Odilov Qobil Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarining davolash usullarini tanlashda molekulyar-genetik omillarning ahamiyati» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.1. PhD /Tib1713.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Said Sanjarovich, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarida molekulyar-genetik markyorlarining xususiyatiga asoslangan holda davolash usullarini belgilash va natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yumshoq to‘qima sarkomalarida gistologik strukturasiga va molekulyar-genetik xususiyatlariga Ki-67, r53, Bcl-2 va VEGF ko‘rsatkichiga ko‘pa o‘smaning xavflilik darajasi isbotlangan;
yumshoq to‘qima yuqori xavfli o‘smalarida klinik va morfologik jihatdan differensiatsiya bo‘yicha G3 va G4 ga ega bo‘lib, o‘smaning agressiv kechuvi molekulyar-genetik markyorlarining yuqori ekspressiyasiga bog‘liqligi isbotlangan;
yumshoq to‘qima sinovial sarkoma, angiosarkomalar, rabdomiosarkomada molekulyar-genetik markyorlarni yuqori ekspressiyasi hisobiga residiv va metastazlanish prognostik omillap majmuasi takomillashtirilgan;
yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarida klinik va morfologik prognostik omillardan Ki-67 markyorining ko‘rsatkichi >20% yuqori bo‘lishi, R53 va  VEGF ning yuqori pozitivligi prognostik salbiy ta’sir ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 oktyabrdagi 07/28-son qaroriga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qima sarkomalarida gistologik strukturasiga va molekulyar-genetik xususiyatlariga Ki-67, r53, Bcl-2 va VEGF ko‘rsatkichiga ko‘pa o‘smaning xavflilik darajasi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 21 oktyabr 89–sonli hamda Navoiy viloyat filialining 2023 yil 10 noyabr 77–sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yumshoq to‘qima sarkomalarida yuqori xavflilik darajasi va klinik kechuvi o‘smaning gistologik strukturasiga va molekulyar-genetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi va asosiy markyor sifatida Ki-67, r53, Bcl-2, VEGF o‘sma hujayralarning gistologik turiga bog‘liqligi aniqlanishi natijasida tashhislash samaradorligi ortib, bemorlar hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta yumshoq to‘qima sarkomalarida yuqori xavflilik darajasi va klinik kechuvi o‘smaning gistologik strukturasiga va molekulyar-genetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi aniqlanishi natijasida tashhislash samaradorligi ortib, byudjet mablag‘larini 15%ga  iqtisod qilish va o‘rin kunlar sonini 1-2 kunga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: yumshoq to‘qima sarkomalarida yuqori xavflilik darajasi va klinik kechuvi o‘smaning gistologik strukturasiga va molekulyar-genetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi va asosiy markyor sifatida Ki-67, r53, Bcl-2, VEGF o‘sma hujayralarning gistologik turiga bog‘liqligi aniqlanishi natijasida tashhislash samaradorligi ortib, byudjet mablag‘larini 15%ga  iqtisod qilish, o‘rin kunlar sonini 1-2 kunga qisqartirish va bemorlar hayot sifati yaxshilash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qima yuqori xavfli o‘smalarida klinik va morfologik jihatdan differensiatsiya bo‘yicha G3 va G4 ga ega bo‘lib, o‘smaning agressiv kechuvi molekulyar-genetik markyorlarining yuqori ekspressiyasiga bog‘liqligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 21 oktyabr 89–sonli hamda Navoiy viloyat filialining 2023 yil 10 noyabr 77–sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yumshoq to‘qima yuqori xavfli o‘smalarida klinik va morfologik jihatdan bir-biridan farq qilib, aksariyat hollarda differensiatsiya bo‘yicha G3 va G4 ga ega bo‘lishi va o‘smaning agressiv kechuvga ega bo‘lishi ham uning gistologik tuzilishiga bog‘liq bo‘lishi isbotlanganishi natijasida tashhislash samaradorligi yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta yumshoq to‘qima yuqori xavfli o‘smalarida aksariyat hollarda differensiatsiya bo‘yicha G3 va G4 ga ega bo‘lishi va o‘smaning agressiv kechuvga ega bo‘lishi ham uning gistologik tuzilishiga bog‘liq bo‘lishi isbotlanganishi natijasida tashhislash samaradorligi yaxshilanib, 12%ga byudjet mablag‘lari iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yumshoq to‘qima yuqori xavfli o‘smalarida klinik va morfologik jihatdan bir-biridan farq qilib, aksariyat hollarda differensiatsiya bo‘yicha G3 va G4 ga ega bo‘lishi va o‘smaning agressiv kechuvga ega bo‘lishi ham uning gistologik tuzilishiga bog‘liq bo‘lishi isbotlanganishi natijasida tashhislash samaradorligi yaxshilanishi, 12%ga byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishi va bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qima sinovial sarkoma, angiosarkomalar, rabdomiosarkomada molekulyar-genetik markyorlarni yuqori ekspressiyasi hisobiga residiv va metastazlanish prognostik omillap majmuasi takomillashtirilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 21 oktyabr 89–sonli hamda Navoiy viloyat filialining 2023 yil 10 noyabr 77–sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarida molekulyar-genetik markyorlarni tasniflanishi uni morfologik xususiyatiga bog‘liq bo‘lib, o‘smalarning agressiv klinik kechuvga ega bo‘lishi sinovial sarkoma, angiosarkomalar, rabdomiosarkomada kuzatilishi va yuqori xavflilikka ega o‘smalarda Ki-67, r53, VEGF ekspressiyasi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lishi isbotlanishi natijasida bemorlarda onkomarkerlarni adekvat qo‘llash imkoni paydo bo‘lgan va tashxislash jarayoni yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta o‘smalarning agressiv klinik kechuvga ega bo‘lishi sinovial sarkoma, angiosarkomalar, rabdomiosarkomada kuzatilishi va yuqori xavflilikka ega o‘smalarda Ki-67, r53, VEGF ekspressiyasi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lishi isbotlanganligi sababli bemorlarda onkomarkerlarni adekvat qo‘llash imkoni paydo bo‘lishi va tashxislash jarayoni yaxshilanishi natijasida byudjet mablag‘larini 17,5%ga  iqtisod qilish va o‘rin kunlar sonini 1-2 kunga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarida molekulyar-genetik markyorlarni tasniflanishi uni morfologik xususiyatiga bog‘liq bo‘lib, o‘smalarning agressiv klinik kechuvga ega bo‘lishi sinovial sarkoma, angiosarkomalar, rabdomiosarkomada kuzatilishi va yuqori xavflilikka ega o‘smalarda Ki-67, r53, VEGF ekspressiyasi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lishi isbotlanganligi sababli bemorlarda onkomarkerlarni adekvat qo‘llash imkoni paydo bo‘lishi va tashxislash jarayoni yaxshilanishi natijasida byudjet mablag‘larini 17,5%ga  iqtisod qilingan, bemorlar hayot sifati yaxshilangan va o‘rin kunlar soni 1-2 kunga qisqarishiga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarida klinik va morfologik prognostik omillardan Ki-67 markyorining ko‘rsatkichi >20% yuqori bo‘lishi, R53 va VEGF ning yuqori pozitivligi prognostik salbiy ta’sir ekanligi isbotlangan. Bunda Ki-67 markyorining ko‘rsatkichi >20% yuqori bo‘lishi, R53 va  VEGF ning yuqori pozitivligi va yuqori ko‘rsatgichi yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarini prognoziga salbiy ta’sir ko‘satishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 21 oktyabr 89–sonli hamda Navoiy viloyat filialining 2023 yil 10 noyabr 77–sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarini davolashda kombinirlashgan va kompleks davo asosiy usul hisoblanib, bunda davolash taktikasini aniqlashda o‘sma markyorlarini ko‘rsatgichlari muhim ahamiyatga ega bo‘lishi, Ki-67 markyorining ko‘rsatkichi >20% yuqori bo‘lishi, R53 yuqori pozitivligi va VEGF ning yuqori ko‘rsatgichi neoad’yuvant terapiya o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘lishi isbotlanishi natijasida bemorlarni davolash samaradorligi yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarini davolashda kombinirlashgan va kompleks davo asosiy usul hisoblanib, bunda davolash taktikasini aniqlashda o‘sma markyorlarini ko‘rsatgichlari muhim ahamiyatga ega bo‘lishi, Ki-67 markyorining ko‘rsatkichi >20% yuqori bo‘lishi, R53 yuqori pozitivligi va VEGF ning yuqori ko‘rsatgichi neoad’yuvant terapiya o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘lishi isbotlanishi natijasida bemorlarni davolash samaradorligi yaxshilangan va byudjet mablag‘lari 20,5%ga  iqtisod qilish va o‘rin kunlar sonini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: yumshoq to‘qima yuqori xavfli sarkomalarini davolashda kombinirlashgan va kompleks davo asosiy usul hisoblanib, bunda davolash taktikasini aniqlashda o‘sma markyorlarini ko‘rsatgichlari muhim ahamiyatga ega bo‘lishi, Ki-67 markyorining ko‘rsatkichi >20% yuqori bo‘lishi, R53 yuqori pozitivligi va VEGF ning yuqori ko‘rsatgichi neoad’yuvant terapiya o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘lishi isbotlanishi natijasida bemorlarni davolash samaradorligi yaxshilangan va byudjet mablag‘lari 20,5%ga  iqtisod qilish va o‘rin kunlar sonini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan va natijada bemorlarning hayot sifati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish