G‘ofurov Azizbek Umarjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.1.DSc/Iqt672
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Safarov Bohodir Shaxriyorovich va iqtisodiyot fanlari doktori professor Jo‘raev Otabek Jo‘raboevich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: uslubiy yondashuvga ko‘ra “sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mazkur faoliyatni tasniflash, tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi konsentratsiyasi sog‘lomlashtirish va terapevtik turizmning tasniflash xususiyatlarining tavsifi, turistik faoliyat turlarini tipologiyalash va turistik yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;
boshqaruvning tizimli tahlil qilish metodologiyasidan foydalangan holda tibbiy sog‘lomlashtirish (S = 0,38), profilaktik-sog‘lomlashtirish (PS = 0,41) va rekreatsion-dam olish (RDO = 0,21) xizmatlarini dekompozisiyalash asosida sog‘lomlashtirish turizmi chegaralari aniqlangan;
tibbiy, rekreatsion va sport turizmi faoliyatini integratsiyalash asosida sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari faoliyatining innovatsion boshqaruv samaradorligini ta’minlovchi markaz tuzilmasi asoslangan;
sog‘lomlashtirish turizmi faoliyatini boshqarish mexanizmi hududiy sog‘lomlashtirish turizmi faoliyatini samarali boshqarish metodologiyasiga muvofiq subekt (davlat hokimiyati, sog‘lomlashtirish tashkilotlari va turistik infratuzilmalar) hamda obekt (turistik bozor, turistik resurslar va diqqatga sazovor joylar)ni tipologiyalash asosida takomillashtirilgan;
Farg‘ona viloyatidagi “Chimyon” va Namangan viloyatidagi “Nihol” sanatoriyalaridagi kiritilgan resurslar, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida sog‘lomlashtirish faoliyati xizmatlaridan olingan daromadlar hajmining 2028-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Taqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mazkur faoliyatni tasniflash, tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi konsentratsiyasi sog‘lomlashtirish va terapevtik turizmning tasniflash xususiyatlarining tavsifi, turistik faoliyat turlarini tipologiyalash va turistik yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifdan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm: nazariya va amaliyot” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 55-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etigan. 2024-yil 4-mart №55140 B. 360). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlarining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish hamda amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
boshqaruvning tizimli tahlil qilish metodologiyasidan foydalangan holda tibbiy sog‘lomlashtirish (S = 0,38), profilaktik-sog‘lomlashtirish (PS = 0,41) va rekreatsion-dam olish (RDO = 0,21) xizmatlarini dekompozisiyalash asosida sog‘lomlashtirish turizmi chegaralari aniqlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 03-12-17-7646-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida dekompozisiyalangan tarkibiy qismlarni umumlashtirgan holda sog‘lomlashtirish turizmi faoliyatining asosiy chegaralarini aniqlash aniqligi 8-12 %ga ortgan;
tibbiy, rekreatsion va sport turizmi faoliyatini integratsiyalash asosida sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari faoliyatining innovatsion boshqaruv samaradorligini ta’minlovchi markaz tuzilmasi asoslash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 03-12-17-7646-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida tizimli xarakterga ega bo‘lgan va mamlakat, hududiy, mahalliy va tarmoq darajalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan boshqaruv mexanizmining samaradorligi ortgan;
sog‘lomlashtirish turizmi faoliyatini boshqarish mexanizmi hududiy sog‘lomlashtirish turizmi faoliyatini samarali boshqarish metodologiyasiga muvofiq subekt (davlat hokimiyati, sog‘lomlashtirish tashkilotlari va turistik infratuzilmalar) hamda obekt (turistik bozor, turistik resurslar va diqqatga sazovor joylar)ni tipologiyalash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 03-12-17-7646-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori sog‘lomlashtirish obektlari salohiyatiga ega hududlarida qisqa va o‘rta muddatli rivojlanish dasturlarini amalga oshirish ssenariylarini ishlab chiqish aniqligi 8-12% ga ortgan;
Farg‘ona viloyatidagi “Chimyon” va Namangan viloyatidagi “Nihol” sanatoriyalaridagi kiritilgan resurslar, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida sog‘lomlashtirish faoliyati xizmatlaridan olingan daromadlar hajmining 2028-yilga qadar prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 03-12-17-7646-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyati tahlil qilingan har ikkala korxonada ko‘p omilli bog‘lanishlar asosidagi tahlillar negizida ko‘rsatilgan sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari hajmini hamda korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirgan holda korxonalarni rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish aniqligi 9-11 %ga ortgan.