Uzoqov Sohib Maxsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Radikal mastektomiya vaqtida limfovenoz anastomozni bir vaqtning o‘zida shakllantirishning samaradorligini klinik-statistik baholash» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1925.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiet universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Beknazarov Ziebek Pirimkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiet instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postmastektomik limfedemaning oldini olish maqsadida radikal mastektomiya bilan operatsiya tomonida bir vaqtning o‘zida limfovenoz anastomoz shakllantirishni kombinatsiyalash orqali sut bezi saratoning davolashni uzoq natijalari sifatini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksillyar limfodisseksiya bilan mastektomiya o‘tkazilganda qo‘l venoz tizimiga drenajlovchi limfovenoz anastomozni profilaktik shakllantirish usulni ikkilamchi limfedemasining rivojlanishini oldini olish uchun usulni qo‘llanilishi isbotlangan;
Madden usul bo‘yicha radikal mastektomiya limfovenoz anastomoz shakllantirilgan bemorlarda xayot sifat ko‘rsatkichini saqlab qolishini va umumiy yashovchanlik ta’sir qilmasligini, radikalizm saqlangan holat hisobiga isbotlangan.
radikal mastektomiyada limfovenoz anastomoz shakllantirishda 0,8 mm diametrdagi anastomozlarni yaratish presizionlik xisobiga supermikroxirurgik texnika qo‘llanilishi asoslangan;
radikal mastektomiyada limfovenoz anastomoz shakllantirishda sut bezi saratonining mahalliy residiv yoki metastaz berish xavfini oshirmasligini minimal jarohat keltirishi va erta mikrotsirkulyasiyani tiklanishi hisobiga isbotlagan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/60-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: aksillyar limfodisseksiya bilan mastektomiya o‘tkazilganda qo‘l venoz tizimiga drenajlovchi limfovenoz anastomozni profilaktik shakllantirish usulni ikkilamchi limfedemasining rivojlanishini oldini olish uchun usulni qo‘llanilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yilning 10 apreldagi 37I-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filialida 2024 yilning 23 avgustdagi 690-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialida  amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan Madden usuli bo‘yicha RME amalga oshirilishi bilan bir vaqtda amaliyot tomonida limfovenoz anastomoz shakllantirilishi qo‘llardagi ikkilamchi limfedema profilaktikasi uchun samarali ekanligi sababli bemorlarning xayot sifat kursatkichi yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta Madden usuli bo‘yicha RME amalga oshirilishi bilan bir vaqtda amaliyot tomonida limfovenoz anastomoz shakllantirilishi qo‘llardagi ikkilamchi limfedema profilaktikasi uchun samarali ekanligi sababli davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 25,2%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Madden usuli bo‘yicha RME amalga oshirilishi bilan bir vaqtda amaliyot tomonida limfovenoz anastomoz shakllantirilishi qo‘llardagi ikkilamchi limfedema profilaktikasi uchun samarali ekanligi sababli bemorlarning xayot sifati yaxshilanishi, davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 25,2%ga iqtisod qilishi va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Madden usul bo‘yicha radikal mastektomiya limfovenoz anastomoz shakllantirilgan bemorlarda xayot sifat ko‘rsatkichini saqlab qolishini va umumiy yashovchanlik ta’sir qilmasligini, radikalizm saqlangan holat hisobiga isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yilning 10 apreldagi 37I-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdare viloyati filialida 2024 yilning 23 avgustdagi 690-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Madden usuli bo‘yicha RME o‘tkazilgan bemorlarda limfovenoz anastomoz qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan hollarda besh yillik yashovchanlik ehtimoli farq qilmasligi hamda limfovenoz anastomoz qo‘yilgan yoki qo‘yilmagan holatda ham uzoq muddatli klinik natijalarga ta’sir ko‘rsatmasli natijasida samarali davolash  tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Madden usuli bo‘yicha RME o‘tkazilgan bemorlarda limfovenoz anastomoz shakllantirilgan va shakllantirilmagan hollarda besh yillik yashovchanlik ehtimoli farq qilmasligi hamda limfovenoz anastomoz shakllantirilgan yoki shakllantirilmagan holatda ham uzoq muddatli klinik natijalarga ta’sir ko‘rsatmasli natijasida samarali davolash  tartibini tatbiq etish orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 9,5%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Madden usuli bo‘yicha RME o‘tkazilgan bemorlarda limfovenoz anastomoz shakllantirilgan va shakllantirilmagan hollarda besh yillik yashovchanlik ehtimoli farq qilmasligi hamda  uzoq muddatli klinik natijalarga ta’sir ko‘rsatmasli natijasida samarali davolash  tartibini tatbiq etish orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 9,5%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifat kursatkichini  yaxshilashga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: radikal mastektomiyada limfovenoz anastomoz shakllantirishda 0,8 mm diametrdagi anastomozlarni yaratish presizionlik xisobiga supermikroxirurgik texnika qo‘llanilishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yilning 10 apreldagi 37I-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yilning 23 avgustdagi 690-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: LVA shakllantirishda supermikroxirurgik texnikalardan foydalanish, 0,8 mm diametridagi anastomozlarni yaratish imkonini berib, klinik amaliyotda profilaktik mikroxirurgiyaning yangi standartlarini rivojlantirishga yordam berishi natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: LVA shakllantirishda supermikroxirurgik texnikalardan foydalanish, 0,8 mm diametridagi anastomozlarni yaratish imkonini berib, klinik amaliyotda profilaktik mikroxirurgiyaning yangi standartlarini rivojlantirishga yordam berishi natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 7,5%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: LVA shakllantirishda supermikroxirurgik texnikalardan foydalanish, 0,8 mm diametridagi anastomozlarni yaratish imkonini berib, klinik amaliyotda profilaktik mikroxirurgiyaning yangi standartlarini rivojlantirishga yordam berishi natijasida erta faollashuvni yaxshilash orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 7,5%ga iqtisod qilishga erishilgan, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi  ilmiy yangilik: radikal mastektomiyada limfovenoz anastomoz shakllantirishda sut bezi saratonining mahalliy residiv yoki metastaz berish xavfini oshirmasligini minimal jarohat keltirishi va erta mikrotsirkulyasiyani tiklanishi hisobiga isbotlaganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yilning 10 apreldagi 37I-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yilning 23 avgustdagi 690-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: LVA amalga oshirilishi ko‘krak bezi saratonining mahalliy residiv yoki metastaz berish xavfini oshirmasligini isbotlaganligi, uni radikal mastektomiya va rekonstruktiv jarrohlik bilan bir paytda amalga oshirish davolash jarayonini optimallashtirishi hamda gospitalizatsiya va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishi sababli bemorlar hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: LVA amalga oshirilishi sut bezi saratonining mahalliy residiv yoki metastaz berish xavfini oshirmasligini isbotlaganligi, uni radikal mastektomiya va rekonstruktiv jarrohlik bilan bir paytda amalga oshirish davolash jarayonini optimallashtirishi hamda gospitalizatsiya va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishi sababli byudjetdan sarf xarajatlarni 10,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: LVA shakllantirish sut bezi saratonining mahalliy residiv yoki metastaz berish xavfini oshirmasligini isbotlaganligi, uni radikal mastektomiya va rekonstruktiv jarrohlik bilan bir paytda amalga oshirish davolash jarayonini optimallashtirishi hamda gospitalizatsiya va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishisababli byudjetdan sarf xarajatlarni 10,0%ga iqtisod qilish va asoratlarning oldini olish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish