Yuldashev Zokirjon Karimjonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yakka tanlash asosida don xosili, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan kuzgi bug‘doy navlarini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx842.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Kuzgi bug‘doyning “ASR chiligisi” navi (NAP 525).
II. Tadqiqotning maqsadi kuzgi yumshoq bug‘doyning jahon hamda mahalliy genofonddagi kolleksion nav va namunalarni biologik, foydali xo‘jalik belgi-xususiyatlarini o‘rgangan xolda ularni o‘zaro duragaylash asosida olingan avlodlaridan yakka tanlash orqali respublikaning sug‘oriladigan tuproq sharoitlariga mos, ertapishar, hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi navlarni yaratish.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor yumshoq bug‘doyning jahon genofondidan olingan va introduksiya qilingan mahalliy nav va namunalari orasidan ajratilgan  turli ekologik-geografik guruhlarga mansub bo‘lgan, xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan namunalar oddiy hamda murakkab usulda chatishtirilib,  maxsuldorligi yuqori bo‘lgan navlarni yaratish maqsadida olingan yosh duragay populyasiyalarni boshqa yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan navlar bilan takror chatishtirish (bekkross) samarali bo‘lishi isbotlangan; 
olingan duragaylarda ota-ona shakllari bo‘yicha o‘simlik bo‘yining irsiylanishi F1- F3 avlodlarda 2,8-5.0 gacha, o‘zgaruvchanligi 2,5-22.0% gacha bo‘lgan holda ularning ichidan yuqori rekombinativ shakllar ajralib chiqishini ta’minlashi ilmiy asoslangan;
oddiy va murakkab duragaylash, bekkross usullarini qo‘llagan holda boshlang‘ich manbalarni seleksiya jarayoniga jalb etish asosida ertapishar, hosildorlik, donning sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi kuzgi bug‘doy navlarini yaratish uchun boshlang‘ich ashyo sifatida AS-2009-D6, AS-2009-D4, AS-2009-D10 tizmalari tanlab olingan va ularda qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlarning shakllanishi irsiy qonuniyatlar bo‘yicha asoslangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning navlarini duragaylash natijasida olingan tizmalardan yakka tanlash yo‘li bilan ertapishar, hosildorligi va donining sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan «Asr chilgisi» navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan ertapishar yuqori hosilli, donining tarkibida oqsil, kleykovina miqdori yuqori navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan ertapishar «Asr chilgisi» navi yaratilgan, Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga NAP 525 raqamli patenti olingan va nav birlamchi urug‘chilik tizimida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 26 maydagi №05/05-03-213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Asr Chilgisi» navining birlamchi urug‘chilik tizimi ilmiy asosda tashkil etilgan, 2024 yil hosilidan 20,7 tonna yuqori navdor urug‘liklar tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
yangi yaratilgan «Asr chilgisi» navi 2018-2020 yil raqobatli nav sinovlari hamda ekspert komissiyasi xulosasiga asosan Farg‘ona, Andijon Jizzax viloyatlari sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun 2024 yildan istiqbolli navlar sifatida Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va Farg‘ona, Andijon  viloyatlar bo‘yicha 40 gektar sug‘oriladigan maydonlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 26 maydagi №05/05-03-213-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, «Asr Chilgisi» navi ekilgan maydonlarda eskidan ekib kelinayotgan navlarga nisbatan yuqori hosildorlikka erishilib,  rentabellik darajasi 36-37% ni tashkil qilgan;
«Asr Chilgisi» navi 2023-2024 yillarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida “Vaxobxoji Toshpo‘latobod” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar, Beshariq tumanidagi “Sardor fayz” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar, Dang‘ara tumanidagi “Shokirjon Xaitov” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani “Nafosat kelajagi” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, Baliqchi tumani “Alchazor g‘alla zamini” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar maydonda ilmiy asosda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 26 maydagi №05/05-03-213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar bo‘yicha o‘rtacha o‘rtacha 5-8 s/ga, yoki 8,5-10,2 foizgacha qo‘shimcha don hosili etishtirish imkonini bergan; 
kuzgi yumshoq bug‘doy bo‘yicha tadqiqotlar asosida “Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida resurstejamkor innovatsion texnologiyalar asosida kuzgi bug‘doy etishtirish” bo‘yicha tavsiyanoma chop etilgan va tavsiyalar ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 26 maydagi №05/05-03-213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma respublikamizning qishloq xo‘jalik sohasida, jumladan g‘allachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer va dexqon xo‘jaliklari, klasterlar tomonidan foydalanib, yuqori va sifatli don hosili olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish