Voxidova Nasiba Xabibullo qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy va sanoat ikkilamchi xomashyolaridan foydalanib ko‘mir briketlari olish jarayonini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4598.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Nosirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, professor; Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va maishiy chiqindilardan bog‘lovchi sifatida foydalanib ko‘mir briketlari olish texnologiyasini takomillashtirish va sifatli presslash qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sifatli briket olish uchun takomillashgan porshenli press qurilmasi ishlab chiqilgan hamda uning texnik parametrlarining (krivoship mexanizmining aylanishlar soni 20; 25 va 30 ayl/min va ishchi kamera diametri 80; 100 va 120 mm) briket mustaxkamligi, yonish vaqti va o‘rtacha haroratga ta’siri aniqlangan;
ko‘mir kukunini briketlash uchun tabiiy va maishiy chiqindi hisoblangan daraxt bargi smolasi va spirt bardasidan foydalanish uchun tizimli taxlil o‘tkazilgan hamda barg chiqindisi smolasi va spirt bardasi aralashmasining suv tarkibidagi 10; 15 va 20% li eritmasidan foydalanib sifatli ko‘mir briketlari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchi parametrlarning turli qiymatlarida olingan briket maxsuloti mustaxkamligining yonish vaqtiga hamda o‘rtacha haroratga ta’siri ilmiy asoslangan;
barg chiqindisi smolasining suv tarkibidagi 10; 15 va 20% li eritmasi, suv miqdori 10; 15 va 20%, qurilma krivoship mexanizmining aylanishlar soni 20; 25 va 30 ayl/min hamda ishchi kamera diametri 80; 100 va 120 mm oralig‘i uchun briket mustaxkamligini hamda o‘rtacha haroratini aniqlash tenglamalari ishlab chiqilgan;
daraxt bargi smolasi va spirt bardasi aralashmasi asosidagi bog‘lovchi modda miqdori 14 %, krivoship mexanizmning aylanishlar soni- 25 ayl/min hamda porshenli pressning ishchi kamerasi diametri-90 mm parametrlar uchun briket ishlab chiqarish texnologik linyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy va maishiy chiqindilarni qo‘shish orqali olingan ko‘mir briketlarini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘mir briketlari olishda biriktiruvchi sifatida tabiiy va maishiy chiqindilardan foydalanib ko‘mir kukunini presslovchi porshenli press konstruksiyasi “Farg‘ona yasin qurilish mollari” MChJda  amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 03-03/3-11624-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonga sarflanadigan energiyani 1,03 barobarga kam sarflash hamda issiqlik agentidan foydalanish samaradorligini 1,3 barobarga yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
briket yoqilg‘ilarining kolorifik qiymati mavjud briket yoqilg‘ilariga nisbatan 1.09% oshirilganligi, ko‘mir kukunini dastlabki qurutish usuli qo‘llanilishi orqali briket tarkibidagi oltingugurt miqdori ruxsat etilgan 1% dan 0,43% ga kamayishi texnologiyasi “Farg‘ona yasin qurilish mollari” MChJda  amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 03-03/3-11624- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, istemolchilar tomonidan briketning ishlatilishi qulayligi va issiqlik berish ko‘lami yuqoriligi, yoqilg‘ini tejash imkonini berganligi hamda briketni yoqish jarayonida hosil bo‘ladigan kul miqdori mavjud briketlarga nisbatan 1,13 barobarga kam bo‘lishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish