Asqarova Dilafruz Ibroximovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.08-Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6873.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Shirbacheeva Gulchehra Shakirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Azimova Musharraf Utkirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tafakkur tezkorligi, noaniqlikka toqat qilish, moslashuvchanlik, yangi g‘oyalarni yaratish, tashabbuskorlik, zakovatli bo‘lish sifatlari umumiy elementlarini yaxshilash hamda kreativ loyihalarni tayyorlash va noodatiy tarzda bayon etish asosida aniqlashtirilgan;
 Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirish modeli o‘zini anglashda umuminsoniy, madaniy-ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash, tafakkur va tasavvur olamining kengligini his eta olish faolligi hamda g‘oyalar barqarorligini ta’limiy maqsadlarga bosqichma-bosqich moslashtirish, tizimli muammoli, kompetensiyaviy yondashuvlarni didaktik tamoyillarga kolobrativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirish metodikasi intellektual faoliyatga qiziqishni oshirish, o‘z-o‘zini faollashtirishga mos pedagogik muhitning ta’sirchanligini oshirish hamda kasbiy ijodkorlikni bosqichma-bosqich amalga oshirishning skarebey, virtual haqiqat, loyiha asosida o‘qitish, keys-stadi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarni ratsional qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi Gilford taksonomiyasiga asoslangan loyihaviy, muammoli va innovatsion faollikni ta’minlash, muammoli vazifalar echimini nostandart aniqlash va yangi g‘oyalarni milliy qadriyatlarga izchil moslashtirish hamda baholash mezonlariga ko‘ra bilimlarini o‘zlashtirishning darajalariga mos vektorli o‘sishini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda kreativlikni rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tafakkur tezkorligi, noaniqlikka toqat qilish, moslashuvchanlik, yangi g‘oyalarni yaratish, tashabbuskorlik, zakovatli bo‘lish sifatlari umumiy elementlarini yaxshilash hamda kreativ loyihalarni tayyorlash va noodatiy tarzda bayon etish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetning 2025-yil 24-martdagi 11-05-1786/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilar kreativligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish va umumlashtirish asosida bo‘lajak tarbiyachilarda innovatsion kreativlikni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlarini tahlil qilish imkoni oshirilgan; 
Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirish modeli o‘zini anglashda umuminsoniy, madaniy-ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash, tafakkur va tasavvur olamining kengligini his eta olish faolligi hamda g‘oyalar barqarorligini ta’limiy maqsadlarga bosqichma-bosqich moslashtirish, tizimli muammoli, kompetensiyaviy yondashuvlarni didaktik tamoyillarga kolobrativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyachilar uchun multimediali dars ishlanmalar majmuasi yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 24 martda 11-05-1786\04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasini tashxis etish imkoniyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirish metodikasi intellektual faoliyatga qiziqishni oshirish, o‘z-o‘zini faollashtirishga mos pedagogik muhitning ta’sirchanligini oshirish hamda kasbiy ijodkorlikni bosqichma-bosqich amalga oshirishning skarebey, virtual haqiqat, loyiha asosida o‘qitish, keys-stadi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarni ratsional qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetning 2025-yil 24-martdagi 11-05-1786/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning kreativligini rivojlantirishga erishilgan;
Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kreativ kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi Gilford taksonomiyasiga asoslangan loyihaviy, muammoli va innovatsion faollikni ta’minlash, muammoli vazifalar echimini nostandart aniqlash va yangi g‘oyalarni milliy qadriyatlarga izchil moslashtirish hamda baholash mezonlariga ko‘ra bilimlarini o‘zlashtirishning darajalariga mos vektorli o‘sishini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar  “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan Toshkent davlat pedagogika universitetning 2025-yil 24-martdagi 11-05-1786/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ rivojlantirishga yo‘naltirilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish