Qarshiev Nodirbek Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Davlat korxonalarida moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimini takomillashtirish” 08.00.13- “Menejment” va 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosliklari boʻyicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.I.PhD/Iqt5243
Ilmiy rahbari: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Uktamov Xusniddin Faxriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat korxonalarida moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korporativ va makroiqtisodiy darajada moliyaviy resurslarni strategik va taktik boshqarishning mukammal instrumentlari majmuasi sifatida iqtisodiy subektning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks funksional jarayonlar orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarning dinamikasini ilmiy asoslangan mezonlar va KPI ko‘rsatkichlari orqali baholashga hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ma’lumotlar tahlili va risklarni modellashtirish asosida amalga oshirishga yo‘naltirilgan integrallashgan tizim jihatidan takomillashtirilgan;
davlat korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini hisobga olgan holda moliyaviy samaradorlikni baholash uchun KPI ko‘rsatkichlaridan iborat ierarxik model strategik (kapital rentabelligi, aktivlar aylanmasi), taktik (operatsion marja, xarajatlar koeffisienti) va ijtimoiy (ish o‘rinlari saqlanishi, soliq tushumlari, jamiyatga ta’sir) mezonlar toifasi kiritish asosida takomillashtirilgan;
davlat korxonalarida integrallashgan axborot tizimlari (ERP, CRM, BI)ni joriy etish asosida xarajatlar, resurslar va moliyaviy natijalar bo‘yicha real vaqt rejimida tahlil va monitoring imkoniyatlarini kengaytirish orqali operativ xarajatlarni qisqartirish (25% ≤ OXDK ≤ 30%) hamda qaror qabul qilish muddatini tezlashtirish (35% ≤ MTQ ≤ 40%) taklifi asoslangan; 
O‘zbekistonda davlat korxonalarida joriy aktivlar aylanuvchanligi va operatsion xarajatlarni iqtisod qilishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili asosida rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat korxonalari moliyaviy samaradorligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korporativ va makroiqtisodiy darajada moliyaviy resurslarni strategik va taktik boshqarishning mukammal instrumentlari majmuasi sifatida iqtisodiy subektning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks funksional jarayonlar orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarning dinamikasini ilmiy asoslangan mezonlar va KPI ko‘rsatkichlari orqali baholashga hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ma’lumotlar tahlili va risklarni modellashtirish asosida amalga oshirishga yo‘naltirilgan integrallashgan tizim jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy materiallardan oliy ta’limning 5230600-Moliya va moliyaviy texnologiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Portfel menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining  2024-yil 24-maydagi 150-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ma’lumotlar tahlili va risklarni modellashtirish asosida amalga oshirishga yo‘naltirilgan integrallashgan tizim jihatidan takomillashtirilgan moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
Davlat korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini hisobga olgan holda moliyaviy samaradorlikni baholashning KPI ko‘rsatkichlaridan iborat ierarxik modelini strategik (kapital rentabelligi, aktivlar aylanuvchanligi), taktik (operatsion marja, xarajatlar koeffisienti) va ijtimoiy (ish o‘rinlarini saqlab qolish, soliq tushumlari, jamiyatga ta’siri) mezonlar toifasini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida"gi O‘RQ-821-son Qonunining 39-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Byudjet va Iqtisodiy Masalalar Qo‘mitasi 2025-yil 27-iyun 04/2-11-30 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy samaradorlikni baholashning KPI tizimi ularning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan strategik rivojlanish rejalari asosida takomillashtirilgan kompleks baholash va samarali qarorlar qabul qilish, ijro organi faoliyati samaradorligini aniqlash hamda moliyaviy samaradorlikni baholashning miqdoriy mezonlariga xizmat qiladi. 
Davlat korxonalarida integrallashgan axborot tizimlari (ERP, CRM, BI)ni joriy etish asosida xarajatlar, resurslar va moliyaviy natijalar bo‘yicha real vaqt rejimida tahlil va monitoring imkoniyatlarini kengaytirish orqali operativ xarajatlarni qisqartirish (25% ≤ OXDK ≤ 30%) hamda qaror qabul qilish muddatini tezlashtirish (35% ≤ MTQ ≤ 40%) taklifi O‘zbekiston Respublikasining  2023-yil 9-martdagi  O‘RQ-821-son «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi Qonuni 41-moddasi (Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish)  5-xatboshida ko‘zda tutilgan vazifalarni samarali ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Byudjet va Iqtisodiy Masalalar Qo‘mitasi 2025-yil 27-iyun 04/2-11-30 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida aktivlar va passivlar operatsion moliyaviy menejmenti tizimi samaradorligini oshirish orqali davlat ishtirokidagi korxonalar biznes-rejalari ko‘rsatkichlari va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bajarilishi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘langanligi, mavjud qarzdorlik, mahalliylashtirish hamda investisiya loyihalari haqidagi axborotni, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotni to‘liq va ishonchli tizimlashtirish imkoni yaratilgan.       
O‘zbekistonda davlat korxonalarida joriy aktivlar aylanuvchanligi va operatsion xarajatlarni iqtisod qilishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili asosida rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirishning 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Byudjet va Iqtisodiy Masalalar Qo‘mitasi 2025-yil 27-iyun 04/2-11-30 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining daromadlari prognozini ishlab chiqishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish