Xakimov Olimjon Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Amudaryo hozirgi deltasi elementar landshaftlarning meliorativ holatida relef strukturasining roli», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr332.
Ilmiy rahbar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Vaxab Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Alimqulov Nusratilla Raxmonqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elementar landshaft guruhlarining meliorativ holatida relef strukturasining rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik deltalarning va Amudaryo o‘zanbo‘yi balandliklarining shoxlanuvchi strukturasida elementar landshaft guruhlarining tizimli tabaqalanish qonuniyatlari yirik masshtabli (1:25000) relef plastikasi kartalari asosida ilmiy asoslangan;
elyuvial, trans-elyuvial, superakval elementar landshaft guruhlarining meliorativ holati bilan relef strukturasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik aniqlangan;
Erkindaryo kichik deltasining 1: 100000 masshtabdagi “Tuproqlarning sho‘rlanish darajasi” hamda Amudaryo o‘zanbo‘yi balandliklarida “Elementar landshaft guruhlari”ning kartalari Arc GIS dasturida yaratilgan;
ilk bor sug‘orilmaydigan hududlarning Er resurslaridan oqilona foydalanishda kichik deltalar shoxlanuvchi strukturasining va sug‘oriladigan hududlarning Er resurslaridan samarali foydalanishda kollektor geotizimlar havzaviy strukturasining rollari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amudaryo hozirgi deltasi “Tuproq qoplamining strukturasi” va uning tabaqalanish qonuniyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik deltalarning va Amudaryo o‘zanbo‘yi balandliklarining shoxlanuvchi strukturasida elementar landshaft guruhlarining tizimli tabaqalanishni ko‘rsatuvchi yirik masshtabli (1:25000) relef plastikasi kartalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01/18-2-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zan bo‘yi balandliklaridan xo‘jalikning turli tarmoqlarida samarali, barqaror va oqilona foydalanish rejalarini takomillashtirish imkonini bergan;
elyuvial, trans-elyuvial, superakval elementar landshaft guruhlarining meliorativ holati bilan relef strukturasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklari yuzasidan berilgan ilmiy va amaliy tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01/18-2-3958-son ma’lumotnomasi). Naijada, ushbu hududdagi tarqalgan elementar landshaft guruhlarining xususiyatlaridan kelib chiqib melioratsiya ishlarini amalga oshirish imkoniyati yanada kengaytirilgan;
Erkindaryo kichik deltasining 1:100000 masshtabdagi “Tuproqlarning sho‘rlanish darajasi” kartasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01/18-2-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarni geoekologik monitoring qilish, sho‘rlanishning hosildorlikka ta’sirini kamaytirish strategiyasini takomlillashtirish imkonini bergan;
sug‘orilmaydigan hududlarning Er resurslaridan oqilona foydalanishda kichik deltalar shoxlanuvchi strukturasining va sug‘oriladigan hududlarning Er resurslaridan samarali foydalanishda esa kollektor geotizimlar havzaviy strukturasi ustuvor ekanligini asoslovchi g‘oyalari hamda ilmiy va amaliy tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01/18-2-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orilmaydigan hududlarda kichik deltalarning shoxlanuvchi strukturasiga, sug‘oriladigan hududlarda esa kollektor geotizimlar havzaviy strukturasiga ustuvorlik berish samarali ekanligini aniqlash imkonini bergan.