Ruzmetova Zilolaxon Dilmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): «Talabalarda xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1112.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor: Salomova Guli Shodimuradovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarining psixologik xususiyatlarini o‘rganish orqali ularga zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida namoyon bo‘ladigan psixoemotsional holatlarning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra ulardagi “emotsional”, “motivatsion”, “intellekt” ko‘rsatkichlari, reaktiv va shaxsiy xavotirlik holatlarining yosh va jinsiy tafovutlanishi  dalillangan;
xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalarning til o‘rganish jarayonida «muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi», shu orqali «ijtimoiy obro‘ga va maqsadga erishishga intilish»ning yosh va individual tafovutlarga ega ekanligi dalillangan;
xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida talabalardagi emotsional holatlarning ifodsalanishiga ko‘ra ulardagi muvaffaqiyatga erishish motivlari “emotsional bilimdonlik”, “o‘z-o‘zini undash” va “empatiya” bilan, iroda kuchini baholash “o‘z emotsiyalarini boshqarish”, “o‘zini undash” va “o‘zgalarning emotsiyalarini bilsh” xususiyatlari bilan ijobiy aloqadorlikda, shuningdek, xavotirlik holatlari “emotsional bilimdonlik”, “o‘z emotsiyalarini boshqarish, “o‘zini undash”, “empatiya va boshqalarning emotsiyalarini bilish qobiliyati” bilan salbiy korrelyasiyon bog‘liqlikda ekanligi dalillangan;
xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalarda emotsional holatlarning namoyon bol’ishiga ko‘ra ulardagi vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanish holatlarini maxsus psixokorreksion dastur orqali bartaraf qilish orqali muvaffaqiyatga erishish motivini kuchaytirishga erishish isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Talabalarda xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarning psixologik xususiyatlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:  
talabalarda xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida namoyon bo‘ladigan psixoemotsional holatlarning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra ulardagi “emotsional”, “motivatsion”, “intellekt” ko‘rsatkichlari, reaktiv va shaxsiy xavotirlik holatlarining yosh va jinsiy tafovutlanishi  dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM–325 son buyrug‘i bilan «Ontagenez psixologiyasi. Differinsial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM–325-a-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalardagi til o‘rganish jarayonlaridagi emotsional holatlarini yosh va jins xususiyatlariga bog‘liq holda differential farqlanishini ilmiy tadqiq etishga erishilgan.
xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalarning til o‘rganish jarayonida «muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi», shu orqali «ijtimoiy obro‘ga va maqsadga erishishga intilish»ning yosh va individual tafovutlarga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM–325 son buyrug‘i bilan «Ontagenez psixologiyasi. Differinsial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM–325-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar chet tillarni o‘rganish jarayonlaridagi emotsional holatlarini individual xususiyatlarga bog‘liq holda differensial farqlanishini ilmiy tadqiq etishga erishilgan.
xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida talabalardagi emotsional holatlarning ifodsalanishiga ko‘ra ulardagi muvaffaqiyatga erishish motivlari “emotsional bilimdonlik”, “o‘z-o‘zini undash” va “empatiya” bilan, iroda kuchini baholash “o‘z emotsiyalarini boshqarish”, “o‘zini undash” va “o‘zgalarning emotsiyalarini bilsh” xususiyatlari bilan ijobiy aloqadorlikda, shuningdek, xavotirlik holatlari “emotsional bilimdonlik”, “o‘z emotsiyalarini boshqarish, “o‘zini undash”, “empatiya va boshqalarning emotsiyalarini bilish qobiliyati” bilan salbiy korrelyasiyon bog‘liqlikda ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM–325 son buyrug‘i bilan «Ontagenez psixologiyasi. Differinsial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM–325-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar chet tillarini o‘rganish jarayonlarida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarning motivatsiya bilan korrelyasion aloqadorligini aniqlashga sharoit yaratilgan.
xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalarda emotsional holatlarning namoyon bol’ishiga ko‘ra ulardagi vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanish holatlarini maxsus psixokorreksion dastur orqali bartaraf qilish orqali muvaffaqiyatga erishish motivini kuchaytirishga erishish isbotlangan  ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM–325 son buyrug‘i bilan «Ontagenez psixologiyasi. Differinsial psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM–325-a-son ma’lumotnomasi).  Natijada talabalarda xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida samarali psixologik tayyorgarlikni ta’minlash uchun maxsus psixokorreksion dastur ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish