Isaev Asliddin Ikrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari berishning samaradorligi masalalari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt2762 
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari berishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlangan hamda muayyan midordagi oylik ish haqi to‘langan holda, mazkur xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan;
yuridik shaxslar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol va boshqalar) bo‘yicha o‘rnatiladigan qurilmalarni mol-mulk va er solig‘idan ozod etish orqali mazkur faoliyatni rag‘batlantirish hamda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashni engillashtirish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdan olinadigan daromadlarini nol` darajali foiz miqdoridagi stavkaga tushirish asosida eksport qiluvchi korxonalar mahsulotlari (xizmatlari) raqobatbardoshligini kuchaytirish va ularning tashqi bozorlarda faol ishtirokini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini “yuqori”, “o‘rta”, “qoniqarli” va “quyi” barqarorlik reytingi toifalariga ajratilishini ko‘zda tutuvchi “barqarorlik reytingi” indikatorlarini hisobga olish asosida soliq imtiyozlari berish jarayonini yanada tizimli va maqsadli tashkil etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari berishning samaradorligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlangan hamda muayyan midordagi oylik ish haqi to‘langan holda, mazkur xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1014-sonli Qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi 27/2-05912-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish va iqtisodiy imkoniyatlardan keng ommani foydalanishini rag‘batlantirishga qaratilgan;
yuridik shaxslar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol va boshqalar) bo‘yicha o‘rnatiladigan qurilmalarni mol-mulk va er solig‘idan ozod etish orqali mazkur faoliyatni rag‘batlantirish hamda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashni engillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi 27/2-05912–sonli dalolatnomasi). Buning natijasida mazkur imtiyoz hisobiga aholi va tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 53,4 mlrd.so‘m mablag‘ qoldirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdan olinadigan daromadlarini nol` darajali foiz miqdoridagi stavkaga tushirish asosida eksport qiluvchi korxonalar mahsulotlari (xizmatlari) raqobatbardoshligini kuchaytirish va ularning tashqi bozorlarda faol ishtirokini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 6 yanvardagi 21-01073–sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif bir tomondan, eksport salohiyatini yuksaltirishi, ikkinchi tomondan esa ichki iqtisodiy sharoitda tarmoqlararo kooperatsiyani rag‘batlantirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini “yuqori”, “o‘rta”, “qoniqarli” va “quyi” barqarorlik reytingi toifalariga ajratilishini ko‘zda tutuvchi “barqarorlik reytingi” indikatorlarini hisobga olish asosida soliq imtiyozlari berish jarayonini yanada tizimli va maqsadli tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi 27/2-05912–sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif natijasida imtiyozlar ayni paytda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan va davlat byudjetini barqarorlashtiradigan korxonalarga yo‘naltirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish