Sayfullaev Bahodir Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni takomillashtirish”, 12.00.09 “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1107
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Inagamjanova Zumratxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Xudaybergenov Baxram Kuanishbaevich yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin javobgarlikka tortish, jazo tayinlash yoki uning ijrosini imkonsiz qiluvchi ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatangina tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash mumkinligi asoslantirilgan;
sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxsda ruhiy buzilish borligi aniqlangan holatlarda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish uchun alohida ish yurituvga o‘tish hamda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxs sifatida e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror, sud esa ajrim chiqarishi lozimligi asoslantirilgan;
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilayotgan ishlarda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning huquq va manfaatlarini surishtiruv va dastlabki tergovning har qanday bosqichida munosib himoya qilish, shaxs bilan o‘tkazilayotgan tergov harakatlarida bevosita ishtirok etish va ish tafsilotlaridan xabardor bo‘lish uchun qonuniy vakilning qatnashishi shart ekanligi asoslantirilgan;
jinoyat ishi bo‘yicha tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq masalalar, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqilishi yoki alohida ish yurituvga o‘tish to‘g‘risidagi qaror, tergov organi tomonidan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchida ruhiy buzilish borligi to‘g‘risida sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng qabul qilinishi hamda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida ish yurituv boshlanganligi va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror o‘ziga nisbatan bunday ish yurituv olib borilayotgan shaxsga jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilishi shartligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanishi to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxs jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin javobgarlikka tortish, jazo tayinlash yoki uning ijrosini imkonsiz qiluvchi ruhiy kasallikka chalingan shaxsligiga doir taklifdan 2024-yil 20-fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining
2019-yil 30-dekabda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqot instituti tomonidan 2024-yil 27-dekabrda berilgan №3/08-266-sonli dalolatnoma) Ushbu taklifning inobatga olinishi surishtiruv va dastlabki tergov davomida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan shaxslarning huquqiy maqomini alohida tartibi belgilanishiga xizmat qilgan;
jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan hollarda, sud ulardan ayrimlarining aybdorligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir paytda, boshqalariga – ushbu qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli, agar qayd etilgan shaxslarga nisbatan ishni birga ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi materiallar alohida ish yurituvga ajratilishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil
14-maydagi “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
9-sonli qarorining 16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2024-yil 23-dekabrda berilgan 08/948-24-sonli dalolatnoma). Ushbu taklifning inobatga olinishi sud jarayonida shaxsning ruhiy holati buzilganda, unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashning alohida tartibi belgilanishiga xizmat qilgan;
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilayotgan ishlarda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonuniy vakilning qatnashishi shartligiga doir taklifdan 2024-yil
20-fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqot instituti tomonidan 2024-yil 27-dekabrda berilgan №3/08-266-sonli dalolatnoma). Ushbu taklifning inobatga olinishi surishtiruv va dastlabki tergov davomida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonuniy vakil bilan majburiy ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat ishi bo‘yicha tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq masalalar JPK 61-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqilishi yoki alohida ish yurituvga o‘tish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) jinoyat protsessi bosqichidan kelib chiqib, tergov organi, prokuror yoki sud tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchida ruhiy buzilish borligi to‘g‘risida sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng qabul qilinishi hamda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida ish yurituv boshlanganligi va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror (ajrim) o‘ziga nisbatan bunday ish yurituv olib borilayotgan shaxsga uning JPK
570-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirgan holda e’lon qilinishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2024-yil
23-dekabrda berilgan 08/948-24-sonli dalolatnoma). Ushbu taklifning inobatga olinishi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida alohida ish yurituviga o‘tishning asosini va tartibini belgilashga xizmat qilgan.