Jovliev Shavkat Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Metallurgiya sanoati konstruksiya va uskunalari uchun kompozision polimer materiallar va korroziyaga chidamli qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5540.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik, Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ismailov Ravshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallurgiya sanoati konstruksiya va uskunalari uchun kompozision polimer materiallar va korroziyaga chidamli qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozision polimer materiallar va qoplamalarning havo-gazli agressiv muhit ta’sirida emirilishiga oid fizik-kimyoviy hususiyatlari aniqlangan;
adgezion mustaxkamlik, fizik-mexanik xususiyatlar, korroziyaga chidamlilik va xizmat muddatini yaxshilaydigan sinergetik ta’sirga olib keladigan antikorrozion qoplamalar tarkibidagi mineral to‘ldiruvchilar va polimer bog‘lovchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
polimer qoplamalarning asosiy xususiyatlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlangan bo‘lib, bu omillar to‘ldiruvchining tabiati, tuzilishi, tarkibi va nisbatiga bog‘liq holda qoplamalarning adgezion mustahkamligini 1,5-2 marta oshirishi asoslangan;
metallurgiya sanoatidagi inshootlar va jihozlarning xizmat muddatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qoplamalarni qo‘llash orqali kimyoviy hamda havo-gaz ta’siriga chidamliligini 1,5–2 barobarga oshirishi aniqlangan;
metall inshootlar va jihozlarning fizik-mexanik va korroziyaga chidamli xususiyatlari hamda umrboqiyligini oshirish uchun samarali tarkib va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallurgiya sanoati konstruksiya va uskunalari uchun kompozision polimer materiallar va korroziyaga chidamli qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziyaga chidamli kompozision polimer qoplamalar “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJga tegishli metall konstruksiyalar va nasoslarda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2025 yil 30 iyundagi 03/03-933-son ma’lumotnomasi). Natijada, zavod uchun belgilangan texnologiyada ishlab chiqilgan korroziyaga chidamli kompozision polimer materiallardan foydalanish orqali birgina nasoslarning ishlash muddatini 2-3 marotaba oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision polimer materiallari va ular asosidagi karroziyaga qarshi qoplamalar qoplamalar “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJga tegishli metall konstruksiyalar, uskunalar, nasoslarning parraklari, metall quvurlari va yuqori bosimda ishlovchi nasos korpuslarining sirt yuzasini kapital va texnik ta’mirlashda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2025 yil 30 iyundagi 03/03-933-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision korroziyaga chidamli qoplamalarning adgezion mustahkamligini 1,5-2 marta oshirish va ularning tan narxini 2 barobar arzonlashtirish imkonini bergan.