Xushnazarova Maxzuna Gulamdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishda hunarmandchilik mahsulotlaridan samarali foydalanish (Toshkent shahri misolida)”. 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3386 .
Ilmiy rahbar: Alieva Maxbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Alimova Guzal Alisherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishda hunarmandchilik mahsulotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “madaniy-kreativ turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sayohatchilarning turizm obektga tashrifi davomida milliy-tarixiy an’analar, mintaqaviy madaniyat, urf-odatlar va madaniy merosni namoyish etuvchi hunarmandchilik mahsulotlari, esdalik sovg‘alari, suvenirlar, noyob, eksklyuziv mahsulotlarini yaratish jarayonlarini kuzatish va bevosita ishtirok etish orqali turizm salohiyatni oshirish jihatidan takomillashtirilgan;
turizm sayohat davomida mahalliy hunarmandlar bilan bevosita muloqot, jonli tajriba va mahsulot xaridi imkonini beruvchi, hunarmandchilikni milliy madaniyatning ajralmas qismi sifatida namoyon etuvchi “Handicraft Walking Tour” formatida Toshkent shahrining “Xasti Imom – Eski shahar – Suzuk ota – Abulqosim madrasalari hunarmandlar maskani” yo‘nalishida “hunarmandchilik turlarini” tashkil etish taklifi asoslangan;
Toshkent shahri hunarmandchilik salohiyati asosida “merosiy iste’mol tuzilmasi”ni turizm iqtisodiyotiga integratsiya qilish orqali hunarmandchilik mahsulotlarini iqtisodiy aylanmaga samarali jalb etish modeli hunarmandchilik faoliyatini hududiy brendlash, turizm xizmatlar bilan uyg‘unlashtirish va iste’mol bozorlarini diversifikatsiyalash orqali yangi konseptual yondashuv asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotida turizm tarmog‘i bilan hunarmandchilikning integratsiyalashuvining barqaror o‘sishga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida mamlakatda hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishda hunarmandchilik mahsulotlaridan samarali foydalanish (Toshkent shahri misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “madaniy-kreativ turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sayohatchilarning turistlik obektga tashrifi davomida milliy-tarixiy an’analar, mintaqaviy madaniyat, urf-odatlar va madaniy merosni namoyish etuvchi hunarmandchilik mahsulotlari, esdalik sovg‘alari, suvenirlar, noyob, eksklyuziv mahsulotlarini yaratish jarayonlarini kuzatish va bevosita ishtirok etish orqali turizm salohiyatni oshirish jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xalqaro turizm menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm salohiyatni oshirishda hunarmandchilik mahsulotlaridan samarali foydalanish, hunarmandchilik mahsulotlari orqali turizmni rivojlantirish, turistlarga hunarmandchilik mahsulotlarini targ‘ib qilish jihatidan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
turizm sayohat davomida mahalliy hunarmandlar bilan bevosita muloqot, jonli tajriba va mahsulot xaridi imkonini beruvchi, hunarmandchilikni milliy madaniyatning ajralmas qismi sifatida namoyon etuvchi “Handicraft Walking Tour” formatida Toshkent shahrining “Xasti Imom – Eski shahar – Suzuk ota – Abulqosim madrasalari hunarmandlar maskani” yo‘nalishida “hunarmandchilik turlarini” tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qovmitasining 2025-yil 27-may 03-10-17-4466-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “hunarmandchilik turlarini” tashkil etish orqali turizm sayohat davomida sayyohlarning mahalliy hunarmandlar bilan bevosita muloqot, jonli tajriba va mahsulot xaridi imkoni yaratilgan;
Toshkent shahri hunarmandchilik salohiyati asosida “merosiy iste’mol tuzilmasi”ni turizm iqtisodiyotiga integratsiya qilish orqali hunarmandchilik mahsulotlarini iqtisodiy aylanmaga samarali jalb etish modeli hunarmandchilik faoliyatini hududiy brendlash, turizm xizmatlar bilan uyg‘unlashtirish va iste’mol bozorlarini diversifikatsiyalash orqali yangi konseptual yondashuv asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-91-son “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qovmitasining 2025-yil 27-may 03-10-17-4466-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hunarmandchilik mahsulotlarini iqtisodiy aylanmaga samarali jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini amalga oshirish imkoni yaratilgan.
O‘zbekiston iqtisodiyotida turizm tarmog‘i bilan hunarmandchilikning integratsiyalashuvining barqaror o‘sishga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida mamlakatda hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-91-son “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qovmitasining 2025-yil 27-may 03-10-17-4466-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyotida turizm tarmog‘i bilan hunarmandchilik faoliyatining istiqboldagi rivojlanishini ta’minlashda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.