Rahmatullaev Jasurbek Negmatullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshkaning (Solanum tuberosum L.) germoplazmalaridan foydalangan holda ultra ertapishar navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1518.
Ilmiy rahbar: Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: kartoshkaning (Solanum tuberosum L.) “Toshkent ertagisi” navi (NAP 20200057).
II. Tadqiqotning maqsadi Kartoshkaning jahon genofondi namunalarini kompleks o‘rganish asosida, respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos ertapishar, tuganagining tovarboplik va hosildorlik xususiyatlari yuqori navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kartoshkaning 25 ta nav namunalarining morfobiologik va xo‘jalik belgilari bo‘yicha kompleks o‘rganish va olingan natijalar tahlil asosida ma’lumotlar axborot bazasi yaratilgan;
geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan kartoshka kolleksion namunalaridan ertapishar, hosildor, ayrim tashqi muhit omillariga bardoshli boshlang‘ich manbalar ajratib olingan; 
kartoshkaning ajratib olingan nav namunalaridan analitik seleksiya asosida respublikaning turli iqlim sharoitiga mos, ertapishar, serhosil “Toshkent ertagisi” navi yaratilgan;
yangi yaratilgan kartoshkaning “Toshkent ertagisi” navining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilingan holda navdorligi yuqori birlamchi urug‘liklari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kartoshkaning (Solanum tuberosum L.) germoplazmalaridan foydalangan holda ultra ertapishar navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Analitik seleksiya usulida yaratilgan va Intellektual mulk agentligi tomonidan 2022 yil 30 noyabrda NAP20200057 raqamli patentlangan kartoshkaning  yangi “Toshkent ertagisi” navi Samarqand viloyatida 1,9 ga va Andijon viloyatida 6,8 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-03-129-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika miqyosida sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida kartoshkaning ertapishar va hosildor “Toshkent ertagisi” navini etishtirishga erishilgan;
Kartoshkaning yangi “Toshkent ertagisi” navi 2024 yilda Samarqand viloyati, Toyloq tumanidagi “Mattitosh Aslam” fermer xo‘jaligida 0,3 gektar, “Turob bobo” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar, “Fotima-Zuxra Asilbek” fermer xo‘jaligida 0,35 gektar, “Semrug‘ Raxnamo” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, “Zarafshon” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, jami 1,9 gektar maydonga fevral oyining uchinchi dekadasida 70x25 sm sxemada ekish bilan joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-03-129-son ma’lumotnomasi). Natijada har gektar maydondan o‘rtacha 26-28 tonna hosil olishga erishilgan;
Andijon viloyati, Andijon tumanida kartoshkaning yangi “Toshkent ertagisi” navi “Ekolklin And” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, “Urug‘chi” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, “Mirza urug‘chi elita” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Davr” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar, Jalaquduq tumani “Azizbek” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar, “Qobiljoning ko‘rkam dalasi” fermer xo‘jaligida 0,7 gektar, “Chashma fayz baraka erlari” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, Qo‘rg‘ontepa tumani “Taraqqiyot yuksak maqsadi” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, “Mohira durdonasi fermer xo‘jaligida 0,7 gektar, “Taraqqiyot” fermer xo‘jaligida 0,7 gektar, jami 6,8 gektar maydonga mart oyining birinchi dekadasida 70-25 sm sxemada ekish asosida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-03-129-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon viloyati fermer xo‘jaliklari tomonidan gektaridan o‘rtacha  hisobda 26-28 tonna hosil olishga erishilgan;
“Toshkent ertagisi” navidan yuqorida ko‘rsatilgan sxemada va muddatda ekib, undan yuqori hosil olish mumkinligi ilmiy asoslab berilgan va Samarqand va Andijon viloyatlari fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-03-129-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur navni fermer xo‘jaliklarida ekishdan 22,4-25,6 mln so‘m sof daromad olishga, boshqa xorij kartoshka nav namunalariga nisbatan o‘rtacha hosildorlik 24% gacha yuqori bo‘lgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                