Kubaev Ulug‘Bek Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning virtual ta’lim muhitda 3D modellarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Ped 8761.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmurzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazmetova Shoira Avazmetovna, pedagogika fanlari fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning virtual ta’lim muhitida 3D modellar yaratish kompetentligini dasturiy ta’minot asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual ta’lim muhitida 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari Web-kvest, interaktiv simulyasiya va virtual reallik (VR) usullaridan foydalanishda sun’iy intellekt vositasida talabalarning ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni raqamli ta’lim platformasiga transformatsiyalash asosida aniqlangan;
talabalarga 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini oshirish metodikasi Blender, 3D Max Studio, SketchUp dasturiy ta’minotlardan foydalanish, simulyasiya, dinamik modellashtirish va virtual muhitda real vaqtda render qilish imkoniyatlarini integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda virtual dars materiallarini hamkorlikda ishlash va teskari aloqa o‘rnatish asosida takomillashtirilgan;
talabalar uchun 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modeli virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) platformalarining integrativ va texnologik talablariga mobil modellashtirish hamda talabalarda mediasavodxonlik va virtual muhitda ishlash ko‘nikmalarini yorug‘lik va renderlash manbalarini tanlash asosida takomillashtirilgan;
3D modellashtirishni yaratish metodikasi samaradorligi virtual reallik va kengaytirilgan reallik muhitida simulatsiya texnologiyalarini talabalarning axborot va texnologik kompetentligini oshirish, joriy etish hamda virtual muhitda loyihalash jarayonlarining ichki integratsiyasi va real vaqtda hamkorlik qilish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
virtual ta’lim muhitida 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari Web-kvest, interaktiv simulyasiya va virtual reallik (VR) usullaridan foydalanishda sun’iy intellekt vositasida talabalarning ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni raqamli ta’lim platformasiga transformatsiyalash asosida aniqlashga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raqamli ma’lumotnomasi).Natijada virtual ta’lim muhitida 3D modellarni yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan.
talabalarga 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini oshirish metodikasi Blender, 3D Max Studio, SketchUp dasturiy ta’minotlardan foydalanish, simulyasiya, dinamik modellashtirish va virtual muhitda real vaqtda render qilish imkoniyatlarini integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda virtual dars materiallarini hamkorlikda ishlash va teskari aloqa o‘rnatish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raiamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning virtual ta’lim muhitida 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan.
talabalar uchun 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modeli virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) platformalarining integrativ va texnologik talablariga mobil modellashtirish hamda talabalarda mediasavodxonlik va virtual muhitda ishlash ko‘nikmalarini yorug‘lik va renderlash manbalarini tanlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning o‘qitish dasturiy ta’minotini rivojlantirish metodikasi mazmuni boyitilgan.
3D modellashtirishni yaratish metodikasi samaradorligi virtual reallik va kengaytirilgan reallik muhitida simulyasiya texnologiyalarini talabalarning axborot va texnologik kompetentligini oshirish, joriy etish hamda virtual muhitda loyihalash jarayonlarining ichki integratsiyasi va real vaqtda hamkorlik qilish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada virtual ta’lim muhitida 3D modellar yaratish kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.