Beysenbaev Nurbek Kunanbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ o‘smalarini jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4103.
Ilmiy maslahatchilar: Tojiev Feruz Ibodullo o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Supiev Turgan Kurbanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samsung medical center (Koreya Respublikasi). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Navigatsiya shablonlaridan foydalangan holda pastki jag‘ xavfsiz o‘smalarida individual tayyorlangan implantat bilan nuqson o‘rnini bir vaqtning o‘zida rezeksiya va tiklash usulining samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki jag‘dagi xavfsiz o‘smalar rezeksiyasidan so‘ng xosil bo‘lgan nuqsonni standart titan plastinkasi bilan barqarorlashtirishning uzoq muddatli natijalari bo‘yicha retrospektiv tahlil o‘tkazilib standart konstruksiyalardan foydalanilganda funksional va estetik reabilitatsiya imkoniyatlarining 30–35% cheklanganligini aniqlangan;
xavfsiz o‘smalarni rezeksiya qilingandan so‘ng pastki jag‘ nuqsonlarini rekonstruktiv tiklashda individual tayyorlangan titan implantatlardan foydalanish uchun klinik-diagnostik, 3D-modellashtirish va aniq operatsiyagacha vizualizatsiya ma’lumotlari asoslangan;
navigatsion shablonlar yordamida raqamli prototiplash texnologiyasi asosida tayyorlangan individual titan implantatlari bilan pastki jag‘ nuqsonlarini bir vaqtda tiklash samaradorligi an’anaviy usullar bilan taqqoslab tahlil qilingan, bu innovatsion yondashuv funksional va estetik jihatdan afzalliklarini (94% ± 0,01) ko‘rsatishi asoslangan;
pastki jag‘ rezeksiyasidan so‘ng individual tayyorlangan titan implantatlari yordamida nuqsonni rekonstruktiv tiklash bo‘yicha estetik va funksional natijalarning kompleks tahlili amalga oshirilgan, ushbu tahlilga yuz assimmetriyasini to‘g‘irlash, nutq (diksiya), chaynash funksiyasi va keyingi bosqichida 5–6 oy o‘tgach to‘liq tish protezlashi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pastki jag‘ o‘smalarini jarroxlik usulida davolashni takomillashtirishda xosil bo‘lgan nuqsonlarni individual tayyorlangan titan implantatlar bilan bartaraf qilishda navigatsion shablonlardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘dagi xavfsiz o‘smalar rezeksiyasidan so‘ng xosil bo‘lgan nuqsonni standart titan plastinkasi bilan barqarorlashtirishning uzoq muddatli natijalari bo‘yicha retrospektiv tahlil o‘tkazilib standart konstruksiyalardan foydalanilganda funksional va estetik reabilitatsiya imkoniyatlarining 30–35% cheklanganligini aniqlanganligi bo‘yicha “O‘smani olib tashlangandan keyin pastki jag‘ni titan implantlari yordamida tiklash uchun bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (TDSI Ekspert komissiyasining 2024 yil 07 maydagi 04-r/164-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori va pastki jag‘larning stereolitografik modellarida navigatsion shablonni qo‘llash orqali, jarrohlik amaliyotining aniqligini yaxshilash va operativ aralashuvni bajarish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi pastki jag‘ o‘smasi bo‘lgan bemorlar shifoxonada o‘rtacha 7-10 kun yotadi. Bir marta yotish uchun 450000 so‘m, oziq-ovqat uchun 175000 so‘m, dori-darmonlar uchun 300000 so‘m davlat byudjetidan ajratiladi. Davlat byudjetidan operatsiyalar uchun jami xarajatlar 925000 so‘mni tashkil etadi. Yiliga o‘rtacha 118 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsa, ularning 21 foizida asoratlar kuzatiladi. Xulosa: Navigatsion shablon va jarroxlik usulining modifikatsiyasini qo‘llash va uning asoratlarini oldini olish maqsadida takomillashtirilgan xirurgik yondashuvni davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  187000 so‘mga, umumiy hisobda esa 7 mln 332 ming 450 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: xavfsiz o‘smalarni rezeksiya qilingandan so‘ng pastki jag‘ nuqsonlarini rekonstruktiv tiklashda individual tayyorlangan titan implantatlardan foydalanish uchun klinik-diagnostik, 3D-modellashtirish va aniq operatsiyagacha vizualizatsiya ma’lumotlari asoslanganligi bo‘yicha “Pastki jag‘ni individual tayyorlangan titan implantlari yordamida bir vaqtning o‘zida qayta tiklash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (TDSI Ekspert komissiyasining 2024 yil 07 maydagi 04-r/165-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pastki jag‘ o‘smalarini navigatsion shablon asosida davolashda xosil bo‘lgan jag‘ nuqsonlarini individual tayyorlangan titan implantatlari yordamida tiklash imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi takroriy jarrohlik aralashuvlari 25 nafar bemorga talab qilinadi va buning xarajatlari 109150000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan mahalliy davolash usuli bo‘yicha esa bir marta yotish uchun 450000 so‘m, oziq-ovqat uchun 175000 so‘m, dori-darmonlar uchun 300000 so‘m hisobidan davlat byudjetidan 23125000 (25*925000 so‘m) so‘m ajratiladi. Bizning davolash uslubimiz bo‘yicha bemorning shifoxonada qolish muddati taklif etilgan davolashning samaradorligi tufayli qisqaradi va shu bilan bir yilda byudjet mablag‘lari sarfi 86025000 so‘mga kamayadi. Xulosa: Yangi navigatsion shablon qo‘llash va usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  343000 so‘mga, umumiy hisobda esa 9 mln 456 ming 700 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: navigatsion shablonlar yordamida raqamli prototiplash texnologiyasi asosida tayyorlangan individual titan implantatlari bilan pastki jag‘ nuqsonlarini bir vaqtda tiklash samaradorligi an’anaviy usullar bilan taqqoslab tahlil qilingan, bu innovatsion yondashuv funksional va estetik jihatdan afzalliklarini (94% ± 0,01) ko‘rsatishi asoslanganligi bo‘yicha “Pastki jag‘ni individual tayyorlangan titan implantlari yordamida bir vaqtning o‘zida qayta tiklash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (TDSI Ekspert komissiyasining 2024 yil 07 maydagi 04-r/165-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pastki jag‘ o‘smalarini navigatsion shablon asosida davolashda xosil bo‘lgan jag‘ nuqsonlarini individual tayyorlangan titan implantatlari yordamida tiklash imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi takroriy jarrohlik aralashuvlari 25 nafar bemorga talab qilinadi va buning xarajatlari 109150000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan mahalliy davolash usuli bo‘yicha esa bir marta yotish uchun 45000 so‘m, oziq-ovqat uchun 17500 so‘m, dori-darmonlar uchun 30000 so‘m hisobidan davlat byudjetidan 54575000 so‘m ajratiladi. Bizning davolash uslubimiz bo‘yicha bemorning shifoxonada qolish muddati taklif etilgan davolashning samaradorligi tufayli qisqaradi va shu bilan bir yilda byudjet mablag‘lari sarfi 54575000 so‘mga kamayadi. Xulosa: Elektromiografik baholash usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 348000 so‘mga, umumiy hisobda esa 8 mln 543 ming 360 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ rezeksiyasidan so‘ng individual tayyorlangan titan implantatlari yordamida nuqsonni rekonstruktiv tiklash bo‘yicha estetik va funksional natijalarning kompleks tahlili amalga oshirilgan, ushbu tahlilga yuz assimmetriyasini to‘g‘irlash, nutq (diksiya), chaynash funksiyasi va keyingi bosqichida 5–6 oy o‘tgach to‘liq tish protezlashi asoslanganligi bo‘yicha “O‘smani olib tashlangandan keyin pastki jag‘ni titan implantlari yordamida tiklash uchun bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (TDSI Ekspert komissiyasining 2024 yil 07 maydagi 04-r/164-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori va pastki jag‘larning stereolitografik modellarida navigatsion shablonni qo‘llash orqali, jarrohlik amaliyotining aniqligini yaxshilash va operativ aralashuvni bajarish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi pastki jag‘ o‘smasi bo‘lgan bemorlar shifoxonada o‘rtacha 7-10 kun yotadi. Bir marta yotish uchun 45000 so‘m, oziq-ovqat uchun 17500 so‘m, dori-darmonlar uchun 30 000 so‘m davlat byudjetidan ajratiladi. Davlat byudjetidan operatsiyalar uchun jami xarajatlar 925000 so‘mni tashkil etadi. Yiliga o‘rtacha 118 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsa, ularning 21 foizida asoratlar kuzatiladi. Xulosa: Antropometrik baholash usulini davolash amaliyotiga joriy qilinishi har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 234000 so‘mga, umumiy hisobda esa 10 mln 472 ming 880 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqqan davolash algoritmi operatsiya va davolashdan keyingi asoratlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Pastki jag‘ o‘smasi bo‘lgan bemorlar shifoxonada o‘rtacha 7-10 kun yotadi. Bir marta yotish uchun 45000 so‘m, oziq-ovqat uchun 17500 so‘m, dori-darmonlar uchun 30000 so‘m (10 kunga jami 450000 + 175000 + 300000 = 925000 so‘m) davlat byudjetidan ajratiladi. Davlat byudjetidan operatsiyalar uchun jami xarajatlar 925000 so‘mni tashkil etadi. Yiliga o‘rtacha 118 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsa, ularning 21 foizida asoratlar kuzatiladi. Takroriy jarrohlik aralashuvlari 25 nafar bemorga talab qilinadi va buning xarajatlari 109150000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan mahalliy davolash usuli bo‘yicha esa bir marta yotish uchun 45000 so‘m, oziq-ovqat uchun 17500 so‘m, dori-darmonlar uchun 30000 so‘m (5 kunga jami 225000 + 87500 + 150000 = 462000 so‘m) hisobidan davlat byudjetidan 54575000 so‘m ajratiladi. Bizning davolash uslubimiz bo‘yicha bemorning shifoxonada qolish muddati taklif etilgan davolashning samaradorligi tufayli qisqargan va shu bilan bir yilda byudjet mablag‘lari sarfi 54575000 so‘mga kamaygan; ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shaxar filiali (17.05.2024-yil. №80-u sonli bo‘yruq) va Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialida (20.05.2024-yil. №33 sonli bo‘yruq) amaliyotiga joriy etilgan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jarroxlik amaliyotdan keyingi erta va kechiktirilgan davrlarda asoratlar sonini va ikkilamchi deformatsiyalarni rivojlanish xavfini kamaytirish, bemorlarni statsionarda davolanish davomiyligini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish