Elmurodova Muhayyo Valiqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy O‘zbekiston asalarisimonlari (Hymenoptera: Apoidea) faunasi, ekologik xususiyatlari va ahamiyati», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B743.
Ilmiy rahbar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shermatov Malikjon Rahmatjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy O‘zbekiston asalarisimonlarining faunasi, zamonaviy tur tarkibini aniqlash, tarqalish areallarini belgilash, ekologik xususiyatlari va xo‘jalik ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy O‘zbekistonning tabiiy va antropogen landshaftlarida tarqalgan pardaqanotli hasharotlarning tur tarkibi tahlil qilinib, 8 ta oila, 21 ta kenja oila, 52 avlodga mansub 142 turi aniqlangan; 
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun Sphecidae oilasiga mansub Prionyx melanotus turi hamda Markaziy O‘zbekiston  hududida asalarisimonlarning 5 ta oila 18 ta avlodga mansub 21 ta turi aniqlangan;
Markaziy O‘zbekiston hududida asalarisimonlar bosh oilasi Stizus Latreille, 1802 avlodiga mansub 1 ta tur (Stizus handlirschi) ning taksonomik o‘rni molekulyar-genetik tahlillar asosida isbotlangan;
Asalarisimonlar faunasining 4 ta biotoplar bo‘yicha tarqalishi isbotlangan, aniqlangan turlar tarqalishi va yashash joylariga ko‘ra zoogeografik tahlil qilinib 13 ta guruhga ajratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy O‘zbekiston asalarisimonlari (Apoidea): taksonomiyasi, ekologik xususiyatlari va tarqalishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Apoidea bosh oilasiga tegishli  8 oila, 17 kenja oila, 40 avlod 74 turga mansub asalarisimonlarning 74 nusxa hasharot namunalari  Respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obʼektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024  yil 11  dekabrdagi 4/1255 – 2749-son maʼlumotnomasi). Natijada, namunalar hasharotlar kolleksiyasi fondini boyitgan va tur tarkibini aniqlash uchun solishtirish, qiyosiy tahlil etish hamda biotoplar bo‘yicha taqsimlanishni tahlil qilish va atlas tayyorlashda foydalanish imkonini bergan;
Markaziy O‘zbekiston  hududidan yigʻilgan Stizus handlirschi asalari turining mitoxondrial DNK (COX1) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan maʼlumotlar Biotenologik Axborotlar Milliy Markazi bazasiga (NCBI, Milliy biotexnologiya axborot markazining 2024 - yil 30 - aprel oyidagi maʼlumotnomasi) joylashtirilgan. Natijada Stizus handlirschi asalarisining PP726882 identifikasiya raqami olingan. va ushbu asalari turini molekulyar taksonomik va filogenetik o‘rnini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish