Yo‘ldosheva Latofat Tolib qizining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt39372.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Norchaev Asatullo Norbo‘taevich i.f.d., professor Taniev Ahmadjon Bahromovich
Yetakchi tashkilot:    Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida 2,4 million nafar xorijiy turistlarni va 4,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida turizm sohasidagi mutaxassislarni xabardorligini oshirishga, ularning ko‘nikmalarini rivojlantirishga va milliy biznes kontent yaratishga yordam beruvchi “Turizm-biznes portalini” ishlab chiqish asosida “O‘zbekistonni tanitamiz - Rag‘batlantiruvchi sayohat” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan; 
turizm obektlari joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanishni, shuningdek, sohada ekologik talablar asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish maqsadida “Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovini o‘tkazish asosida “Smart turistik hududlar” milliy tarmog‘ini yaratish indikatorlar tizimi modelini joriy etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish hamda tashkil etilgan raqamli boshqaruv elementlarining ahamiyati va hozirgi rivojlanish holatini aniqlash maqsadida “Turistik obektlarda texnologik innovatsiyalardan foydalanish”, “Smart turistik manzilllar yaratish”, “Turizm sohasidagi investorlar va tadbirkorlar bilan hamkorligini rivojlantirish” indikatorlar ta’siri asosida “Importance-Performance” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududda turizm sohasini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida ichki va kiruvchi turistlar oqimining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Samarqand viloyatida 2,4 million nafar xorijiy turistlarni va 4,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida turizm sohasidagi mutaxassislarni xabardorligini oshirishga, ularning ko‘nikmalarini rivojlantirishga va milliy biznes kontent yaratishga yordam beruvchi “Turizm-biznes portalini” ishlab chiqish asosida “O‘zbekistonni tanitamiz - Rag‘batlantiruvchi sayohat” modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-iyuldagi 03-10-17-6188-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida 2,4 million nafar xorijiy turistlarni va 4,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish imkoniyati yaratilgan;
turizm obektlari joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanishni, shuningdek, sohada ekologik talablar asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish maqsadida “Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovini o‘tkazish asosida “Smart turistik hududlar” milliy tarmog‘ini yaratish indikatorlar tizimi modelini joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 24-iyuldagi 385-son “Turizm obektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi “Nazorat rejasiga” kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-iyuldagi               03-10-17-6188-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik hududlarda boshqaruv, infratuzilma va xizmatlar sifati raqamli texnologiyalar asosida muvofiqlashtirilib, aholi farovonligi va hududlararo turizm aloqalari sezilarli darajada oshishiga erishildi, shuningdek, sayyohlar qoniqish darajasini 10 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
hududlarda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish hamda tashkil etilgan raqamli boshqaruv elementlarining ahamiyati va hozirgi rivojlanish holatini aniqlash maqsadida “Turistik obektlarda texnologik innovatsiyalardan foydalanish”, “Smart turistik manzilllar yaratish”, “Turizm sohasidagi investorlar va tadbirkorlar bilan hamkorligini rivojlantirish” indikatorlar ta’siri asosida “Importance-Performance” modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 10-iyuldagi 03-10-17-6188-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy turizm sohasida raqamli boshqaruv elementlarini baholash asosida ustuvor yo‘nalishlar aniqlanib, rivojlantirishga doir konseptual takliflar ishlab chiqilgan hamda boshqaruv samaradorligini 15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
hududda turizm sohasini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida ichki va kiruvchi turistlar oqimining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Turizm qo‘mitasining “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 03-10-17-6188-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda mahalliy va kiruvchi turistlar sonining 30%ga oshishi dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish