi “Namangan tola-tekstil” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 12 noyabridagi KC/3-391-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta moyi misselasining yakuniy bosqich distillyasiya jarayoni davomiyligi 14,3% ga qisqartirish, haroratini 5°Cga pasaytirish, suv bug‘i sarfini kamaytirish hamda misselladan erituvchini haydash qurilmaning samarali konstruksiyasining hisoblash va loyihalsh imkonini bergan;
paxta moyi missellasini takomillashgan oxirgi bosqich distillyasiyalash jarayonini o‘simlik moyi ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi “Namangan tola-tekstil” MChJning «2024-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 12 noyabridagi KC/3-391-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, distillyatorda qayta ishlanayotgan qora moy chaqnash haroratini an’anaviy distillyatorga qaraganda 10 °C ga ortgan, qora ekstraksion moyning kislota sonini kamayishi rafinatsiyalangan moy chiqishini 1,8 % oshirish imkonini beradi.