Rustamov Ramz Rizoqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy targ‘ibot sistemalari: ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fal221
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi milliy ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy targ‘ibot sistemalarining samaradorligini oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy faoliyatga ongli, maqsadli, barqaror ta’sir ko‘rsatadigan iqtisodiy targ‘ibot – iqtisodiy intizomga, mehnatga intilish, raqobatbardoshlik, tejamlilik va samaradorlik g‘oyalarini shakllantirish kabi (konstruktiv), va ijtimoiy ongda dabdababozlik, isrofgarchilikka undovchi, soxta ehtiyoj va noto‘g‘ri iqtisodiy qarorlar qabul qilishga sabab bo‘lish kabi (destruktiv) xususiyatlari orqali maxsulot va xizmatlarga sun’iy talabni yuzaga keltirishi asoslab berilgan;
ijtimoiy targ‘ibotning meditativ texnikalar, mindfulness texnologiyalari bo‘yicha treninglar ko‘rinishidagi konstruktiv tipi kishilarda jismoniy faollik, ruhiy sog‘lomlik, sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishi (nutrision axborot, sog‘lom turmush tarzi), uning destruktiv tipi sun’iy ideal standartlar, psixologik bosim va giperdinamik turmush tarzi kabi nooqilona hatti-harakatlarni vujudga keltirishi isbotlangan;
siyosiy-mafkuraviy targ‘ibotning jamiyatni yuksaltirish va milliy birlikni kuchaytirishga oid konstruktiv yo‘nalishi mafkuraviy e’tiqodni mustahkamlashi, vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishi hamda siyosiy e’tiqodni emirish va ma’naviy bo‘shliqni kuchaytirishga oid destruktiv yo‘nalishi siyosiy apatiya, siyosiy tafakkur stagnatsiyasiga sabab bo‘lishi, ijtimoiy befarqlik, ideologik betaraflikka olib kelishi aniqlashtirilgan;
zamonaviy jamiyatda ma’naviy targ‘ibotning kishilarning aqliy, axloqiy, huquqiy va mehnat fazilatlari mazmunini o‘zgartirish kabi ma’naviy qadriyatlar tizimiga doir xususiyatlari (konstruktiv) hamda ijtimoiy ongni zaiflashtirish, axloqiy-ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lish, ma’naviyatni emirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot esa nafrat, agressiya, o‘zini ustun qo‘yish kabi ijtimoiy illatlarning keng ildiz otishi (destruktiv) xavfini kuchaytirishi asoslangan; 
zamonaviy jamiyat sharoitida kishilar ongi va foliyatini destruktiv targ‘ibot ta’siridan muhofazalash borasidagi nazariy-metodologik yondashuvlarning tanqidiy tafakkurni yuksaltirish (ongli munosabat, ilmiy asoslangan, mustaqil yondashuv), jamoatchilik fikrini yanada sog‘lomlashtirish (axborotni tahlil qilish, ijtimoiy dialog, murosa), gumanistik e’tiqod va fazilatlarni ommalashtirish (mehr, bag‘rikenglik, mas’uliyat) yo‘llari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy targ‘ibot sistemalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiy faoliyatga ongli, maqsadli, barqaror ta’sir ko‘rsatadigan iqtisodiy targ‘ibot – iqtisodiy intizomga, mehnatga intilish, raqobatbardoshlik, tejamlilik va samaradorlik g‘oyalarini shakllantirish kabi (konstruktiv), va ijtimoiy ongda dabdababozlik, isrofgarchilikka undovchi, soxta ehtiyoj va noto‘g‘ri iqtisodiy qarorlar qabul qilishga sabab bo‘lish kabi (destruktiv) xususiyatlari bayon etilgan nazariy mulohazalardan Qarshi davlat texnika universitetida bajarilgan AIF-2/15 raqam “O‘zbekistonda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” (2019-2021 yy) amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat texnika universitetining 2025-yil 19-maydagi 02/1-1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy tadqiqot loyihasining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirishga va yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy targ‘ibotning meditativ texnikalar, mindfulness texnologiyalari bo‘yicha treninglar ko‘rinishidagi konstruktiv tipi kishilarda jismoniy faollik, ruhiy sog‘lomlik, sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishi (nutrision axborot, sog‘lom turmush tarzi), uning destruktiv tipi sun’iy ideal standartlar, psixologik bosim va giperdinamik turmush tarzi kabi nooqilona hatti-harakatlarni vujudga keltirishiga doir nnazariy xulosalar va amaliy takliflardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 15-apreldagi 01-30/244-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini ochib berishga va aholini turli tahdidlardan ogoh qilishga xizmat qilgan; 
siyosiy-mafkuraviy targ‘ibotning jamiyatni yuksaltirish va milliy birlikni kuchaytirishga oid konstruktiv yo‘nalishi mafkuraviy e’tiqodni mustahkamlashi, vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishi hamda siyosiy e’tiqodni emirish va ma’naviy bo‘shliqni kuchaytirishga oid destruktiv yo‘nalishi siyosiy apatiya, siyosiy tafakkur stagnatsiyasiga sabab bo‘lishi, ijtimoiy befarqlik, ideologik betaraflikka olib kelishiga oid umumlashmalar va amaliy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2024-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 15-apreldagi 10/193-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy targ‘ibot sistemalarini ijtimoiy falsafiy tahlil tahlil etishga va shu bilan birga markaz faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
zamonaviy jamiyatda ma’naviy targ‘ibotning kishilarning aqliy, axloqiy, huquqiy va mehnat fazilatlari mazmunini o‘zgartirish kabi ma’naviy qadriyatlar tizimiga doir xususiyatlari (konstruktiv) hamda ijtimoiy ongni zaiflashtirish, axloqiy-ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lish, ma’naviyatni emirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot esa nafrat, agressiya, o‘zini ustun qo‘yish kabi ijtimoiy illatlarning keng ildiz otishi (destruktiv) xavfini kuchaytirishiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyatida, jumladan, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining IV-bob “Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” V ustuvor yo‘nalishida belgilangan: Yoshlarni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashning 2025-yil 15-apreldagi 04-13/308-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida zamonaviy targ‘ibot sistemalarining asl maqsadlarini aniqlashda, yoshlarda turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyat sharoitida kishilar ongi va foliyatini destruktiv targ‘ibot ta’siridan muhofazalash borasidagi nazariy-metodologik yondashuvlarning tanqidiy tafakkurni yuksaltirish (ongli munosabat, ilmiy asoslangan, mustaqil yondashuv), jamoatchilik fikrini yanada sog‘lomlashtirish (axborotni tahlil qilish, ijtimoiy dialog, murosa), gumanistik e’tiqod va fazilatlarni ommalashtirish (mehr, bag‘rikenglik, mas’uliyat) yo‘llariga doir yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan, Saylov oldi dasturning 5. “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan jamiyat barpo etish” bo‘limining 5.1. “Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish” hamda 5.1.1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari samaradorligini oshirish” bandlari, shuningdek, 6. “Xavfsizlik va aholi muhofazasini kuchaytirish” bo‘limining 6.1. “Xavfsiz milliy axborot makonini rivojlantirish” bandining ijrosiga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 28-maydagi 02/06-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi rivojlanish bosqichida zamonaviy targ‘ibot sistemalarining asl maqsadlarini aniqlashda, yoshlarda turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, targ‘ibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitishga xizmat qilgan
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                