Djo‘raev Jamolbek Abduqaxxorovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokarditli bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini davolashni optimallashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib334.

Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfiddin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Guseynov Nazim Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon).

Yetakchi tashkilot: Marmara universiteti (Turkiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining miokarditni kechishiga ta’sirini aniqlash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

ilk bor burun va burun yondosh bo‘shliqlari yallig‘lanish kasalliklarida qonda yuzaga keladigan gipoksiya natijasida miokardit kechishini og‘irlashtirishi isbotlangan;

burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarida miokarditning o‘choqli va diffuz shakllari fonida burun bitishi natijasida qondagi gaz almashinuvi buzilishining og‘irlik darajasi aniqlangan;

burun va burun yondosh bo‘shliqlari yallig‘lanish kasalliklari kechishini aniqlash maqsadida miokardit bilan kasallangan bemorlarda burun bo‘shlig‘i endoskopiyasi, rinopnevmotaxometriya, mukotsiliar klirens holati, qondagi KFK-MV, LDG-1,2, rO2, rSO2larning o‘zaro bog‘liqligi va klinik ahamiyati isbotlangan;

burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining takrorlanishida miokardit fonida burun to‘sig‘i qiyshiqligi, concha bullosa, pastki va o‘rta burun chig‘anoqlari gipertrofiyalari mavjudligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini tashxislashni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 8n-r/199-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini erta tashxislash, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va nogironlikning oldini olish imkonini bergan;

«Miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini kompleks davolashni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 8n-r/200). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini davolash va oldini olish qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini bergan;

Miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini tashxislash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 7-son shifoxonasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-son klinikasi LOR bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-z/148-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi miokardit bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini davolash samaradorligini oshirishga, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, miokarditli bemorlarning hayot sifatini 25%ga yaxshilash, ijobiy terapevtik samaraga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish