Mirabdullaeva Shoiraxon Abdulxaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1081.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulova Nargiza Toshpulatovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursantlarda liderlik sifatlarining namoyon bo‘lishiga ijtimoiy psixologik xususiyatlarning ta’siri natijasida shaxslararo kommunikasiya motivlaridan suxbatdoshni idrok qilish va tushunishdagi adekvatlikka va suxbatdoshni qabul qilishga yo‘nalganlikning kurslar kesimidagi differensiasiyasiga bog‘liq holda ijtimoiy (guruhni birlashtirish, muloqotchan, hammaga birdek munosabatda bo‘lish) va irodaviy (aqlli, tashabbuskor, mustaqil qaror qabul qilish) xususiyatlarning usutuvor harkterga ega ekanligi dalillangan;
kursantlarda liderlikning namoyon bo‘lishiga shaxs fazilatlarini ta’siriga ko‘ra shaxsning guruhda muloqotga kirishish san’ati, shaxslararo munosabatlardagi pozisiyasi va ta’sir darajasi hamda o‘zaro munosabatlarda fikrlash doirasi, aqliy qobiliyatlari, dunyoqarashi, zukkoligi, verbal madaniyati va erudisiya darajasini harbiy ta’limda kuchli ifodalanishi tufayli kommunikativ va intellektual xususiyatlarning ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
kursantlardagi liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishiga emosional intellektning ta’siriga ko‘ra o‘zgalarning va shaxsning o‘z kechinmalariga nisbatan sezgirligi, ijtimoiy kechinmalari guruhiy munosabatlarni barqarorlashtirganligi tufayli hissiy bilimdonlik va empatiya ustuvor komponent ekanligi dalillangan;
harbiy jamoalarda mustahkam harbiy intizomni saqlash va yakkaboshchilik tamoyilini tashkillashtirish uchun lider harbiy xizmatchilar kasbiy-shaxsiy tuzilmasiga ijtimoiy intellekt, kasbiy bilimdonlik, innovasion yaratuvchanlik, mas’uliyatlilik va nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish kabi psixologik komponentlarni singdirish asosida “Zamonaviy lider harbiy xizmatchining psixologik qiyofasi”ni tavsiflash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
kursantlarda liderlik sifatlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga etnopsixologik xususiyatlarning ta’siri natijasida shaxslararo kommunikasiya motivlaridan suxbatdoshni idrok qilish va tushunishdagi adekvatlikka va suxbatdoshni qabul qilishga yo‘nalganlikning kurslar kesimidagi differensiasiyasiga bog‘liq holda o‘zbek millati vakillarida ijtimoiy (guruhni birlashtirish, muloqotchan, hammaga birdek munosabatda bo‘lish), rus millati vakillarida esa irodaviy (aqlli, tashabbuskor, mustaqil qaror qabul qilish) xususiyatlar usutuvor harkterga ega ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-346 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-346 son ma’lumotnomasi).Natijada kursantlarda liderlik sifatlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik xususiyatlarni aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.
kursantlarda liderlikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga shaxs fazilatlarini ta’siriga ko‘ra shaxsning guruhda muloqotga kirishish san’ati, shaxslararo munosabatlardagi pozisiyasi va ta’sir darajasi hamda o‘zaro munosabatlarda fikrlash doirasi, aqliy qobiliyatlari, dunyoqarashi, zukkoligi, verbal madaniyati va erudisiya darajasini harbiy ta’limda kuchli ifodalanishi tufayli kommunikativ va intellektual xususiyatlarning ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-346 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-346 son ma’lumotnomasi).Natijada kursantlarda liderlikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga shaxs xususiyatlarining ta’siri ochib berilgan.
kursantlardagi liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga emosional intellektning ta’siriga ko‘ra o‘zgalarning va shaxsning o‘z kechinmalariga nisbatan sezgirligi, ijtimoiy kechinmalari guruhiy munosabatlarni barqarorlashtirganligi tufayli hissiy bilimdonlik va empatiya ustuvor komponent ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-346 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-346 son ma’lumotnomasi).Natijada kursantlardagi liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishi va rivojlanishining emosional intellekt bilan bog‘liq jihatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
harbiy jamoalarda mustahkam harbiy intizomni saqlash va yakkaboshchilik tamoyilini tashkillashtirish uchun lider harbiy xizmatchilar kasbiy-shaxsiy tuzilmasiga ijtimoiy intellekt, kasbiy bilimdonlik, innovasion yaratuvchanlik, mas’uliyatlilik va nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish kabi psixologik komponentlarni singdirish asosida “Zamonaviy lider harbiy xizmatchining psixologik qiyofasi”ni tavsiflash takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-346 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-346 son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarda liderlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening dasturi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.