Maksudov Mirzoxid Mirvasikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inspeksiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish (“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi misolida)”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi dastlab ro‘yxatga olingan raqam: B203.4.PhD/Iqt2327 
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmadovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Toxir Safarovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
To‘raev Shavkat Shuxratovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti (Tashkent International University).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Inspeksiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy, uslubiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida axborotlarni qayta ishlash imkonini beruvchi, yagona autentifikatsiya va identifikatsiya jarayonlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha raqamli platformaning konseptual sxemasini tatbiq etish orqali mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish hamda takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamlashtirish jarayonlarining samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali resurslardan foydalanishni optimallashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkorligi, aniqligi va sifatini oshirish, iqtisodiy faoliyat natijadorligini yaxshilash darajasiga iqtisodiy samara, investisiyalarning rentabelligi, operatsiyalar xarajatlarining kamayishi va yaratilgan qo‘shimcha qiymat orqali baholash jihatidan takomillashtirilgan; 
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining raqamlashtirish yo‘nalishida yuklatilgan vazifalarni nazorat qilish funksiyasini avtomatlashtirish orqali takomillashtirish natijasida statistik ma’lumotlarning bajarilish darajasi bo‘yicha “yashil” (BDy  = 71-100 ball), “sariq” (BDs = 55-71 ball), “qizil” 
(BDq = 55 dan past ball) guruhlarga ajratish asosida baholash imkoni yaratilgan;
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida joriy etilgan “Yagona reyting baholash” axborot tizimi orqali respublikamizning raqamlashtirish darajasini aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishning 
2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Inspeksiyalar faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish (“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida axborotlarni qayta ishlash imkonini beruvchi, yagona autentifikatsiya va identifikatsiya jarayonlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha raqamli platformaning konseptual sxemasini tatbiq etish orqali mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish hamda takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi 03-13/1900-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sarf-xarajatlarni 10 foizga kamaytirish hamda ish unumdorligining oshirilishiga erishilgan; 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamlashtirish jarayonlarining samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali resurslardan foydalanishni optimallashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkorligi, aniqligi va sifatini oshirish, iqtisodiy faoliyat natijadorligini yaxshilash darajasiga iqtisodiy samara, investisiyalarning rentabelligi, operatsiyalar xarajatlarining kamayishi va yaratilgan qo‘shimcha qiymat orqali baholash jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Elektron tijorat” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 
25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan №388-119 raqam bilan darslik sifatida ro‘yxatga olingan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy samara, investisiyalarning rentabelligi, operatsiyalar xarajatlarining kamayishi va yaratilgan qo‘shimcha qiymat orqali baholash jihatidan takomillashtirilgan raqamlashtirish jarayonlarining samaradorligi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining raqamlashtirish yo‘nalishida yuklatilgan vazifalarni nazorat qilish funksiyasini avtomatlashtirish orqali takomillashtirish natijasida statistik ma’lumotlarning bajarilish darajasi bo‘yicha “yashil” (BDy = 71-100 ball), “sariq” (BDs = 55-71 ball), “qizil” 
(BDq = 55 dan past ball) guruhlarga ajratish asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi 03-13/1900-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamlashtirish yo‘nalishida yuklatilgan vazifalarni nazorat qilishda statistik ma’lumotlarning bajarilishni baholashda aniqlik darajasini ta’minlash imkoni yaratilgan;
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida joriy etilgan “Yagona reyting baholash” axborot tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishning 
2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi 03-13/1900-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida joriy etilgan “Yagona reyting baholash” axborot tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishning asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlik va aniqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish