Mutalova Mohira Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi banklarini Sankt-Gallen boshqaruv modeli asosida transformatsiyalash”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3056.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Nishonboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardanov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshodjon Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sankt-Gallen boshqaruv modeli talablarini hamda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda banklarni transformatsiyalash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarni transformatsiyalashni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida banklarining bank jarayonlari, mahsulot va xizmatlarini raqamlashtirish borasidagi so‘nggi yutuqlari, zamonaviy bank va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari bilan chuqur tanish bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash hamda amalda faoliyat olib borayotgan kadrlarning malakasini tizimli ravishda oshirib borish zarurligi asoslangan;
transformatsiyalashni boshqarishning turli modellarining sifat ko‘rsatkichlari taqqoslash orqali O‘zbekistonda banklarni muvaffaqiyatli transformatsiya qilish uchun samarali Sant-Gallen modelini tanlanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
banklarni muvaffaqiyatli transformatsiyalash uchun zamonaviy loyihalarni ishlab chiqish yoki tayyor loyihalarni sof holda amalga oshirish emas, balki bankning ichki imkoniyatlari, tashqi muhit tahdidlari va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda har bir tijorat bankiga mos bo‘lgan individual yondashuv asoslangan;
Sankt-Gallen boshqaruv modelidan foydalanish samaradorligini ekonometrik tahlil qilishning mualliflik metodikasini qo‘llash asosida O‘zbekistondagi raqamlashtirilgan banklarni transformatsiyalashning samardorligini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tijorat banklarini muvaffaqiyatli transformatsiya qilish maqsadida hamda jahon banklarining bank jarayonlari, mahsulot va xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha eng so‘nggi yutuqlari, eng yangi bank va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan chuqur tanish bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, shuningdek, bank sektori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimli ravishda oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yilidan boshlab “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish maqsadida mutaxassslik bo‘yicha o‘quv rejalariga “Banklarni raqamlashtirish va transformatsiya qilish” kursini majburiy fan sifatida kiritish to‘g‘risida qarorida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-iyuldagi 01/01-1905-son, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 01-5701-son, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialining 2024-yil 6-sentyabrdagi PF-200-son ma’lumotnomalari). Shuningdek, mazkur taklif “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Kapitalbank” ATB, “Aloqa bank” AJ banklarning o‘quv markazlarida bank xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshirish, shu jumladan mijozlar uchun masofaviy ta’limni joriy etish yo‘lga qo‘yilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 9-avgustdagi 01-03/7543-son, “Uzum bank” ATBning (“Kapitalbank” ATB sho‘ba korxonasi) 2024-yil 12-avgustdagi 01/3129-son, “Aloqa-bank” AJning 2024-yil 9-avgustdagi 05-04/3183-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank sektori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali tijorat banklarini muvaffaqiyatli transformatsiya qilish imkoni yaratilgan;
transformatsiyalashni boshqarishning turli modellarining sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslash orqali O‘zbekistonda banklarni muvaffaqiyatli transformatsiyalash uchun samarali Sant-Gallen modelini tanlanishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Uzum bank” ATB, “Aloqa-bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 9-avgustdagi 01-03/7543-son, “Uzum bank” ATBning (“Kapitalbank” ATB sho‘ba korxonasi) 2024-yil 12-avgustdagi 01/3129-son, “Aloqa-bank” AJning 2024-yil 9-avgustdagi 05-04/3183-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda banklarni muvaffaqiyatli transformatsiyalash uchun samarali Sant-Gallen modelini tanlash imkoni yaratilgan;
banklarni muvaffaqiyatli transformatsiyalash uchun zamonaviy loyihalarni ishlab chiqish yoki tayyor loyihalarni sof holda amalga oshirish emas, balki bankning ichki imkoniyatlari, tashqi muhit tahdidlari va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda har bir tijorat bankiga mos bo‘lgan individual yondashuv taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Uzum bank” ATB, “Aloqa-bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 9-avgustdagi 01-03/7543-son, “Uzum bank” ATBning (“Kapitalbank” ATB sho‘ba korxonasi) 2024-yil 12-avgustdagi 01/3129-son, “Aloqa-bank” AJning 2024-yil 9-avgustdagi 05-04/3183-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida banklarni muvaffaqiyatli transformatsiyalash imkoni yaratulgan;
Sankt-Gallen boshqaruv modelidan foydalanish samaradorligini ekonometrik tahlil qilishning mualliflik metodikasini qo‘llash asosida O‘zbekistondagi raqamlashtirilgan banklarni transformatsiyalashning samardorligini oshirish taklifi taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Uzum bank” ATB, “Aloqa-bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 9-avgustdagi 01-03/7543-son, “Uzum bank” ATBning (“Kapitalbank” ATB sho‘ba korxonasi) 2024-yil 12-avgustdagi 01/3129-son, “Aloqa-bank” AJning 2024-yil 9-avgustdagi 05-04/3183-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistondagi raqamlashtirilgan banklarni transformatsiyalashning samardorligini oshirish imkoni yaratilgan.