Muminov Muzaffar Islomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «SARS-CoV-2 virusiga qarshi rekombinant oqsil vaksina yaratish», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V1238.
Ilmiy rahbar: Turdikulova Shaxlo Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ilg‘or texnologiyalar markazi, DSc.03/30.07.2024.V.179.01.
Rasmiy opponentlar: Buriev Zabardast Tojiboyevich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuhong Cao, Xitoy Nanofanlar va texnologiya milliy markazi professori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: CHO hujayralarida SARS-CoV-2 virusiga qarshi mahalliy rekombinant oqsil vaksinasi ishlab chiqish hamda uning preklinik xavfsizligi va immun profilini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CHO ho‘jayralarida bir qator SARS-CoV-2 antigenlarining ekspressiyasi o‘rganilgan va dimer RBD oqsili tadqiqot sinovidan o‘tgan tojdor oqsillariga nisbatan ko‘proq miqdorda ekspressiyalanishi hamda dimer RBD oqsilining tozalashdan so‘ng unumi 20-50 mg/l, molekulyar massasi 50-55 kDa atrofida ekanligi, CHO hujayrasida ekspressiyalanganda butun va degradatsiya formasida aniqlangan, RBD oqsilini suyuqlik xromatografiya usullari yordamida oqsilning butun formasini 99% gacha tozalashga erishilgan va tozalash protokoli ishlab chiqilgan;
ilk bor gen muhandisligi yordamida CHO hujayralarida olingan rekombinant dimer RBD oqsili asosida ikki xil: 10 µg/doza va 25 µg/doza konsentratsiyadagi RENOVAC vaksinasi ishlab chiqilgan;
RENOVAC vaksinasi Sprague Dawley kalamushlari mushak ichiga 25 mg dozada qo‘llanilganda taloq va timusda kuzatilgan o‘zgarishlar vaksinaga nisbatan immunologik javob bilan bog‘liqligi va toksikologik jihatdan nojo‘ya o‘zgarishlar qayd etilmaganligi va vaksina qo‘llanilishi (NOAEL) 25 µg/dozada ekanligi asoslangan;
Balb/c sichqonlariga intraperitonel usulida qo‘llanilishi vaksina past va yuqori dozalarda yaxshi immunogenlik potensialini ko‘rsatgan ammo 10 mkg/doza vaksina natijasida hosil bo‘lgan anti-RBD va virusni zararsizlantiradigan antitanalar miqdori etarli bo‘lib, ular ko‘proq vaqt davomida ko‘p miqdorda saqlanishi aniqlangan;
ilk O‘zbekistonda vaksinaning ta’sir mexanizmi aniqlangan, birinchi navbatda CD4 + yordamchi T-hujayralarini faollashtirish orqali immun javobini keltirib chiqarishi va o‘z navbatida ushbu T hujayralarning bu faollashuvi keyinchalik B hujayralarining faollashuvi orqali gumoral immunitetning shakllanishiga vositachilik qilishi, CD8 + hujayralari va interleykin-18 kabi boshqa ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar vaksinatsiyadan keyin hujayra immunitetining potensialini faollashtirishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SARS-CoV-2 virusiga qarshi rekombinant oqsil vaksinasini yaratish va amaliyotga joriy etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
SARS-CoV-2 virusiga qarshi rekombinant oqsil vaksina nomzodi CAT-Biotech tajriba sinov ishlab chiqarish kompleksida kichik partiyada ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 17 martdagi 5/68-son ma’lumotnomaci). Natijada, vaksina yaratish davomida ishlab chiqilgan suyuqlik xromatografiya orqali oqsillarni tozalab olish texnologiyasi ishlab chiqish imkonini bergan;
CHO ho‘jayralarida ishlab chiqarilgan eruvchan rekombinant S oqsil hujayralari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish platformasida ro‘yxatga olingan (https://www.who.int/teams/blueprint/covid-19/covid-19-vaccine-tracker-and-landscape). Natijada, boshqa vaksinalarni ishlab chiqish va solishtirish, yaxshilash imkonini bergan;
SARS-CoV-2 koronavirusga qarshi dimer RBD oqsili DNK ketma-ketligi GenBank va National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida PV232931 va XPR33336.1 raqamlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/nuccore/PV232931.1/). Natijada, yangi vaksinalarni ishlab chiqish DNK yoki oqsil ketma-ketligini takomillashtirish va o‘zaro taqqoslash imkonini bergan.