Burxanov Xusniddin Mirodilovichning
fanl doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli jamiyatda milliy saytlar transformatsiyasi jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/S31
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo-Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Parmanov Farxod Yarashovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna, siyosiy fanlari doktori, professor Jalilov Aktam Toshnazarovich, Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli jamiyatda internet tarmog‘idagi milliy saytlar transformatsiyasi jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy mexanizmlarini sotsiologik tadqiqi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy saytlar axborot xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy “Startup”larning etnomadaniy xususiyatlarini (foydalanuvchining mentaliteti, ananalari) inobatga oluvchi raqamli yondashuv asosida shaxs xatti-harakatini tahrirlash, his-tuyg‘ular, sog‘liq, imkoniyatlarini hisoblab hulosa beruvchi ijtimoiy agentlar ishlab chiqilgan;
“filtr pufakchalari” konsepsiyasini (E.Parizer) axborotlarni tartiblash yondashuvi asosida rivojlantirishda internet tarmog‘ida targ‘ib etuvchi uzlyuksiz onlayn “PUBG”, “Blue whale” o‘yinlari, diniy, radikal, adovat qo‘zg‘atuvchi g‘oyalarga qarshi ijtimoiy kurashish salohiyatini rivojlantiruvchi immunitetning shakllanishi sotsiologik asoslantirilgan;
internet tarmog‘idagi milliy saytlar kontenti xavfsizligini ta’minlash, axborotlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, milliy saytlarning jozibadorlik darajasini oshirishda “Artificial intelligence” sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, tartibga solish hamda tezkorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan muloqot gibridlashuvini ta’minlovchi intensiv faoliyat mexanizmi (internet sotsiologiyasi) ishlab chiqilgan;
“platforma jamiyati” (T.Poell) konsepsiyasining milliy analogini neyron tarmoqlari va ekotizimlarini jamoat qadriyatlariga sodiqlik xususiyati asosida rivojlantirishda internet tarmog‘idagi Deepfake (chuqur yolg‘on) ma’lumotlarni tanlab olish hamda real vaqt oralig‘ida monitoring qilishga yo‘naltirilgan barcha milliy saytlarni nazorat qiluvchi ijtimoiy xavfsiz kibermakon tizimi ishlab chiqilgan;
kognitiv rivojlanish (Jan Piaje) nazariyasiga asoslanib, maktab o‘quvchilarining jamiyatga ijtimoiylashuvi jarayonida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan tahdidlardan dastlabki bosqichda himoyalash hamda mediasavodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi sotsiologik asoslantirilgan;
milliy saytlar kontentini blogerlar orqali dolzarblashtirishda kontent yaratish, bahs munozaralar, turi tanlovlar va rezonansli dasturlar yaratish imkoniyatini hisobga oluvchi jamoatchilik fikrini pozitivlashtirishga qaratilgan sotsial mexanizm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli jamiyatda milliy saytlar transformatsiyasi jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini tahlil qilish asosida:
internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati bugungi kunda muhim masaladir. Bu borada milliy saytlar axborot xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy “Startup”larning etnomadaniy xususiyatlarini (foydalanuvchining mentaliteti, ananalari) inobatga oluvchi raqamli yondashuv asosida shaxs xatti-harakatini tahrirlash, his-tuyg‘ular, sog‘liq, imkoniyatlarini hisoblab hulosa beruvchi ijtimoiy agentlarni qo‘llashda milliy saytlar mazmuniga va ijtimoiy mezoniga qo‘yilgan innovatsion talablardan Yoshlar ishlari agentligida yoshlar saytlarini turli tadbirlar va tanlovlarda baholashda (Yoshlar ishlari agentligi
2023 yil 1 noyabrdagi №4-13-21-3131-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Shuningdek, yoshlar saytlarini rivojlantirishda saytlarga mashhur shaxslar bilan onlayn suhbatlarni muntazam, tizimli sur’atda tashkil etish kabi takliflar joriy etildi;
raqamli jamiyatda milliy saytlar transformatsiyasi jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari sifatida aholini milliy saytlarga jalb etish masalasi ko‘rib chiqildi va “filtr pufakchalari” konsepsiyasini (E.Parizer) axborotlarni tartiblash yondashuvi asosida rivojlantirishda internet tarmog‘ida targ‘ib etuvchi uzlyuksiz onlayn “PUBG”, “Blue whale” o‘yinlari, diniy, radikal, adovat qo‘zg‘atuvchi g‘oyalarga qarshi ijtimoiy kurashish salohiyatini rivojlantiruvchi immunitetni shakllantirish masalalaridan kelib chiqib, yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan milliy saytlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti saytini tahliliy axborotlar bilan ta’minlashda (Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti 2023 yil 2 fevraldagi №01-12/32 ma’lumotnomasi) foydalanilgan;
internet tarmog‘idagi milliy saytlar kontenti xavfsizligini ta’minlash, axborotlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, milliy saytlarning jozibadorlik darajasini oshirishda “Artificial intelligence” sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, tartibga solish hamda tezkorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan muloqot gibridlashuvini ta’minlovchi intensiv faoliyat mexanizmidan (internet sotsiologiyasi) foydalanish yangi O‘zbekistonda milliy saytlar faoliyati takomillashuvi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuningdek, raqamli jamiyatning ijobiy xususiyatlarini ya’ni saytlarda tezkor axborot almashiniuvini kuchayishi, internet tarmog‘ida boshqa jamiyatlar bilan yaqindan hamkorlik olib borishni rivojlantiradi. Shuni hisobga olgan holda ushbu mexanizmlar bo‘yicha tahlillardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi amaliyotda (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024 yil 24 apreldagi
01-16/86-son ma’lumotnomasi) foydalanildi;
yoshlarni salbiy ta’sirlardan himoyalash va internet tarmog‘idan olinayotgan axborotlar oqimini monitoring qilish hamda uni asoslarini takomillashtirish, jahon internet tarmog‘idan qabul qilinayotgan axborotlar mazmunini nazorat qilishda provayderlardan foydalanish va milliy saytlarni o‘zaro integratsiyasini ta’minlash raqamli jamiyatda mamlakat yangi taraqqiyot bosqichiga oid milliy saytlarni rivojlantirish va “platforma jamiyati” (T.Poell) konsepsiyasining milliy analogini neyron tarmoqlari va ekotizimlarini jamoat qadriyatlariga sodiqlik xususiyati asosida rivojlantirishda internet tarmog‘idagi Deepfake (chuqur yolg‘on) ma’lumotlarni tanlab olish hamda real vaqt oralig‘ida monitoring qilishga yo‘naltirilgan barcha milliy saytlarni nazorat qiluvchi ijtimoiy xavfsiz kibermakon tizimidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida muhim ilmiy manba sifatida (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2023 yil 25 sentyabrdagi
№01-271/292-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan;
bugungi kundagi media makonda kognitiv rivojlanish (Jan Piaje) nazariyasiga asoslanib, maktab o‘quvchilarining jamiyatga ijtimoiylashuvi jarayonida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan tahdidlardan himoyalashda mediasavodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha sotsiologik tahlillardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida ilmiy manba sifatida (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2023 yil 25 sentyabrdagi №01-271/
292-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan;
milliy saytlar kontentini blogerlar orqali dolzarblashtirishda kontent yaratish, bahs munozaralar, turi tanlovlar va rezonansli dasturlar yaratish imkoniyatini hisobga oluvchi jamoatchilik fikrini pozitivlashtirishga qaratilgan sotsial mexanizmlar bo‘yicha tahlillardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi amaliyotda (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024 yil 24 apreldagi 01-16/86-son ma’lumotnomasi) foydalanildi.