Aslonov Azizbek Faxritdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda er resurslarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt1121
Ilmiy rahbar: Zaxidov Gafurdjan Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sabirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ahmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda er resurslarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “er resurslarini boshqarish mexanizmlari” tushunchasining mazmuni er bozorini shakllantirish, erga nisbatan mulkchilik huquqini mustahkamlash va erlarni baholash, taqsimlash, nazorat qilish kabi iqtisodiy jarayonlarni boshqarish orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi davlat, jamoat va xo‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy va institutsional vositalar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashda barcha turdagi er uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma berish taklifi asoslangan;
ausion savdolariga chiqariladigan er uchastkalarining boshlang‘ich narxini belgilashda er uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llashga o‘tish orqali er resurslarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda er resurslarini boshqarish mexanizmlari samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda er resurslarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “er resurslarini boshqarish mexanizmlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini er bozorini shakllantirish, erga nisbatan mulkchilik huquqini mustahkamlash va erlarni baholash, taqsimlash, nazorat qilish kabi iqtisodiy jarayonlarni boshqarish orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi davlat, jamoat va xo‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy va institutsional vositalar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 12-martdagi 98-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy va institutsional vositalar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan er resurslarini boshqarish mexanizmlari tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashda barcha turdagi er uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda jami su-mmaga nisbatan 20 foiz chegirma berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024yil 6-sentyabrdagi PF-135-sonli “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda er resurslarining investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2025-yil 27-fevraldagi 01/03-0128/AP-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida er resurslarini sotib olish qiymatini to‘lash jarayonlarini tezlashtirishni rag‘batlantirish va tartibga solish imkoni yaratilgan;
ausion savdolariga chiqariladigan er uchastkalarining boshlang‘ich narxini belgilashda er uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llashga o‘tish orqali er resurslarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentyabrdagi PF-135-sonli “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda er resurslarining investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2025-yil 27-fevraldagi 01/03-0128/AP-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ausion savdolariga chiqariladigan er uchastkalarining boshlang‘ich narxini belgilashning aniqlik darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda er resurslarini boshqarish mexanizmlari samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududlarida er resurslaridan samarali foydalanishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2025-yil 27-fevraldagi 01/03-0128/AP-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekistonda er resurslarini boshqarish mexanizmlari samaradorligini ta’minlash bilan bog‘liq jarayon va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.