Boltaev Baxriddin Xujanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Qishloq xo‘jaligida  mineral  o‘g‘itlardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish”
08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Iqt1277
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Ilmiy rahbar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqam: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.07.2024.I.78.06 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Mutazoev Olim va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abdulxaeva Gulshan Maxmudovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlar tomonidan mineral o‘g‘itlardan foydalanish holati hamda mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanganlik darajasini baholash uslubi “yuqori daraja” (1-0,81), “o‘rta daraja” (0,80-0,67), “past daraja” (0,66-0,42), “juda past daraja” (0,41-0) mezonlari asosida takomillashtirilgan; 
“Agrokimyohimoya” HAJlari tasarrufidagi 2-3 tadan markaziy omborlarni “O‘zagrokimyohimoya” AJ balansiga ustav kapitalidagi ulush hisobiga olish va ularni mineral  o‘g‘itlarni davlat zahirasini saqlash bazalariga aylantirish orqali mineral o‘g‘itlar ta'minotidagi barqarorlikni oshirish taklifi asoslangan;
“Agrokimyohimoya” HAJlardagi “O‘zagrokimyohimoya” AJga tegishli bo‘lgan davlat ulushini bosqichma-bosqich xususiy sektorga transformasiya qilish hamda zarur miqdordagi davlat zahirasini shaklantirish uchun aksiyadorlik jamiyatlariga davlat byudjetidan har yili revolver tartibda mablag‘ ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali mineral o‘g‘itlar bozoridagi taklifni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
Surxondaryo viloyati asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yoki undan foydalanishning istiqboldagi qiymatlarining avtokorrelyasiya va harakatlanuvchi o‘rtachalarning integrallashgan modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subektlar tomonidan mineral o‘g‘itlardan foydalanish holati hamda mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanganlik darajasini baholash uslubi “yuqori daraja” (1-0,81), “o‘rta daraja” (0,80-0,67), “past daraja” (0,66-0,42), “juda past daraja” (0,41-0) mezonlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 28 may 05/04-04-226-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etidishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan oylar kesimida foydalaniladigan mineral o‘g‘itlar yoki mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash hamda ushbu jarayonni monitoringini yuritish imkoni yaratilgan;
“Agrokimyohimoya” HAJlari tasarrufidagi 2-3 tadan markaziy omborlarni “O‘zagrokimyohimoya” AJ balansiga ustav kapitalidagi ulush hisobiga olish va ularni mineral  o‘g‘itlarni davlat zahirasini saqlash bazalariga aylantirish orqali mineral o‘g‘itlar ta’minotidagi barqarorlikni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 28 may 05/04-04-226-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etidishi natijasida mineral o‘g‘itlar narxlarining keskin o‘sib ketishining oldi olinib, narxlarning nisbatan barqarorligini ta’minlash, iste’mol bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini  arzonlashtirish imkoni yaratilgan; 
“Agrokimyohimoya” HAJlardagi “O‘zagrokimyohimoya” AJga tegishli bo‘lgan davlat ulushini bosqichma-bosqich xususiy sektorga transformasiya qilish hamda zarur miqdordagi davlat zahirasini shaklantirish uchun aksiyadorlik jamiyatlariga davlat byudjetidan har yili revolver tartibda mablag‘ ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali mineral o‘g‘itlar bozoridagi taklifni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 28 may 05/04-04-226-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etidishi natijasida zamonaviy innovasion texnologiyalarga asoslangan murakkab o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi korxona va xususiy tadbirkorlarni shakllanishi va ular faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari yaratilgan;
Surxondaryo viloyati asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yoki undan foydalanishning istiqboldagi qiymatlarining avtokorrelyasiya va harakatlanuvchi o‘rtachalarning integrallashgan modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy Markazining 2024 yil 28 may 05/04-04-226-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etidishi natijasida viloyatda 2030 yil 2023 yilga nisbatan paxta ekin maydoni hajmining 25,7 ming gektarga kamayishi hisobiga ushbu yillarda mineral o‘g‘itlardan foydalanish hajmi 4864,6 tonnaga yoki 6,5 foizga kamayishi, g‘alla ekinini etishtirishda ham kamayish tendensiyasi saqlanishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish