Babaev Farrux Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini baholash va takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3469
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Zafar Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini baholash va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini o‘lchashning kompleks uslubiy yondashuvi soliq tushumlarini to‘plash darajasi, tadbirkorlar uchun ma’muriy yuklamalarning kamayishi, soliq organlari faoliyatining ochiqligi va raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi ko‘rsatkichlari vositasida sifat va natijaviylikni chuqur baholash imkonini ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan;
oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan, byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan, “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan kabi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beruvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining faoliyatini soliq tekshiruvi o‘tkazmasdan ixtiyoriy tugatish tartibini joriy qilish taklifi asoslangan;
kichik biznes sub’ektlariga tatbiq etilayotgan soddalashtirilgan soliq rejimining samaradorligini kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga soliq yukini maqbullashtirish orqali investisiya jozibadorligini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish darajasi orqali baholash taklif etilgan;
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlaridagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlariga oid shartlarga rioya qilinmagan holatlar bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish orqali soliq tizimi barqarorligini ta’minlash va barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini o‘lchashning kompleks uslubiy yondashuvi soliq tushumlarini to‘plash darajasi, tadbirkorlar uchun ma’muriy yuklamalarning kamayishi, soliq organlari faoliyatining ochiqligi va raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi ko‘rsatkichlari vositasida sifat va natijaviylikni chuqur baholash imkonini ta’minlash jihatidan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 17 apreldagi 08-45720–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida keng qamrovli indikatorlar tizimini joriy etish orqali, soliq ma’muriyatchiligi boshqaruvining tashkil etilishi, idoraviy hamkorlik sifati va natijaviyligi kabi faktorlarni chuqur baholash asoslantirilgan;
oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan, byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan, “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan kabi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beruvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining faoliyatini soliq tekshiruvi o‘tkazmasdan ixtiyoriy tugatish tartibini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19- martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-son Farmoni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 17 apreldagi 08-45720–sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan, byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan, “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan kabi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beruvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining faoliyatini soliq tekshiruvi o‘tkazmasdan ixtiyoriy tugatish tartibi joriy qilingan;
kichik biznes sub’ektlariga tatbiq etilayotgan soddalashtirilgan soliq rejimining samaradorligini kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga soliq yukini maqbullashtirish orqali investisiya jozibadorligini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish darajasi orqali baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-son Farmoni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 17 apreldagi 08-45720–sonli ma’lumotnomasi). Natija kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga soliq yukini maqbullashtirish orqali investisiya jozibadorligini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishga xizmat qilgan;
tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlaridagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlariga oid shartlarga rioya qilinmagan holatlar bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish orqali soliq tizimi barqarorligini ta’minlash va barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-229-son Farmoni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 17 apreldagi 08-45720–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida imtiyozlarni samarali nazorat qilish orqali soliq tizimi barqarorligini ta’minlash va barcha ishtirokchilar uchun barobar sharoitlar yaratish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish