Tursunova Zarnigor Rustamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Integratsiyalashgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan biznes tuzilmalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.2.PhD/Iqt1383.
Ilmiy rahbari: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida integratsiyalashgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan biznes tuzilmalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta xom ashyosini qayta ishlashning turli bosqichlariga ixtisoslashgan korxonalarni boshqarishni funksional tuzilmadan mahsulot turiga va eksport hududlariga moslashtirish zarurligi asoslangan;
“UZTEX GROUP” klasteri korxonalarida ishlab chiqarish personali sonining o‘sishi ip - kalava hajmiga ijobiy, boshqaruv xodimlarining soni o‘sishi salbiy ta’sir ko‘rsatganligini hisobga olib, ushbu korxonalarda mehnat resurslarini qayta tarkiblashtirish tavsiya etilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisientlarini ko‘tarish uchun korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini muvozanatlashtirish tavsiya etilgan. 
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining 2030-yilgacha rivojlanishining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integratsiyalashgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan biznes tuzilmalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi paxta xom ashyosini qayta ishlashning turli bosqichlariga ixtisoslashgan korxonalarni boshqarishni funksional tuzilmadan mahsulot turiga va eksport hududlariga moslashtirish zarurligi bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar amaliyotiga joriy etish uchun qabul qilingan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 9-aprel 2025 yildagi №03/12-772   joriy etish ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida “UZTEX GROUP” klasteri tarkibidagi korxonalarda boshqaruv tuzilmalari ixchamlashib,  iqtisodiy samaraga ya’ni 452751989,8 so‘m iqtisod qilishga erishildi.
“UZTEX GROUP” klasteri korxonalarida ishlab chiqarish personali sonining o‘sishi ip – kalava hajmiga ijobiy, boshqaruv xodimlarining soni o‘sishi salbiy ta’sir ko‘rsatganligini hisobga olib, ushbu korxonalarda mehnat resurslarini qayta tarkiblashtirish tavsiya etilgan. Ushbu taklif qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 9-aprel 2025 yildagi №03/12-772  joriy etish ma’lumotnomasi).
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisientlarini ko‘tarish uchun korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini muvozanatlashtirish tavsiya etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 9-aprel 2025 yildagi №03/12-772  joriy etish ma’lumotnomasi). “UZTEX GROUP” klasteri tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisientlarini ko‘tarish uchun korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini muvozanatlashtirish tavsiya etilgan. Ushbu taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida ushbu klaster korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisienti 0,12 ga ko‘tarildi. 
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining 2030-yilgacha rivojlanishining prognoz ssenariylari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga joriy etildi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 9-aprel 2025 yildagi №03/12-772  joriy etish ma’lumotnomasi). Natijada uyushmaning 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish