Usmonov Ziyodulla Ulmas o‘g‘lining 
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inklyuziv bandlikni ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2863
Ilmiy rahbar: Mamaraximov Bekzod Erkinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mambedjanov Qaxramon Qurbondurdievich - iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hasanov Rustam Rabimovich - iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv bandlikni (ko‘zi ojiz shaxslar bandligini) ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “inklyuziv bandlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mehnat bozorida kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarining ish bilan ta’minlanishini rag‘batlantirish orqali iqtisodiy o‘sishda keng jamoat ishtirokini ta’minlash, iqtisodiy faollik darajasini oshirish hamda daromadlar taqsimotida tenglikka erishish imkonini beruvchi mehnat resurslaridan to‘liq va adolatli foydalanishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
nogironligi bo‘lgan shaxslarning qobiliyati va iste’dodlaridan foydalanishga oid inson kapitali nazariyasi, inklyuziv iqtisodiyot, imkoniyatlar tengligi nazariyasi va qobiliyatlar yondashuvi konsepsiyalariga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limdan keyingi davrdan boshlab barcha ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktablarida shaxsiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan sinflar tashkil etish taklifi asoslangan;
nogironligi mavjud shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga oid moliyaviy inklyuziya nazariyasi va ijtimoiy tadbirkorlik konsepsiyasiga  ko‘ra ko‘zi ojiz shaxslar o‘rtasida biznes savodxonligini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil etish hamda biznes boshlashlari uchun BHMning 100 baravariga teng foizsiz kreditlar ajratish orqali bandlik darajasini oshirish taklifi asoslangan; 
o‘rtacha yillik ishlovchilari soni 50 nafardan ortiq bo‘lgan xususiy biznes subektlari jami xodimlarining 30 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat tadbirkorlik faoliyatiga “inklyuziv biznes” maqomi berish hamda mazkur korxonalarga davlat xaridlari va imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali inklyuziv bandlikni oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “inklyuziv bandlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mehnat bozorida kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarining ish bilan ta’minlanishini rag‘batlantirish orqali iqtisodiy o‘sishda keng jamoat ishtirokini ta’minlash, iqtisodiy faollik darajasini oshirish hamda daromadlar taqsimotida tenglikka erishish imkonini beruvchi mehnat resurslaridan to‘liq va adolatli foydalanishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan nazariy yondashuvdan 310 000 - “Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi №302-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy oʻquv yurti talabalarida inklyuziv bandlik hamda mehnat bozorida uning tutgan o‘rni haqidagi tushunchalar yuzasidan kengroq nazariy-uslubiy bilim va koʻnikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan; 
nogironligi bo‘lgan shaxslarning qobiliyati va iste’dodlaridan foydalanishga oid inson kapitali nazariyasi, inklyuziv iqtisodiyot, imkoniyatlar tengligi nazariyasi va qobiliyatlar yondashuvi konsepsiyalariga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limdan keyingi davrdan boshlab barcha ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktablarida shaxsiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan sinflar tashkil etish taklifi asoslangan. Ko‘zi ojizlarni axborot texnologiyalarga va ularni qayta kasbga o‘qitishni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi taklif kelgusida amaliyotga tadbiq qilish uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi №04/31-3-1867-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur limiy yangilik raqamli iqtisodiyot natijasida yuzaga kelayotgan zamonaviy kasblarda ishlash uchun ko‘zi ojiz shaxslarga oldindan zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga imkon beradi;
nogironligi mavjud shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga oid moliyaviy inklyuziya nazariyasi va ijtimoiy tadbirkorlik konsepsiyasiga  ko‘ra ko‘zi ojiz shaxslar o‘rtasida biznes savodxonligini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil etish hamda biznes boshlashlari uchun BHMning 100 baravariga teng foizsiz kreditlar ajratish orqali bandlik darajasini oshirish taklifi asoslangan. Ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabr PF-158 sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmonining 1-ilova 23-bandida o‘z ifodasini topib, undagi maqsadlarni amalga oshirish uchun tadbiq etishga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi №04/31-3-1867-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi ko‘zi ojiz tadbirkorlar qatlami vujudga kelishi hamda ular inkluziv ish joylarini yaratishga o‘z hissasini qo ’shadi.
o‘rtacha yillik ishlovchilari soni 50 nafardan ortiq bo‘lgan xususiy biznes subektlari jami xodimlarining 30 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat tadbirkorlik faoliyatiga “inklyuziv biznes” maqomi berish hamda mazkur korxonalarga davlat xaridlari va imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali inklyuziv bandlikni oshirish hamda ko‘zi ojiz shaxslar qo‘l mehnatiga asoslangan kasblarga nisbatan yuqori talablarini hisobga olib, ularni kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shgan tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish uchun turli xil ko‘rik tanlovlarni tashkil etish lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabr PQ-330 sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi 3-qismi 1-bandini ishlab chiqish uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi №04/31-3-1867-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlik subektlari o‘rtasida inkluziv ish o‘rinlarini yaratishga bo‘lgan rag‘batlarni oshiradi va kasbga ega bo‘lgan ko‘zi ojiz qatlamni ishga bo‘lgan tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish