Muxiyatdinova Aynura Muratdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8463.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshpulatova Mamura Ismoilovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kamolov Azamat Farhodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari LMS, JavaScript, HTML, CCS3 interaktiv platformalar vositasida media-analiz, sunʼiy intellekt talablaridan samarali foydalanish natijadorligini oshirish hamda avtomatik baholov tizimlari, raqamli kompetensiyalar va tanqidiy tafakkur elementlarini yaxlit uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti mazmuni Blended Learning texnologiyasi imkoniyatlarini axborot manbalarini tahlil qilish, “Flipped Learning” metodi, “Rotation” metodi, Media “ACTP”, “Flex” metodlarining integrativ elementlarini manzilli uyg‘unlashtirish hamda alternativ ta’lim metodlaridan foydalanishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish modeli talabalarning mediasavodxonligini oshirish darajasini aniqlash, diagnostik baholash tizimini intensivlashtirish hamda talabalarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar va sifat ko‘rsatkichlarini motivatsion, amaliy, refleksiv-baholash mezonlariga ko‘ra statistik tasniflash asosida takomillashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish samaradorligi tanqidiy fikrlash qobiliyatini, axborotga bo‘lgan ijtimoiy mas’uliyatni, mediaetika va tolerantlik tamoyillarini shakllantirishga yo‘naltirish va didaktik ta’minot mazmunini ta’limiy-dasturiy resurslar yaratish intensivligini oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari LMS, JavaScript, HTML, CCS3 interaktiv platformalar vositasida media-analiz, sunʼiy intellekt talablaridan samarali foydalanish natijadorligini oshirish hamda avtomatik baholov tizimlari, raqamli kompetensiyalar va tanqidiy tafakkur elementlarini yaxlit uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 12.05.2025-yildagi 11-05-3009/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediasavodxonligini va amaliy malakalarni rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti mazmuni Blended Learning texnologiyasi imkoniyatlarini axborot manbalarini tahlil qilish, “Flipped Learning” metodi, “Rotation” metodi, Media “ACTP”, “Flex” metodlarining integrativ elementlarini manzilli uyg‘unlashtirish hamda alternativ ta’lim metodlaridan foydalanishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 12.05.2025-yildagi 11-05-3009/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot orqali bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
dasturiy ta’minot vositasida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish modeli talabalarning mediasavodxonligini oshirish darajasini aniqlash, diagnostik baholash tizimini intensivlashtirish hamda talabalarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar va sifat ko‘rsatkichlarini motivatsion, amaliy, refleksiv-baholash mezonlariga ko‘ra statistik tasniflash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 12.05.2025-yildagi 11-05-3009/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
raqamlashtirish sharoitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish samaradorligi tanqidiy fikrlash qobiliyatini, axborotga bo‘lgan ijtimoiy mas’uliyatni, mediaetika va tolerantlik tamoyillarini shakllantirishga yo‘naltirish va didaktik ta’minot mazmunini ta’limiy-dasturiy resurslar yaratish intensivligini oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 12.05.2025-yildagi 11-05-3009/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning infratuzilmasi kengaytirilgan.