Vaxobova Nigina Anorbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 fonida rivojlangan markaziy asab tizimi zararlanishida neyromediator tizimlari faoliyati buzilishining ahamiyati», 03.00.01 – Biokimyo, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1846.
Ilmiy rahbarlar: Inoyatova Firuza Xidoyatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmatullaeva Gulnora Qutpitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xaybulina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan bog‘liq markaziy asab tizimining zararlanishida neyromediator tizimlari faoliyati buzilishining xususiyatlarini aniqlash, hamda postkovid sindromining klinik-nevrologik belgilari bilan neyroimmunologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan insonlarda neyrospesifik oqsillar (NF-200, GFAP, S100β, MBP, VGCC)ga qarshi IgG sinfiga mansub neyrotrop autoantitanachalar profilidagi o‘zgarishlar faol neyrodegenerativ jarayonni erta tashxislash, postkovid nevrologik buzilishlarning tiklanish darajasini prognozlash va neyrotrop terapiyani tanlashda ahamiyatli ekanligi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan insonlarda atsetilxolin reseptorlari, glutamat reseptorlari, dofamin reseptorlari, serotonin reseptorlari, GAMK reseptorlari, opiat μ-reseptorlari va β-endorfinga qarshi IgG sinfiga mansub neyrotrop autoantitanachalar profilidagi o‘zgarishlar neyromediator tizimlarni disfunksiyasini aniqlash va neyromediatorlar disbalansining xususiyatlarini hisobga olgan holda individual davolash taktikasini tanlashda ahamiyatli ekanligi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan insonlarda kognitiv buzilishlar va anti-NF200 autoantitanachalarning qon zardobidagi miqdorining anomal o‘zgarishi, shuningdek, patologik charchoq va GAMK reseptorlariga nisbatan autoantitanachalarning qon zardobidagi miqdorining anomal o‘zgarishi o‘rtasida sezilarli musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
koronavirus infeksiyasining kechki nevrologik asoratlarini erta tashxislashda neyrotrop autoantitanachalar profilini tekshirish usulining yuqori sezgirligi (86%) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan bog‘liq markaziy asab tizimining zararlanishida neyromediator tizimlari faoliyati buzilishining xususiyatlarini aniqlash, hamda postkovid sindromining klinik-nevrologik belgilari bilan neyroimmunologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan insonlarda neyrospesifik oqsillar (NF-200, GFAP, S100v, MBP, VGCC)ga qarshi IgG sinfiga mansub neyrotrop autoantitanachalar profilidagi o‘zgarishlar faol neyrodegenerativ jarayonni erta tashxislash, postkovid nevrologik buzilishlarning tiklanish darajasini prognozlash va neyrotrop terapiyani tanlashda ahamiyatli ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan 2022 yil 21 noyabrda 8n-r/1305-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan assotsirlangan markaziy asab tizimi zararlanishini klinik-laborator tashxislash» va 2022 yil 24 noyabrda 8n-r/1373-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasining kechki nevrologik asoratlarini neyrotrop autoantitanachalar yordamida prognozlash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.  Mazkur taklif Toshkent viloyati Chirchiq shahar 1-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 14.10.2023 yildagi 6-son, Toshkent viloyati Chirchiq shahar 2-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 03.01.2024 yildagi 11-son hamda Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.06.2024 yildagi 7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari COVID-19 o‘tkazgan insonlarda kechki nevrologik asoratlar rivojlanishini erta tashxislash va prognozlash, shuningdek, neyrodegenerativ jarayonning xususiyatini hisobga olgan holda davolashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan. Bunday yondashuv COVID-19 o‘tkazgan insonlarning kognitiv salohiyatini saqlab qolish, ruhiy-emotsional holatini yaxshilash, aqliy mehnat samaradorligini oshirishga yordam beradi, hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 312500 so‘m byudjet mablag‘lari postkovid sindromli bemorlarda har bir alohida holatda faol neyrodegenerativ jarayonning mavjudligi faktini aniqlagan holda neyrotrop terapiyani asoslash orqali nisbatan og‘irroq asoratlar rivojlanishining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan insonlarda atsetilxolin reseptorlari, glutamat reseptorlari, dofamin reseptorlari, serotonin reseptorlari, GAMK reseptorlari, opiat m-reseptorlari va v-endorfinga qarshi IgG sinfiga mansub neyrotrop autoantitanachalar profilidagi o‘zgarishlar neyromediator tizimlarni disfunksiyasini aniqlash va neyromediatorlar disbalansining xususiyatlarini hisobga olgan holda individual davolash taktikasini tanlashda ahamiyatli ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan 2022 yil 21 noyabrda 8n-r/1305-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan assotsirlangan markaziy asab tizimi zararlanishini klinik-laborator tashxislash» va 2022 yil 24 noyabrda 8n-r/1373-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasining kechki nevrologik asoratlarini neyrotrop autoantitanachalar yordamida prognozlash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Chirchiq shahar 1-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 14.10.2023 yildagi 6-son, Toshkent viloyati Chirchiq shahar 2-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 03.01.2024 yildagi 11-son hamda Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.06.2024 yildagi 7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari COVID-19 o‘tkazgan insonlarda kechki nevrologik asoratlar rivojlanishini erta tashxislash va prognozlash, shuningdek, neyromediator tizimlari disbalansi xususiyatini hisobga olgan holda davolashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan. Bunday yondashuv COVID-19 o‘tkazgan insonlarning kognitiv salohiyatini saqlab qolish, ruhiy-emotsional holatini yaxshilash, aqliy mehnat samaradorligini oshirishga yordam beradi, hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 312500 so‘m byudjet mablag‘lari postkovid sindromli bemorlarda neyromediatorlar disbalansining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda preventiv davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash orqali yanada og‘irroq asoratlar rivojlanishining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish