Qazoqov Farxot Farmonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatronlari bilan qorako‘l terilarini to‘ldirish texnologiyasi va kompleks xossalarining asoslari», 05.06.03–Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T530.

Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Ixtiyorova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abulniyozov Qurbanbay Ismailovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatronini olish, xossalarini tadqiq etish va u asosida qorako‘lni to‘ldirishning samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bora turli nisbatlarda akril kislota ishtirokida modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni sintez qilinib, reaksiyaning optimal sharoitlari ishlab chiqilgan;

qorako‘l dermasi strukturasida rN muhitga bog‘liq holda modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatronining oshlash va to‘ldirish xususiyati, teri kollagenining molekulyar zanjirida qatron bilan mustahkam bog‘lar hosil qilish hisobiga teri to‘qimasini gidrotermik destruksiya haroratining ortishi bilan aniqlangan;

modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni bilan to‘ldirilgan va ishlov berilmagan qorako‘l namunalarini ekspluatatsion omillar ta’sirida emirilish xarakteri, agressiv muhitlarga  bardoshliligi  bilan o‘rganilib, tajriba namunalarining nazorat namunalariga nisbatan barqaror struktura hosil qilishi orqali aniqlangan;  

modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni bilan ishlov berilgan junning sorbsion xususiyatini kamayishi keratin gidrofil guruhlarning o‘zaro ta’siri natijasida submikrostrukturasini umumiy zichlashtirishga olib kelishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yangi sintez qilingan modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni ishtirokida qorako‘l terilarini to‘ldirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni ishtirokida qorako‘l terilarini to‘ldirish texnologiyasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarida, jumladan “Osiyo-Charm-Fayz” MChJ, “Dinamo” Toshkent sport buyumlar fabrikasi va “Islom” kichik korxonalarida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2018 yil 3 iyuldagi FB-9/800-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida qorako‘l mo‘ynani to‘ldirish uchun yangi modda, modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni olinishi va qorako‘l tayyor mahsulotining yuqori elastiklik va yumshoqlik xossalarga ega bo‘lishiga erishilgan;

sintetik oshlovchilar va modifikatsiyalangan karbamid-formal`degid qatroni “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan “Dinamo” Toshkent sport buyumlar fabrikasida qorako‘l yarim mahsulotiga yangi modifikatsiyalangan qatroni oshlovchi-to‘ldiruvchi tarkib sifatida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2018 yil 3 iyuldagi FB-9/800-son ma’lumotnomasi). Natijada nav bo‘yicha tayyor qorako‘l mo‘ynaning chiqishi 1,2%ga ortishiga erishilgan;

qorako‘l yarim mahsulotini modifikatsiyalangan to‘ldirish texnologiyasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan Buxoro “Islom” QKda joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2018 yil 3 iyuldagi FB-9/800 son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor qorako‘l mo‘ynalari maydoni chiqimining ortishi, qorako‘l mo‘ynalarining xossalari yaxshilanishi, cho‘zilishdagi mustahkamlik ko‘rsatkichini 9,6%ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish