Umarqulov Baxtiyor Sindorqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipertireoid holatda moyaklar morfofunksional o‘zgarishi va zaytun moyining himoyaviy roli” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3716.
Ilmiy rahbar:  Il`yasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Shavkat Maxmudovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xuja Axmad Yassaviy nomidagi qozoq turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertireoid holatda moyaklar morfofunksional o‘zgarishi va zaytun moyining ximoyaviy rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipertireoid holatda kalamush moyak to‘qimasining oqsil pardasi va undagi kollagen tolalarning qalinlashishi, epitelial qavat balandligining pasayishi va buralma naychalar bo‘shlig‘ining kengayishi morfometrik jihatdan asoslangan;
gipertireoid holatda zaytun moyi qo‘llanilishi moyak stromasidagi mikro qon tomirlarning morfometrik ko‘rsatkichlarini normallashtirishi va to‘qima strukturasini tiklashda morfologik jihatdan samarali ekanligi asoslangan; 
ilk bor gipertireoid holatda moyak to‘qimasida immungistokimyoviy BCL2 apoptoz blokatori ekspressiyasining pasayishi, CD56 ekspressiyasining oshishi zaytun moyi qo‘llanilganda normallashishi isbotlangan; 
gipertireoid holatiga xos bo‘lgan tireoid gormonlari darajalaridagi o‘zgarishlar fonida kalamushlar qonida erkin testosteron darajasining sezilarli darajada pasayishi hamda zaytun moyi ta’sirida qayta tiklanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipertireoid holat chaqirilgan kalamushlarning moyak to‘qimalaridagi morfofunksional o‘zgarishlarni morfometrik, zamonaviy immungistokimyoviy, gistokimyoviy, laboratoriya tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida olingan ilmiy natijalarga asoslanib: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor gipertireoid holatda kalamush moyak to‘qimasining oqsil pardasi va undagi kollagen tolalarning qalinlashishi, epitelial qavat balandligining pasayishi va buralma naychalar bo‘shlig‘ining kengayishi morfometrik jihatdan asoslanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024-yil 13-maydagi 24-m/104-soni qarori bilan tasdiqlangan “gipertireoid holatda moyak morfofunksional o‘zgarishlari va ularni efir moylari bilan korreksiyalashning zamonaviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanomasining mazmuniga kiritilgan hamda 2024 yildagi RIEIATM jizzax filiali (18.10.2024; 67-son) buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024; № 42-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10- dekabrdagi 10-sonli xulosasiga asosan). Ijtimoiy samaradorligi: birinchi marta gipertireoid holatda kalamush moyak to‘qimasining morfologik o‘zgarishlari aniqlanganligi, gipertireozning reproduktiv salomatlikka ta’sirini tushunishga yordam beradi. Bu esa kelgusida gipertireoid holatli bemorlarda tug‘ilish qobiliyatini saqlash, profilaktika qilish va samarali davolash usullarini ishlab chiqishga zamin yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta gipertireoid holatda kalamush moyak to‘qimasining morfologik strukturasidagi o‘zgarishlar - moyak oqsil pardasi va undagi kollagen tolalarning qalinlashishi, epitelial qavat balandligining pasayishi va buralma naychalar bo‘shlig‘ining kengayishi morfometrik jihatdan aniqlanganligi, gipertireoz holatining moyak to‘qimasiga salbiy ta’sirini erta aniqlash va oldini olish orqali reproduktiv muammolarni kamaytirish, qimmatbaho davolash jarayonlarini qisqartirish hamda samarali profilaktika orqali sog‘lom avlodni ta’minlashda iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishiladi; Xulosa: gipertireoid holatda kalamush moyak to‘qimasining morfometrik jihatdan aniqlanganligi shikastlanishni levotiroksin natriy guruhiga nisbatan levotiroksin natriy va zaytun guruhida kamroq bo‘lishi xamda davolash davomiyligini qisqartirganligini xisobga olsak davolash xarajatlarini tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertireoid holatda zaytun moyi qo‘llanilishi moyak stromasidagi mikro qon tomirlarning morfometrik ko‘rsatkichlarini normallashtirishi va to‘qima strukturasini tiklashda morfologik jihatdan samarali ekanligi asoslanganligi 2024-yildagi RIEIATM jizzax filiali (18.10.2024; 67-son) buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024; № 42-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10- dekabrdagi 10-sonli xulosasiga asosan). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoid holatda  zaytun moyi qo‘llanilishi moyak stromasidagi mikro qon tomirlarning morfometrik ko‘rsatkichlarini normallashtirishi va to‘qima strukturasini tiklashda morfologik jihatdan samarali ekanligi ilmiy jihatdan asoslanganligi gipertireozdan himoyalashda zaytun moyini bir vaqtda qo‘shib berish levotiroksinning moyaklarga toksik tasirini kamaytiradi va sperma parametrlariga bog‘liq erkaklar bepushtligini oldini olishda samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: gipertireoid holatda  zaytun moyi qo‘llanilishi moyak stromasidagi mikro qon tomirlarning morfometrik ko‘rsatkichlarini normallashtirishi va to‘qima strukturasini tiklashda morfologik jihatdan samarali ekanligi reproduktiv muammolar bilan bog‘liq qimmat tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayishiga olib keladi. Xulosa: moyak stromasidagi mikro qon tomirlar gipertireoid holatda zaytun moyi bilan himoyalash levotiroksin natriy guruhga solishtirganda morfometrik ko‘rsatkichlari tiklanib nazorat guruhiga yaqinlashganligi qalqonsimon bez kasalliklarining qanchalik reproduktiv tizimga xususan moyaklarga salbiy tasirini anglash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor gipertireoid holatda moyak to‘qimasida immungistokimyoviy BCL2 apoptoz blokatori ekspressiyasining pasayishi, CD56 ekspressiyasining oshishi zaytun moyi qo‘llanilganda normallashishi isbotlanganligi 2024-yildagi RIEIATM jizzax filiali (18.10.2024; 67-son) buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024; № 42-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10- dekabrdagi 10-sonli xulosasiga asosan). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoid holatda moyak to‘qimasida immungistokimyoviy BCL2 apoptoz blokatori ekspressiyasining pasayishi, CD56 ekspressiyasining oshishi zaytun moyi qo‘llanilganda normallashishi ilk bor aniqlanligi zaytun moyining antioksidant va hujayra muhofaza qiluvchi xususiyatlarini tasdiqlab, uni gipertireoz asoratlarini kamaytirishda tabiiy vosita sifatida qo‘llash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: gipertireoid holatda moyak to‘qimasida immungistokimyoviy BCL2 apoptoz blokatori ekspressiyasining pasayishi, CD56 ekspressiyasining oshishi zaytun moyi qo‘llanilganda normallashishi ilk bor aniqlanganligi gipertireoid holatda moyak to‘qimasida yallig‘lanish kechayotganligidan dalolat berganligi tashxis uchun diagnostik tekshiruvlarni xar bir bemor uchun o‘rtacha 80 ming tejash imkonini berdi. Xulosa: gipertireoid holatda moyak to‘qimasida immungistokimyoviy BCL2 apoptoz blokatori ekspressiyasining pasayishi, CD56 ekspressiyasining oshishi zaytun moyi qo‘llanilganda normallashishi ilk bor aniqlanganligi ushbu tadqiqot jamiyatda reproduktiv salomatlikni saqlash, tabiiy va arzon profilaktik vositalarni ishlab chiqishga zamin yaratib, sog‘liqni saqlash sohasida profilaktika va iqtisodiy yukni kamaytirishga xizmat qiladi;
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipertireoid holatiga xos bo‘lgan tireoid gormonlari darajalaridagi o‘zgarishlar fonida kalamushlar qonida erkin testosteron darajasining sezilarli darajada pasayishi hamda zaytun moyi ta’sirida qayta tiklanishi aniqlanganligi 2024-yildagi RIEIATM jizzax filiali (18.10.2024; 67-son) buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024; № 42-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10- dekabrdagi 10-sonli xulosasiga asosan). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoid holat kasalliklarini erta tashxislash, profilaktika qilish va yangi usullar bilan himoyalash O‘zbekiston Respublikasi aholisini sog‘lig‘ini saqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, mintaqada qalqonsimon bez kasalliklari bilan kasallanish ko‘rsatgichi yuqori hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: gipertireoz chaqirilgan kalamushlarning testosteron va qalqonsimon bez gormonlarining levotiroksin natriy va zaytun moyi bilan himoyalashdagi solishtirma ko‘rsatkichlari qanchalik o‘zgarganligi qalqonsimon bez kasalliklari bilan erkaklar bepushtligi yuqori bo‘lgan mintaqada gipertireoid holatni yangi usullar bilan himoyalash xar bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: bu natija tireoid buzilishlarining erkaklar reproduktiv salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy dalil gipertireoz bilan bog‘liq gormonal muvozanatsizlikning oqibatlarini erta aniqlash va oldini olishda katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy jihatdan esa uzoq muddatli va qimmat gormonal terapiyalar, diagnostika va reproduktiv davolash xarajatlarining qisqarishiga olib keladi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham, aholi uchun ham moliyaviy yukni kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish