Artikov Zafar Zaripovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Atoulloh Xo‘jaevning taraqqiyparvarlik va ijtimoiy-siyosiy faoliyati”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1077
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Xaitov Shadmon Axmadovich - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ravshan Normuratovich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Tayronov Yoqubjon Rapiqovich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Atoulloh Xo‘jaevning taraqqiyparvarlik va ijtimoiy-siyosiy  faoliyatini ilmiy jihatdan tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Atoulloh Xo‘jaev  Buxoro jadidchilik harakatiga birinchilardan bo‘lib kirib kelgan harakat yo‘lboshchilari Mirzo Abduvohid Burhonov (1875-1934), Mirza Siroj Hakim (1877-1914), Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaev (1878-1968), Abduqodir Muhiddinov (1892-1934), Muso Saidjonov (1893-1937) kabilar bilan bir davrda faoliyat boshlaganligi, ularning safdoshi ekanligi, jadidlarning ilk tashkilotlari (“Tarbiyayi atfol”, Buxoro jadidlar partiyasi) faoliyatida ishtirok qilganligi, Istanbul ta’limidan so‘ng (1909–1913) Buxoro amirligining turli bekliklarida (Qarshi, Shahrisabz, Qorako‘l, G‘uzor, Chorjo‘y) yangi usul maktablari ochib maorifchilik va maktabchilik harakatida faol ishtirok etganligi isbotlangan;
XX asr boshlarida Atoulloh Xo‘jaevning Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar markazida turgan siymolardan biri bo‘lganligi, taraqqiyparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishi tufayli amir tomonidan ikki bor hibsga olinib zindonda saqlanganligi (1915, 1917), 1917-yil aprel manifesti, 1918-yil martdagi “Kolesov voqeasi” kabilar sababli ta’qib ostiga olinib, muhojirlikda (Samarqand, Toshkent) yashashga majbur bo‘lganligi, BKP o‘ng qanot oqimi vakili sifatida har qanday inqiloblar va qon to‘kilishlarsiz, demokratik o‘zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish tarafdori ekanligi dalillangan;
Atoulloh Xo‘jaevning Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumatida (1920–1924) turli lavozimlarda faoliyat yuritganligi, BXSR dagi sovet hukumati vakillari (Lyubimov, Fonshteyn va h.k.) oldiga milliy armiya, mahalliy millat vakillaridan milisiya tuzish, hukumat huzuridagi “Harbiy tribunal”, “Osobiy otdel” (maxsus bo‘lim)ni bekor qilish, taslim bo‘layotgan “bosmachilar”ni mahalliy sudlar hukmiga topshirish, ulardan musodara qilingan qurol-yarog‘larni milliy armiya va mahalliy milisiya qo‘lida qoldirish kabi talablarni birinchilardan bo‘lib ilgari surganligi, istiqlolchilk harakti ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlaganligi raqam va dalillar orqali isbotlangan;
Atoulloh Xo‘jaevning “millatchi”, “vatan xoini”, “sotqin”, “chet el ayg‘oqchisi”, “sovet dushmani” kabi asossiz ayblar bilan 1937-yil yanvarda hibsga olinib, 1937-yil oktyabrda 16 nafar safdoshlari bilan birga (“17 lar ishi”) asossiz ayblar bilan otuvga hukm qilinganligi, uning nomi oqlangunga qadar (1965-yil 2-dekabr) avlodlari sovet hukumati tomonidan ta’qib va tazyiqqa olinganligi, mustaqillik yillarida kelib ushbu shaxs haqida tarixiy haqiqat yuzaga kelganligi hamda uning avlodlari haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq jihatlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Atoulloh Xo‘jaevning taraqqiyparvarlik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini tarixiy tahlil qilish natijasida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
Atoulloh Xo‘jaev  Buxoro jadidchilik harakatiga birinchilardan bo‘lib kirib kelgan harakat yo‘lboshchilari Mirzo Abduvohid Burhonov (1875-1934), Mirza Siroj Hakim (1877-1914), Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaev (1878-1968), Abduqodir Muhiddinov (1892-1934), Muso Saidjonov (1893-1937) kabilar bilan bir davrda faoliyat boshlaganligi, ularning safdoshi ekanligi, jadidlarning ilk tashkilotlari (“Tarbiyayi atfol”, Buxoro jadidlar partiyasi) faoliyatida ishtirok qilganligi, Istanbul ta’limidan so‘ng (1909–1913) Buxoro amirligining turli bekliklarida (Qarshi, Shahrisabz, Qorako‘l, G‘uzor, Chorjo‘y) yangi usul maktablari ochib maorifchilik va maktabchilik harakatida faol ishtirok etganligi to‘g‘risidagima’lumotlardan O‘zMTRK “Mahalla” teleradiokanali o‘zining “Inson aziz” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi  (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2024-yil 20-fevraldagi 01-13-148-sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda taqdim etilgan lavhalar teletomoshabinlarga jadidchilik harakati va uning mohiyati haqida tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi. 
XX asr boshlarida Atoulloh Xo‘jaevning Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar markazida turgan siymolardan biri bo‘lganligi, taraqqiyparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishi tufayli amir tomonidan ikki bor hibsga olinib zindonda saqlanganligi (1915, 1917), 1917-yil aprel manifesti, 1918-yil martdagi “Kolesov voqeasi” kabilar sababli ta’qib ostiga olinib, muhojirlikda (Samarqand, Toshkent) yashashga majbur bo‘lganligi, BKP o‘ng qanot oqimi vakili sifatida har qanday inqiloblar va qon to‘kilishlarsiz, demokratik o‘zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish tarafdori ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zMTRK “Mahalla” teleradiokanalida efirga uzatilgan dasturlarni ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2024-yil 20-fevraldagi 01-13-148-sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda taqdim etilgan lavhalar teletomoshabinlarga Atoulloh Xo‘jaevning ma’rifatparvarlik harakati tarixida tutgan o‘rni, vatan taraqqiyoti, mustaqilligi, xalq ozodligi, demokratiya uchun kurashda qo‘shgan hissasi, ilm-fan, madaniyatni rivojlantirishdagi amaliy harakatlari haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi.
Atoulloh Xo‘jaevning Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumatida (1920–1924) turli lavozimlarda faoliyat yuritganligi, BXSR dagi sovet hukumati vakillari (Lyubimov, Fonshteyn va h.k.) oldiga milliy armiya, mahalliy millat vakillaridan milisiya tuzish, hukumat huzuridagi “Harbiy tribunal”, “Osobiy otdel” (maxsus bo‘lim)ni bekor qilish, taslim bo‘layotgan “bosmachilar”ni mahalliy sudlar hukmiga topshirish, ulardan musodara qilingan qurol-yarog‘larni milliy armiya va mahalliy milisiya qo‘lida qoldirish kabi talablarni birinchilardan bo‘lib ilgari surganligi, istiqlolchilk harakti ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlaganligi haqidagi ma’lumotlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatida keng qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 12-avgustdagi 194-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar muzeyda jadidlar bilan bog‘liq turli ko‘rgazmalar qilishda hamda fondni Atoulloh Xo‘jaev faoliyatiga doir ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qildi.
Atoulloh Xo‘jaevning “millatchi”, “vatan xoini”, “sotqin”, “chet el ayg‘oqchisi”, “sovet dushmani” kabi asossiz ayblar bilan 1937-yil yanvarda hibsga olinib, 1937-yil oktyabrda 16 nafar safdoshlari bilan birga (“17 lar ishi”) asossiz ayblar bilan otuvga hukm qilinganligi, uning nomi oqlangunga qadar (1965-yil 2-dekabr) avlodlari sovet hukumati tomonidan ta’qib va tazyiqqa olinganligi, mustaqillik yillarida kelib ushbu shaxs haqida tarixiy haqiqat yuzaga kelganligi hamda uning avlodlari haqidagi ma’lumotlar Buxoro davlat universiteti tuzilmasidagi  Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini boyitishda va belgilangan dasturlarini bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 12-avgustdagi 194-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey eksponatlarini boyishida, qolaversa, muzeyga tashrif buyuradigan yoshlar, talabalar hamda tarixga qiziquvchilar uchun yana bir qatag‘onga uchragan davlat arbobining hayoti va faoliyati haqida qo‘shimcha manba sifatida xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish