Abduraxmanova Muqaddas Toxtasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Kasimov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Matluba Nematovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transport tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti sohasida ta’sir etuvchi iqtisodiy va tashkiliy omillarning ta’sir darajasini aniqlash hamda sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi indikatorlar tizimining me’yoriy va chegaraviy qiymatlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichlar va integral baholash uslubi asosida belgilash orqali temir yo‘l transportida tashuv xizmatlari tannarxini pasaytirish chegarasi (Cht/x ≤ 20%) asoslangan; 
temir yo‘l transportida ekologik-iqtisodiy xavfsizlik darajasi integral indeks indikatorlari, ularning vaznlari va ballarini hisobga olgan holda “juda xavfli holat” (0-30), “xavfli holat” 
(31-50), “barqaror holat” (51-70), “eko-iqtisodiy xavfsizlik ta’minlangan holat” (71-90), “ESG talablariga to‘liq mos holat” (91-100) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportini davlat tomonidan tartibga solishning me’yoriy-huquqiy, moliyaviy va davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishlari bo‘yicha uyg‘unlashtirilgan integratsiyalashgan mexanizmini takomillashtirish orqali davlat-xususiy sheriklikda xususiy investisiya (Uxi > 30%) hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (UQTE ≤ 20%)ning ulushlari miqdoriy qiymatlari asoslangan;
“Yashil temir yo‘l klasterlari”ni shakllantirishning o‘nta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan modeli ESG va “Green KPI” tizimlari orqali tarmoqda energiya tejamkorlik darajasi 25% gacha oshirish, uglerod chiqindilarini 30-35% gacha kamaytirishni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti sohasida ta’sir etuvchi iqtisodiy va tashkiliy omillarning ta’sir darajasini aniqlash hamda sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi indikatorlar tizimining me’yoriy va chegaraviy qiymatlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichlar va integral baholash uslubi asosida belgilash orqali temir yo‘l transportida tashuv xizmatlari tannarxini pasaytirish chegarasi (Cht/x ≤ 20%) ni belgilash bo‘yicha taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 30-maydagi 03/2119-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali sohada kuzatilayotgan muammolar va salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlashga hamda ularni bartaraf etish uchun maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini yaratgan;
temir yo‘l transportida ekologik-iqtisodiy xavfsizlik darajasi integral indeks indikatorlari, ularning vaznlari va ballarini hisobga olgan holda “juda xavfli holat” (0-30), “xavfli holat” (31-50), “barqaror holat” (51-70), “eko-iqtisodiy xavfsizlik ta’minlangan holat” (71-90), “ESG talablariga to‘liq mos holat” (91-100) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 30-maydagi 03/2119-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transporti ekologik-iqtisodiy xavfsizlik darajasining integral indeksi 30,8 ga tengligi aniqlangan;
temir yo‘l transportini davlat tomonidan tartibga solishning me’yoriy-huquqiy, moliyaviy va davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishlari bo‘yicha uyg‘unlashtirilgan integratsiyalashgan mexanizmini takomillashtirish orqali davlat-xususiy sheriklikda xususiy investisiya (Uxi > 30%) hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (UQTE ≤ 20%)ning ulushlari miqdoriy qiymatlari asoslash bo‘yicha taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 30-maydagi 03/2119-25-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmning amaliyotga joriy etilishi natijasida kutilayotgan xavflarni oldini olish va uning ta’sirchanligini 10-15 foizga kamaytirish imkoni yartilgan;
“Yashil temir yo‘l klasterlari”ni shakllantirishning o‘nta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan modeli ESG va “Green KPI” tizimlari orqali tarmoqda energiya tejamkorlik darajasi 25% gacha oshirish, uglerod chiqindilarini 30-35% gacha kamaytirishni ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 30-maydagi 03/2119-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport sohasida xalqaro talablarga moslashish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ESG prinsiplarini joriy qilish orqali modelning umumiy samaradorligi 35,5% ga oshishi mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish