Saurov Ravshonbek Ruslanbek o‘g‘lining
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy davlat qurishda demokratizm va konstitusionalizm: xorijiy hamda milliy tajribalarning falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fal230
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari dokrori, professor; Musaev Faxriddin Abdusattarovich, falsafa fanlari dokrori, professor; Jo‘raev Luqmon Narzullaevich, falsafa fanlari dokrori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlatning mustahkamlanishida demokratizm va konstitusionalizm tamoyillarining ahamiyatini asoslab berishdan iborat.  
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
demokonstitusionalizm (xalq hokimiyati, ishtirok, ochiqlik va huquq ustuvorligi, qonuniylik, institusionallik kabi integratsiyalashgan tamoyillar tizimi) prinsipining inson qadri, huquqi, adolat va erkinlikni davlat boshqaruvi tamoyillariga uyg‘unlashtirish konsepsiyasi, insonparvarlik (gumanizm), qadriyatga asoslangan tartib (axloq) va ijtimoiy birdamlik xususiyatlari dialektik uyg‘unlikni ifodalovchi nazariy-falsafiy model sifatida ochib berilgan;
demokonstitusionalizmning xorijiy va milliy etnosiyosiy tajribalardagi ko‘rinishlari (sotsial huquqiy davlat, sekulyar konstitusional demokratiya, milliy-demokratik, konstitusiyaviy) hamda ularning ijtimoiy himoya tamoyillari, erkinlik, tenglik qadriyatlari, diniy-madaniy qadriyatlar va konstitusion tamoyillar uyg‘unligi, milliy o‘zlik, xalq ishtiroki, huquqiy yangilanish kabi paradigmal xususiyatlarining boshqaruv faoliyatiga pozitiv ta’siri aniqlashtirilgan;
demokonstitusionalizmning tuzilmaviy, tarixiy, madaniy va boshqaruv tamoyillariga ko‘ra sharqona (jamoaviylik, axloqiylik, milliy qadriyatlar paradigmasi) va g‘arbona (konstitusiyaviylik, individualizm, fuqarolik huquqlari, sekulyarlik, erkinlik paradigmasi) modellaridagi siyosiy hokimiyatni cheklash, axloqiy legitimlik va jamoat nazorati kabi omillar asosida uning madaniy moslashuvchan model ekanligi dalillngan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishda demokonstitusionalizmning xalq hokimiyati, erkinlik, konstitusiyaviy tartib, ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni hamda konstitusion islohotlarning ijtimoiy davlatning demokratiya va inson qadriyatlariga asoslangan modelini shakllantirishda demokratik (xalq ishtiroki, erkin saylov, so‘z erkinligi, OAV roli), va aksiologik (inson qadri, adolat, erkinlik) kabi g‘oyaviy-falsafiy tamoyillari asoslab berilgan;
o‘zbek ijtimoiy davlatining milliy institusional muammolari (ijtimoiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar o‘rtasida vakolatlar chalkashligi, ijtimoiy davlat tamoyillarining huquqiy normalarga to‘liq integratsiyalashmaganligi) aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar (vakolatni normativ jihatdan aniq belgilash, “ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari”ni joriy etish, mahalla, diniy va ma’rifiy institutlarni ijtimoiy birdamlik institusiyasi sifatida qayta konseptuallashtirish, “Adolatli xizmat” indeksi mezonlari asosida baholash tizimini joriy qilish) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy davlat qurishda demokratizm va konstitusionalizmning namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
demokonstitusionalizm (xalq hokimiyati, ishtirok, ochiqlik va huquq ustuvorligi, qonuniylik, institusionallik kabi integratsiyalashgan tamoyillar tizimi) prinsipining inson qadri, huquqi, adolat va erkinlikni davlat boshqaruvi tamoyillariga uyg‘unlashtirish konsepsiyasi, insonparvarlik (gumanizm), qadriyatga asoslangan tartib (axloq) va ijtimoiy birdamlik xususiyatlariga oid ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqam “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2018-2020 yy) amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-iyundagi № 04/11-7031-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizni demokonstitusion rivojlantirish, davlat institutlarini xalqqa xizmat qildirish, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini real hayotda ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha innovatsion asosdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
demokonstitusionalizmning xorijiy va milliy etnosiyosiy tajribalardagi ko‘rinishlari (sotsial huquqiy davlat, sekulyar konstitusional demokratiya, milliy-demokratik, konstitusiyaviy) hamda ularning ijtimoiy himoya tamoyillari, erkinlik, tenglik qadriyatlari, diniy-madaniy qadriyatlar va konstitusion tamoyillar uyg‘unligi, milliy o‘zlik, xalq ishtiroki, huquqiy yangilanish kabi paradigmal xususiyatlarining boshqaruv faoliyatiga pozitiv ta’siriga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 10-band “Avval–inson, keyin–jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 5-iyundagi 10/327-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz fuqarolari dunyoqarashini yuksaltirishga, ayniqsa, yoshlar ongida yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonida demokratizm va konstitusionalizmning o‘rni, konstitusion islohotlarning falsafiy va kratologik mohiyati haqida bilimlarni shakllantirishga hamda siyosiy-huquqiy tafakkurini oshirishga xizmat qilgan;
demokonstitusionalizmning tuzilmaviy, tarixiy, madaniy va boshqaruv tamoyillariga ko‘ra sharqona (jamoaviylik, axloqiylik, milliy qadriyatlar paradigmasi) va g‘arbona (konstitusiyaviylik, individualizm, fuqarolik huquqlari, sekulyarlik, erkinlik paradigmasi) modellaridagi siyosiy hokimiyatni cheklash, axloqiy legitimlik va jamoat nazorati kabi omillar asosida uning madaniy moslashuvchan model ekanligiga oid xulosalar va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Globallashuv asoslari” darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 4-iyundagi 02/01-01-204-son maʼlumotnomasi). Natijada, bu takliflar talabalarda g‘arb va sharq demokonstitusionalizmning differsial va o‘xshash jihatlarini o‘rganishning falsafiy-huquqiy mazmunini anglash, idrok etish imkoniyatini bergan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishda demokonstitusionalizmning xalq hokimiyati, erkinlik, konstitusiyaviy tartib, ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni hamda konstitusion islohotlarning ijtimoiy davlatning demokratiya va inson qadriyatlariga asoslangan modelini shakllantirishda demokratik (xalq ishtiroki, erkin saylov, so‘z erkinligi, OAV roli), va aksiologik (inson qadri, adolat, erkinlik) kabi g‘oyaviy-falsafiy tamoyillariga oid ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan 81-06/160-son “Mahalla – oilalarda ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorlikni ta’minlovchi maskan” nomli loyihaning targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2025-yil 3-iyundagi 01-06/268-son maʼlumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz fuqarolari dunyoqarashini yuksaltirishga, ayniqsa, uoshlar ongida yangi O‘zbekistonda taraqqiyot strategiyasi (2022-2026)da mamlakatimizni demokonstitusion rivojlantirish, davlat institutlarini xalqqa xizmat qildirish, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini real hayotda ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, avtokratizmdan demokratizmga o‘tish orqali o‘zbek xalqining azaliy orzusi bo‘lgan erkin va farovon hayot qurish bosh maqsadimiz haqida bilimlarni shakllantirishga hamda siyosiy-huquqiy tafakkurini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek ijtimoiy davlatining milliy institusional muammolari (ijtimoiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar o‘rtasida vakolatlar chalkashligi, ijtimoiy davlat tamoyillarining huquqiy normalarga to‘liq integratsiyalashmaganligi) aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar (vakolatni normativ jihatdan aniq belgilash, “ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari”ni joriy etish, mahalla, diniy va ma’rifiy institutlarni ijtimoiy birdamlik institusiyasi sifatida qayta konseptuallashtirish, “Adolatli xizmat” indeksi mezonlari asosida baholash tizimini joriy qilish)ga oid ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalardan “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining “Yoshlar” telekanalining 2024 yil yanvar-noyabr oylarida efirga uzatilgan “Iste’dodli tengdoshim”, “Yoshlar press klubi” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston  Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-816-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz fuqarolari dunyoqarashini yuksaltirishga, xususan, yoshlar ongida yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonida demokonstitusionalizmning ahamiyati, konstitusion islohotlarning falsafiy mohiyati haqida bilimlarni shakllantirishga hamda ijtimoiy-siyosiy tafakkurini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish