Astankulov Azamat Farxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq zot tipiga mansub qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarning bio-mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirish”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1158
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Soatov Utkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xatamov Asror Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tipiga mansub qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlash asosida ushbu rangbaranglikdagi qo‘zilar olish salmog‘ini ko‘paytirish usullarini ilmiy jihatdan asoslash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor turli variatsiyalardagi qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘zilarning konstitutsiya tipi, mustahkam tipga ega qizil qamar qo‘zilar, ochiq qamarga nisbatan 5,8 % ga va qora qamarga nisbatan 12 % ga yuqori bo‘lishi aniqlandi va konstitutsiya tiplarining shakllanishi qamar rangbaranglikdagi qo‘zilarning teri sifatiga bog‘liqligi aniqlangan;
turli variatsiyadagi qamar rangbaranglikdagi qo‘ylarning tirik vazn ko‘rsatkichlari yangi tug‘ilgan davrda qora qamar birmuncha yirikroq bo‘lib, ochiq qamarga nisbatan 0,15 kg. ga va qizil qamarga nisbatan 0,25 kg. ga ustunlik qilib farqlangan bo‘lsada yosh dinamikasida dag‘al konstitutsiyali hayvonlar salmog‘i yuqori bo‘lishi hisobiga 18 oylikda ko‘rsatkichlar tenglashishi aniqlangan;
Qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarning jun mahsuldorligi ularning qirqim muddatiga bog‘liq bo‘lib, bahorgi jun mahsuldorligi kuzgi jun mahsuldorligidan yuqori bo‘lib, ochiq qamarda 191,2, qizil qamarda 183,7 va qora qamarda 178,1 grammga ustunlik qilganligi aniqlangan;
qizil qamar variatsiyalaridagi qo‘zilar terisida rangbaranglikning ifodalanishi, yaltiroqligi va bir tekislilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi sababli boshqa variatsiyalarga nisbatan iqtisodiy jihatdan 20,0-40,0% samarali bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida qamar rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qoraqalpoq sur qamar qorako‘l qo‘ylarining “qo‘zi ayirish” davridan boshlab yaylov sharoitida yosh qo‘zilarni semirtirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan “Nurtilek qaraozek” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi № 33/01-05-11 son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq sur qamar qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, seleksiyalash imkoniyatlarini oshirish usullarini qo‘llash natijalariga ko‘ra, asosan qamar variatsiyalari kesimida go‘sht ishlab chiqarish rentabellik darajasi qizil qamarda 69,9 %, ochiq qamarda esa 62,9 % va qora qamarda bo‘lsa, 56,9 % ni tashkil qilgan.
qamar sur terilar miqdorini oshirish va ulardan naslchilik ishlarida samarali foydalanish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «QR Qorako‘l uyushmasi qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyasi»da joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi № 33/01-05-11 son ma’lumotnomasi). Natijada qorako‘l sur qamar qo‘ylarining bio-mahsuldorlik xususiyatlarini majmuaviy tadqiqot qilish borasidagi olingan natijalar sur qamar terilarining rentabellik darajasi qizil qamarda 73,3 %, ochiq qamarda 53,3 % ni va qora qama esa, 33,3 %-ni tashkil qilgan.
qimmatli qizil qamar terilar miqdorini oshirish va ulardan samarali usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqala tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan “Shori surchi” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi №33/01-05-11 son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq sur qamar qorako‘l qo‘ylarining “qo‘zi ayirish” davridan boshlab yaylov sharoitida yosh qo‘zilarni semirtirish tajribalari joriy qilinib, natijada xo‘jalik iqtisodiy jihatdan 6-7 % ga oshishiga erishilgan.