Nazarov Sobir Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Sport zaxirasini tayyorlash bosqichlaridagi o‘quvchilarning psixofiziologik rivojlanish dinamikasi”, 19.00.02 – Psixofiziologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P569.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Fayziev Zoxiddin Hasanboevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa dokroti (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchi-sportchilarning psixofiziologik rivojlanishini sport ta’limi sharoitida o‘rganish va tayyorlov bosqichlariga oid amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport zaxirasining «sport sog‘lomlashtirish» va «boshlang‘ich tayyorgarlik» bosqichlarida o‘quvchi-sportchilarni «ko‘rish», «eshitish va muvozanat», «somatik hislar» yo‘nalishlaridagi psixofiziologik rivojlanishi shaxslilikning xarakter aksentuatsiyasi bilan identiv namoyon bo‘lishi tufayli, «qo‘zg‘aluvchan» va «demonstrativ» tipologiyaning ustuvor ekanligi dalillangan;
sport zaxirasining «o‘quv-mashq» bosqichini «texnik» va «taktik» tayyorgarlikni rivojlantirish ta’siriga ko‘ra, o‘quvchi-sportchilarni «harakatni boshqarish», «uyqu va bedorlik», «motivatsiya» yo‘nalishlaridagi psixofiziologik rivojlanish shaxslilikning temperament aksentuatsiyasi bilan integratsiyasi tufayli, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davrida «karaxt» tipidagi sportchida «xavotirli» tipologiyani namoyon etuvchi «dixotomik» xususiyatlar ustuvorligi psixofiziologik jihatdan asoslangan;
sport zaxirasining «sport mahoratini oshirish» bosqichidagi o‘quvchi-sportchilarning psixofiziologik rivojlanishida «sensasiya va idrok», «ochlik va chanqoqlik» kabi «ijtimoiy-biologik» dilemmalarning ustuvor xarakterda ekanligi tufayli, birinchi signallar tizimi bilan jismoniy yuklama o‘rtasidagi psixofiziologik korrelyatlar to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan;
o‘quvchi-sportchilarning sport zaxirasini «oliy sport mahorati» bosqichida erishgan natijalariga ko‘ra tanlangan sport turi bilan «musobaqa oldi», «musobaqa» va «musobaqadan keyingi» davrlar muvofiqligining o‘zaro bir semantik maydondagi differensiatsiyasi «jinsiy xatti-harakatlar», «hissiyot», «ta’lim va xotira» yo‘nalishlaridagi psixofiziologik rivojlanish kutilmalarida ikkinchi signallar tizimi, nutqning bevosita ustuvor ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sport zaxirasini tayyorlash bosqichlaridagi o‘quvchilarning psixofiziologik rivojlanish dinamikasi bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:  
sport zaxirasining «sport sog‘lomlashtirish» va «boshlang‘ich tayyorgarlik» bosqichlarida o‘quvchi-sportchilarni «ko‘rish», «eshitish va muvozanat», «somatik hislar» yo‘nalishlaridagi psixofiziologik rivojlanishi shaxslilikning xarakter aksentuatsiyasi bilan identiv namoyon bo‘lishi tufayli, «qo‘zg‘aluvchan» va «demonstrativ» tipologiyaning ustuvor ekanliligi dalillangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-son buyrug‘i bilan «Psixofiziologiya», «Umumiy psixologiya» modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxslilik xislatlari va tipologiyasining sport zaxirasini «sport-sog‘lomlashtirish» va «boshlang‘ich tayyorgarlik» bosqichlarida shug‘ullanuvchi o‘quvchi-sportchilar psixofiziologik rivojlanishida aks etishini ilmiy jihatdan asoslashga zamin yaratilgan.
sport zaxirasining «o‘quv-mashq» bosqichini «texnik» va «taktik» tayyorgarlikni rivojlantirish ta’siriga ko‘ra, o‘quvchi-sportchilarni «harakatni boshqarish», «uyqu va bedorlik», «motivatsiya» yo‘nalishlaridagi psixofiziologik rivojlanish shaxslilikning temperament aksentuatsiyasi bilan integratsiyasi tufayli, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davrida «karaxt» tipidagi sportchida «xavotirli» tipologiyani namoyon etuvchi «dixotomik» xususiyatlar ustuvorligi psixofiziologik jihatdan asoslangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-son buyrug‘i bilan «Psixofiziologiya», «Umumiy psixologiya» modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-sportchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligiga shaxs tipologiyasi ko‘rsatadigan ta’sirni psixofiziologik xususiyatlar kontekstida empirik o‘rganish ko‘lami kengaytirilgan.
sport zaxirasining «sport mahoratini takomillashtirish» bosqichidagi o‘quvchi-sportchilarning psixofiziologik rivojlanishida «sensasiya va idrok», «ochlik va chanqoqlik» kabi «ijtimoiy-biologik» dilemmalarning ustuvor xarakterda ekanligi tufayli, birinchi signallar sistemasi bilan jismoniy yuklama o‘rtasidagi psixofiziologik korrelyatlar to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-son buyrug‘i bilan «Psixofiziologiya», «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» modullari mazminiga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, birinchi signallar sistemasi bilan jismoniy yuklama o‘rtasidagi psixofiziologik korrelyatlarni sport zaxirasining «sport mahoratini takomillashtirish» bosqichidagi shug‘ullanayotgan o‘quvchi-sportchilar psixofiziologik rivojlanishiga bo‘lgan ta’sirini ekspremental tekshirishga muvaffaq bo‘lingan.
o‘quvchi-sportchilarning sport zaxirasini «oliy sport mahorati» bosqichida erishgan natijalariga ko‘ra tanlangan sport turi bilan «musobaqa oldi», «musobaqa» va «musobaqadan keyingi» davrlar muvofiqligining o‘zaro bir semantik maydondagi differensiatsiyasi «jinsiy xatti-harakatlar», «hissiyot», «ta’lim va xotira» yo‘nalishlaridagi psixofiziologik rivojlanish kutilmalarida ikkinchi signallar sistemasi, nutqning bevosita ustuvor ekanligi dalillangan xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-son buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi», «Psixofiziologiya» modullari mazminiga singdirilgan (TDPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM–207-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, «oliy sport mahorati» bosqichidagi o‘quvchi-sportchilar erishgan natijalarini dinamik jihatdan differensiyalash hamda psixofiziologik rivojlanish kutilmalarini ta’minlashga xizmat qiladigan ikkinchi signallar sistemasini takomillashtiruvchi manzilli amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish