Ospanov Asemxan Kadirxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Po‘lati rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining nasl va mahsuldorlik xususiyatlari”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx877
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boymatov Otabek Saboxiddin o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Po‘lati rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining nasldorlik va mahsuldorlik salohiyatini oshirish hamda maqsadga muvoffiq rang-baranglikdagi qo‘zilar olish salmog‘ini ko‘paytirish yo‘llarini aniqlash tadqiqot maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qoraqalpoq zot tipiga mansub po‘lati sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining nasl va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari kompleks ravishda o‘rganilib, ularning namoyon bo‘lish darajalari aniqlangan;
po‘lati sur rang-baranglikdagi qo‘ylar avlodlarida ushbu rang-baranglikning namoyon bo‘lishini 73,7 foizgacha etkazish imkoniyatlari aniqlangan; 
po‘lati rang-baranglikdagi qo‘chqorlarda belgilarni naslga mustahkam o‘tkaza olishi hisobiga gomogen juftlashdan olingan avlodlarda sur rangining a’lo darajada ifodalanishi 22,8% ga etishi aniqlangan; 
po‘lati rang-baranglikdagi qo‘chqorlarda gul ko‘rsatkichlarining naslga mustahkam berilishi hisobiga gomogen juftlashdan olingan avlodlarning 12,3% elita va 57,9% birinchi sinfga ega bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Po‘lati rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
po‘lati rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining irsiyatini turli juftlash variantlari bo‘yicha baholash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Chori surchi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 28-dekabrdagi 33/01-05-1138-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lati rang-baranglikdagi qo‘ylarni gomogen juftlashdan olingan avlodlarda rang-baranglikning irsiylanishi 73,7% ni, sur rangining a’lo ifodalanishi 22,8% ni, elita sinfiga mansub qo‘zilar 12,3% ni va 57,9% birinshi sinfga ega bo‘lishi aniqlanib, 1 dona qorako‘l terisini sotishdan olingan daromod 19,2 ming so‘mga ko‘payib, rentabellik darajasi 8,4 foizga oshgan.
po‘lati rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining qorako‘l teri xususiyatlarini va nasl salohiyatini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Qorako‘lchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi”da joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 28-dekabrdagi 33/01-05-1138-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lati rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarini gomogen juftlashdan olingan avlodlarda elita sinfiga mansub qo‘zilar 11,6% ni va 58,2% birinchi sinfga ega bo‘lishi aniqlanib, 1 dona qorako‘l teri etishtirishdan olingan sof foyda 18,5 ming so‘mga, rentabellik darajasi esa rang-baranglik kesimida 8,0 foizga oshgan.
po‘lati sur rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining biologik, nasl va mahsuldorlik salohiyatini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Amirobod suri” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 28-dekabrdagi 33/01-05-1138-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lati sur qorako‘l qo‘ylaridan 1 dona qorako‘l teri etishtirishdan olingan sof foyda 18,0 ming so‘mga, rentabellik darajasi esa rang-baranglik kesimida 7,8 foizga oshgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                