Ismatulloev Abdullo Nasrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): «Talabalar o‘quv motivi va muvaffaqiyatiga lokus nazoratning psixologik ta’siri», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1.PhD/P.1204.
Ilmiy rahbar: Bafaev Muxiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.; Haydarov Fazliddin Ikramovich, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar o‘quv motivi va muvaffaqiyatiga lokus nazoratning psixologik ta’siri aniqlash va ichki lokus nazoratini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning lokus nazorati muvaffaqiyatlar, oilaviy va shaxslararo munosabatlar, ishlab chiqarish, faoliyatdagi internallikning dinamik xususiyatiga bog‘liq ravishda differensial farqlanishi isbotlangan;
talabalarning o‘quv faoliyati motivatsiyasi internallik bilim olishga va kasb sir-asrorlarini o‘rganishga, eksternallik esa diplom olishga bo‘lgan motivlarni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli lokus nazorat tipiga bog‘liq namoyon bo‘lishi asoslangan;
talabalarning muvaffaqiyatga intilishining darajaviy ifodalanishi internallarda faoliyatdagi muvaffaqiyat uchun o‘z kuchi kuchi va mehnatiga, eksternallarda esa ta’lim jarayonidagi tashqi omillarga bog‘lanib qolishning kuchli namoyon bo‘lishiga asoslanib, lokus nazorat tipiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
ichki lokus nazoratni rivojlantirishga qaratilgan psixologik dastur va treninglar ishlab chiqilib, ularning samaradorligi shaxsiy o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati, motivatsion jarayonlar va ta’lim faoliyatiga ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalar o‘quv motivi va muvaffaqiyatiga lokus nazoratning psixologik ta’siri bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
talabalarning lokus nazorati muvaffaqiyatlar, oilaviy shaxslararo munosabatlar, ishlab chiqarish, faoliyatdagi internallikning dinamik xususiyatiga bog‘liq ravishda differensial farqlanishi isbotlangan yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ichki lokus nazoratining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan bo‘lib, ular o‘quv faoliyatidagi motivatsion barqarorlik, shaxsiy mas’uliyat hissi va maqsadga yo‘naltirilganlik ko‘rsatkichlari bilan yaqqol ifodalangan.
talabalarning o‘quv faoliyati motivatsiyasi internallik bilim olishga va kasb sir-asrorlarini o‘rganishga, eksternallik esa diplom olishga bo‘lgan motivlarni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli lokus nazorat tipiga bog‘liq namoyon bo‘lishi asoslangan yangiliklar Nizomiy nomidagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki lokus nazoratga ega talabalarda o‘quv motivatsiyasining barqarorligi, shaxsiy mas’uliyat va tashabbus ko‘rsatishga intilish darajasining yuqoriligi, shuningdek, akademik faoliyatda mustaqillik va o‘zini baholash ko‘nikmalarining shakllanganligi aniqlangan.
talabalarning muvaffaqiyatga intilishining darajaviy ifodalanishi internallarda faoliyatdagi muvaffaqiyat uchun o‘z kuchi va mehnatiga, eksternalarda esa ta’lim jarayonidagi tashqi omillarga bog‘lanib qolishning kuchli namoyon bo‘lishiga asoslanib, lokus nazorat tipiga bog‘liq ekanligi dalillangan yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabaning intellektual faolligi, refleksiv tafakkuri va ijodiy o‘zgaruvchanlikka tayyorligi kabi psixologik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri aniqlangan.
ichki lokus nazoratni rivojlantirishga qaratilgan psixologik dastur va treninglar ishlab chiqilib, ularning samaradorligi shaxsiy o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati, motivatsion jarayonlar va ta’lim faoliyatiga ta’siri ilmiy asoslangan yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-338-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki lokus nazoratni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.