Jabbarbergenov Timur Rustemovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy malumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy Qoraqalpog‘iston yoshlari bo‘sh vaqtlarining etnomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1153
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kurbanova Zemfira Ibragimovna – tarix fanlari doktori, 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Davlatova Saodat Tilovberdievna – tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Seydametova Gulnara Utarbaevna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti tavsiya etilsin.
II. Tadqiqotning maqsadi - Zamonaviy Qoraqalpog‘iston yoshlari bo‘sh vaqtlarining etnik-madaniy xususiyatlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq xalq o‘yinlari va ko‘ngilochar baygi, at shabis, kѳkpar, aq sүyek, aykuklash kabilar yoshlar hayotida muhim o‘rin tutganligi, nafaqat ko‘ngilochar mashg‘ulot, balki jismoniy tarbiyasiga ham hissa qo‘shgani asoslangan. Ko‘nikmalar, raqobat va jamoaviylik ruhini shakllantirish, o‘yinlar davomida ijtimoiy munosabatlarning umumiy qoidalari va me'yorlariga rioya qilish, an'ana va urf-odatlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatadi;
qoraqalpoq yoshlarining bo‘sh vaqtini o‘tkazishning an’anaviy otirispak, ziyapat, meylis shuningdek, ularning muhim tarkibiy qismi bo‘lmish aytis (og‘zaki bellashuv), intellektual o‘yinlar – tabispak (topishmoq) va jumbak (boshqotirma) kabi turlari zamonaviy sharoitda bir oz urfdan chiqqan bo‘lsa-da, muhim ahamiyat kasb etgan. Dam olishning an'anaviy shakllari shahar turmush tarzi dinamikasiga ko‘proq mos keladigan yangilari bilan almashtirilmoqda. Xususan, zamonaviy kompyuter o‘yinlari, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning virtual shakllari keng tarqalganligi aniqlangan;
shahar sharoitida yashovchi qoraqalpoq yoshlari bo‘sh vaqtini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, ular to‘rtta asosiy komponent: jismoniy bo‘sh vaqt, intellektual bo‘sh vaqt, ijodiy bo‘sh vaqt va ijtimoiy bo‘sh vaqtga birlashtirilgan. Qoraqalpoq yoshlari uchun qulaylik va rang-baranglik bilan ajralib turadigan bo‘sh vaqtlarini tashkil etishga shahar muhitining o‘ziga xos xususiyatlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi;
Qoraqalpog‘iston yoshlari orasida yoshlarga madaniyatlararo muloqot qilish, turli mamlakatlar va mintaqalar vakillari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini beruvchi Telegram, Facebook, Instagram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari eng ommabop ekanligi isbotlangan. Ushbu platformalar nafaqat axborot va madaniy qadriyatlar almashinuvini osonlashtiradi, balki yoshlarga o‘z fikr va g‘oyalarini ifoda etish, ijodkorlik bilan bo‘lishish va hamfikrlarni topish imkonini beradi.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishning etnik-madaniy xususiyatlarini o‘rganish davomida olingan natijalar va takliflar asosida: baygi, at shabis, kѳkpar shuningdek, ko‘ngilochar aq sүyek, aykuklash va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar yoshlarda nafaqat jismoniy ko‘nikmalarni rivojlantiradi, balki yoshlar o‘rtasida raqobat va jamoaviylik ruhini shakllantirish vositasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu materiallar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston boshqarmasi ma’ruza dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston boshqarmasining 2024 yil 11 sentyabrdagi 0208/967-sonli guvohnomasi). Bu ma’lumotlardan foydalanish navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etib, ularning o‘zligi va ijtimoiy hamjihatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda;                                         qoraqalpoq yoshlarining otirispaq, ziyapat, meylis kabi anʼanaviy bo‘sh vaqtlarini hamda ularning muhim tarkibiy qismi bo‘lmish aytis (og‘zaki bellashuv), tabispaq (jumboq) intellektual o‘yinlari va jumboqlarni o‘rganish ularning nafaqat dam olish vositasi, balki madaniy va intellektual rivojlanish sifatidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Bu materiallar Berdaq nomidagi Adabiyot tarixi muzeyida ekskursiya ma’ruzalarini boyitish uchun foydalanilgan (Berdaq nomidagi Adabiyot tarixi muzeyining 2024 yil 6 sentyabrdagi 01-02/01-151-sonli guvohnomasi). Dissertatsiya tadqiqoti ma'lumotlaridan foydalanish ma'ruzalar mazmunini sezilarli darajada kengaytirishga imkon berdi, tashrif buyuruvchilarga xalqning an'analari va madaniy merosi bilan ko‘proq tanishish hamda ularning qadriyatlari haqida to‘liqroq tushunchani shakllantirishga yordam beradi;
shahar sharoitida yashovchi qoraqalpoq yoshlari bo‘sh vaqtini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimlashtirildi va to‘rtta asosiy komponentga ajratildi: jismoniy, intellektual, ijodiy va ijtimoiy bo‘sh vaqt. Bundan tashqari, tadqiqot ushbu guruh uchun bo‘sh vaqtni tashkil etishga shahar muhitining ta'sirini o‘z ichiga oladi. Bu maʼlumotlar Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining “Qoraqalpog‘istonda globallashuv, transformatsiyalar va ekologik inqiroz sharoitida anʼanaviy madaniyat” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA QB Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yildagi ma’lumotnomasi). Ushbu materiallardan foydalanish jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarish jarayonlarining ijobiy va salbiy tomonlarini yanada chuqurroq tahlil qilish imkonini berdi; yoshlarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishning zamonaviy shakllariga oid yangi ma’lumotlar, jumladan Telegram, Facebook, Instagram va WhatsApp kabi ommabop ijtimoiy tarmoqlar ularning madaniyatlararo muloqot va turli mamlakatlar va mintaqalar vakillari bilan aloqa o‘rnatishdagi rolini ta’kidlaydi.
        Ushbu platformalar yoshlarga axborot va madaniy qadriyatlar almashish, shuningdek, o‘z fikr va g‘oyalarini ifoda etish, ijodkorlik bilan o‘rtoqlashish va hamfikrlarni topish imkonini beradi. Ushbu natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Xaliq penen sәo‘bet» ko‘rsatuvidagi chiqishlari doirasida taqdim etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 05-22/416-sonli guvohnomasi). Ushbu materiallar tomoshabinlarni zamonaviy yoshlarning sevimli mashg‘ulotlari va o‘yin-kulgining zamonaviy shakllari haqida yangi bilimlar bilan boyitdi

Yangiliklarga obuna bo‘lish