Umarova Nargiza Xoldarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish materiallari sanoati korxonalari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2285.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSC.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Hasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari sanoati korxonalarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning moliyaviy xavfsizligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanish holati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari moliyaviy xavfsizligini baholash shkalasi «past» (12 ≤ Kmol.xavf < 24), «o‘rtacha» (24 ≤ Kmol.xavf < 36), «o‘rtachadan yuqori» (36 ≤ Kmol.xavf < 48), «yuqori» (48 ≤ Kmol.xavf ≤ 60) xavfsizlik darajalari diapazonini belgilash asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tashqi moliyaviy tahdidlardan erta ogohlantirish tizimini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda sanoat hamda qurilish tarmoqlarining inersion va innovasion ssenariylar asosidagi 2030-yilga qadar davrdagi rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoati korxonalarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning moliyaviy xavfsizligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanish holati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqobat razvedkasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 29-fevraldagi 45-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mikro darajadagi moliyaviy xavfsizlikka oid nazariy-uslubiy qarashlar chuqurlashtirilib, talabalarda korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlash omili nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “korxonaning moliyaviy xavfsizligi” tushunchasi bo‘yicha yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga imkon yaratgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari moliyaviy xavfsizligini baholash shkalasi «past» (12 ≤ Kmol.xavf < 24), «o‘rtacha» (24 ≤ Kmol.xavf < 36), «o‘rtachadan yuqori» (36 ≤ Kmol.xavf < 48), «yuqori» (48 ≤ Kmol.xavf ≤ 60) xavfsizlik darajalari diapazonini belgilash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 26-noyabrdagi 02/15-3582-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “KVARTS” AJda 2023-yilda korxonaning moliyaviy xavfsizlik darajasi “o‘rtachadan past” holatidan “o‘rtacha” holatga olib chiqishga erishilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari moliyaviy xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tashqi moliyaviy tahdidlardan erta ogohlantirish tizimini joriy etish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar moliyaviy xavfsizligini ta’minlash amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 26-noyabrdagi 02/15-3582-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “KVARTS” AJda 2023-yilda uzoq muddatli bank kreditlari 2022-yilga nisbatan 31,3 foizga kamaygan;
O‘zbekistonda sanoat hamda qurilish tarmoqlarining inersion va innovasion ssenariylar asosidagi 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 26-noyabrdagi 02/15-3582-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “KVARTS” AJ hamda “Bekobodsement” AJlarining rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.