Ismailov Muzaffarbek O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mexanik sariqlik bilan asoratlangan xoledoxolitiazni differensial xirurgik davolash taktikasi», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.2.PhD/Tib2898.
Ilmiy rahbar: Teshaev Oktyabr Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atadjanov Shuxrat Kamilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kam invaziv aralashuvlarga differensial kompleks yondashuv orqali mexanik sariqlik bilan asoratlangan xoledoxolitiazni davolashni bevosita natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t tosh kasalligi fonida rivojlangan mexanik sariqlikni taxislash jarayonida ul`tratovush, mul`tispiral kompyu`ter tomografiya, magnitrezonans tomografiya, endoskopikpankreatoxolangiografiya, teri va jigar orqali xolangografiya instrumental tekshiruv usullarning o‘t yo‘llari patologiyasini aniqlashdagi yuqori sezgirligi, spesifikligi va umumiy xaqqoniylik darajalari aniklangan; 
mexanik sariqlik bilan og‘rigan o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiazli bemorlarda o‘t yullarini endoskopik papillosfinkterotomiya, teri va jigar orqali xolangiostomiya, teri va jigar orqali xolesistostomiya dekompressiya usullarining samaradorligi qiyosiy asoslangan;
o‘t yo‘llarini birinchi navbatda ichki va tashqi dekompressiyasi o‘tkazilgandan keyin qo‘llanilgan xirurgik davo usullarining yaqin natijalar samaradorligi asoslangan;
differensial kompleks yondashuv asosida xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlikni yangi xirurgik davolashning ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kam invaziv aralashuvlarga differensial kompleks yondashuv orqali mexanik sariqlik bilan asoratlangan xoledoxolitiazni davolashni bevosita natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘t tosh kasalligi fonida rivojlangan mexanik sariqlikni taxislash jarayonida ul`tratovush, mul`tispiral kompyu`ter tomografiya, magnitrezonans tomografiya, endoskopikpankreatoxolangiografiya, teri va jigar orqali xolangografiya instrumental tekshiruv usullarning o‘t yo‘llari patologiyasini aniqlashdagi yuqori sezgirligi, spesifikligi va umumiy xaqqoniylik darajalari aniklangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 05-24/320-t-son bilan tasdiqlangan “Mexanik sariklikni tashxislash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi ning 2025 yil 3 yanvardagi 2-son va Toshkent shaxar 7-klinik shifoxonasining 2025 yil 27 yanvardagi 55AU/T 2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/17-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: mexanik sariqlikni erta davrlarda aniqlash, keraksiz tekshirishlarni o‘tkazmaslik, tekshiruvlarni ma’lum ketma ketlik asosida o‘tqazish, o‘tkaziladigan jarroxlik operatsiyalarni samadorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlik bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada ishlatiladigan tekshiruv usullarini  tibbiy ashyolar uchun jami 447000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 894000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada diagnostika  qilish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=62) 59800000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mexanik sariqlik bilan og‘rigan o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiazli bemorlarda o‘t yullarini endoskopik papillosfinkterotomiya, teri va jigar orqali xolangiostomiya, teri va jigar orqali xolesistostomiya dekompressiya usullarining samaradorligi qiyosiy asoslangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 05-24/320-t-son bilan tasdiqlangan “Mexanik sariklikni tashxislash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 3 yanvardagi 2-son va Toshkent shaxar 7-klinik shifoxonasining 2025 yil 27 yanvardagi 55AU/T 2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/17-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlikda erta davlarida  endoskopikpapillosfinktertomiya, teri va jigar orqali xolangiostomiya, teri va jigar orqali xolesistomiya o‘t yo‘llarini miniinvaziv dekompressiya usullarini qo‘llash mexanik sariklik asoratlar chastotasini kamaytirishga, ananaviy radikal operatsiyalarni (Laparoskopik xolesisektomiya, minilapratom xolesistektomiya, biliodigestiv anatomozlar) sifatli o‘tkazishga, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga va ularni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi.  Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 428000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 428000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 16 nafar bemorlarda 1 kun uchun 7650200 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘t yo‘llarini birinchi navbatda ichki va tashqi dekompressiyasi o‘tkazilgandan keyin qo‘llanilgan xirurgik davo usullarining yaqin natijalar samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlik bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 322000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga 644000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: o‘t tosh etiologiyali xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=62) 4020000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: differensial kompleks yondashuv asosida xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlikni yangi xirurgik davolashning ketma-ketligi ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan № DGU 31152 sonli “Mexanik sariqlik bilan asoratlangan xoledoxolitiazni differensial xirurgik davolash taktikasi” nomli uslubiy dasturi mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini kshvojlantirish markazining kup tarmokli klinikasi ning 2025 yil 3 yanvardagi 2-son va Toshkent shaxar 7-klinik shifoxonasining 2025 yil 27 yanvardagi 55AU/T 2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/17-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: xoledoxolitiaz bilan asoratlangan mexanik sariqlikni davolash choralarining ishlab chiqilgan optimal algoritmi va takomillashtirilgan yondashuvni qo‘llash jarroxlik amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga, xayot sifatini oshirishga, shuningdek o‘lim holatlari chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan algoritm va yondashuvdan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 447000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 447000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan algoritm va yondashuvdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu yondashuvlar qo‘llanilgan 62 nafar bemorlarda 1 kun uchun 27714000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish