Matsalaeva Gozzal Zaripbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qasim Avezov-Qoraqalpog‘istonning davlat arbobi»,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1230.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Qoshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Sanjar Davletov, tarix fanlari doktori, professor; Baxram Utemuratov, tarix fanlari nomzodi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston davlat arbobi, yozuvchi, dramaturg Qosim Avezovning umri, siyosiy, iqtisodiy, madaniy xayotidagi faoliyati, xalqimiz rivojiga qo‘shgan hissasini bayon etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qosim Avezov xayoti va faoliyati xotiralar va arxiv xujjatlari asosida batafsil yoritilishi natijasida Qoraqalpog‘iston xududidagi 1916-1920 yillardagi siyosiy-tarixiy vokealarga Qosim Avezovning faol ishtirok etganligi aniqlandi;
O‘rta Osiyodagi milliy-xududiy chegaralashning amalga oshirilishi natijasida Qoraqalpoq avtonom viloyati tashkil topishi jarayonida Qosim Avezov faol ishtirok etib, uning viloyat Ijroiy ko‘mitasi rahbari sifatida yangi qoraqalpoq muxtariyatiga tegishli ulushni olishda xissasi ochib berilgan; 
Arxiv xujjatlari va tarixshunoslik materiallar asosida Qosim Avezovning Qozog‘iston va Rossiya Federatsiya hukumatlarida ishlagan paytida Qoraqalpog‘istonning rivojiga tulaqonli xissasi, iqtisodiy-madaniy aloqalarni o‘rnatishi, kadrlar tayyorlashi bo‘yicha faoliyati namoiysh etilgan;
1930-yillari Qosim Avezovning ulkani boshqarish rahbarlik qobiliyati va fidoyiligi natijasida iqtisodiy va ma’naviy-madaniy rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayoni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi:  Qosim Avezov umri va faoliyati bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar va nashr etilgan “Qasim Awezov – Qaraqalpaqstan ma’mleketlik g‘ayratkeri” kitobidagi ilmiy natijalar va tavsiyalar, quyidagicha tatbiq etildi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda, shuningdek Qoraqalpoq davlat universiteti tuzilmasidagi qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “30-yillardagi qatag‘on” nomli 4-bo‘limini yaratishda dissertatsiya ilmiy natijalari va ma’lumotlardan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi xuzuridagi qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori professor B.V.Xasanovning 2024 yil 29 avgustdagi 205 son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning “Amudaryo viloyati xalq ta’limi tizimidagi ishlari va madaniyat sohasi boshligi” “Qosim Avezov qatag‘onligi” nomli boblarida qayd etilgan natijalar mazkur davrni faktik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishda ko‘mak berib, sovet davrida Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarda faol qatnashgan vatandoshlarimizning olib borgan sayi harakatlari ilmiy asosda yoritilgan.
 “Qosim Avezov Qoraqalpog‘istonning davlat arbobi”  mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari undagi ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tavsiyalari Qoraqalpog‘iston milliy telekanali orqali namoyish etilgan «U’lkemiz boylap» dasturida Qosim Avezov haqidagi chiqib so‘zlagan ilimiy fikrlari Respublika jamoatchiligiga takdim etildi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokampaniyasi rahbari N.Jaksimuratovaning 2024 yil 29 noyabrdagi 05-22/514 son ma’lumotnomasi). Muallifning Qoraqalpog‘iston davlat arbobi Qosim Avezov faoliyati haqidagi  chiqishlari, o‘zining ilmiy-amaliy jihatdan yangiligi, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyatga ega.
2024-yilning kunlari O‘zbekiston milliy Teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi orqali namoyish etilgan «Qaraqalpaqstan tariyxi» ko‘rsatuvi va «Tariyxiy tulg‘alar» eshittirishi orqali Qosim Avezov haqidagi chiqib so‘zlagan ilimiy fikrlari Respublika jamoatchiligiga taqdim etildi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokampaniyasi rahbar muovini Q.Palimovning 2024 yil 26 noyabrdagi 05-22/512 son ma’lumotnomasi).  Shyningdek, mazkur masalaning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi hamda vazifalari, obekti,  predmeti va undan kutilayotgan ilmiy yangiliklar, tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati xususida gapirib utdi.
Dissertatsiyada qo‘lga kiritilgan natijalardagn Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko‘rgazma, ekskurs darslari va ilmiy-anjumanlarda, ilmiy metodolgik yondashish uchun namuna sifatida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori A.Yusupovaning 2024 yil 11 iyundagi 199 sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada taqdim etilgan manbalarning nusxalari, ilgari surilgan ilmiy qarashlar, g‘oyalar, bildirilgan taklif va xulosalar muzeyda yangi ko‘rgazmalarni tashkil etishda va tarixiy madaniy merosni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy (Chimboy tumani xokimining 2024 yil 14 iyundagi 01-204-son ma’lumoti) va Nukus (Nukus tumani xokimining 2024 yil 14 iyundagi 1850-04-son ma’lumoti) tumani xokimiyati ushbu dissertatsiya ma’lumotlarini oldilar va targ‘ibot ishlarida foydalanmaqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish