Kushanova Mashxura Isakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P997.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Rajabova Feruza Pozilovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda o‘smirlar agressiv xulqi profilaktikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlardagi agressiv xulq-atvorni namoyon bo‘lishida ijtimoiy munosabatlardagi shaxsning guruhda “o‘z mavqeini mustahkamlashga” intilish  jismoniy, verbal, bilvosita agressiya darajasi agressivlik indeksini, negativizm, xafagarchilik, shubhalanuvchanlik dushmanlik indeksi darajasini kuchayishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy-hududiy omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlardagi agressivlik jismoniy, verbal agressiya, jahldorlik, qasoskorlik, o‘zgalar fikriga taqotsizlik orqali agressivlik indeksini, negativizm, bilvosita agressiya, sergumonlik, xafagarchlik, yon bermaslik orqali dushmanlik indeksini kuchaytirganligi tufayli shaxslararo munosabatlarda ziddiyatlilikning namoyon bo‘lishiga olib kelishi yoshga oid xususiyatlarga bog‘lab asoslab berilgan;
o‘smirlardagi agressiv xulq-atvor darajasi shaxslararo munosabatlarda jizzakilik,  o‘zgalarning fikrlariga sabrsizlik, sergumonlik, o‘zaro munosabatlardagi murosasizlikning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga asoslanib, “xulq-atvor va his-tuyg‘ular”, “o‘z-o‘zini anglash va boshqarish”, “ijtimoiy munosabatlar” kontekstida differensiallashtirilgan;
o‘smirlardagi agressivlikni korreksiyalash modeli ijtimoiy (shaxslararo) intellekt darajasini rivojlantirish orqali kognitiv (jamiyat normalarini tushunish va ularga rioya qilish), emotsional (emotsional o‘zini boshqarish mexanizmlari) va konativ (o‘zgalar bilan ijobiy munosabatlarga kirishish) mexanizmlarini o‘z ichiga olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
o‘smirlardagi agressiv xulq-atvorni namoyon bo‘lishida ijtimoiy munosabatlardagi shaxsning guruhda “o‘z mavqeini mustahkamlashga” intilish  jismoniy, verbal, bilvosita agressiya darajasi agressivlik indeksini, negativizm, xafagarchilik, shubhalanuvchanlik dushmanlik indeksi darajasini kuchayishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy-hududiy omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 290-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 290a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning o‘smirlar bilan ishlashda individual yondashuv kompetensiyalarini oshirishga erishilgan.
o‘smirlardagi agressivlik jismoniy, verbal agressiya, jahldorlik, qasoskorlik, o‘zgalar fikriga taqotsizlik orqali agressivlik indeksini, negativizm, bilvosita agressiya, sergumonlik, xafagarchlik, yon bermaslik orqali dushmanlik indeksini kuchaytirganligi tufayli shaxslararo munosabatlarda ziddiyatlilikning namoyon bo‘lishiga olib kelishi yoshga oid xususiyatlarga bog‘lab asoslab berilganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 290-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 290a-son ma’lumotnomasi).  Natijada psixologlarning psixokorreksion ishlarini olib borishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘smirlardagi agressiv xulq-atvor darajasi shaxslararo munosabatlarda jizzakilik,  o‘zgalarning fikrlariga sabrsizlik, sergumonlik, o‘zaro munosabatlardagi murosasizlikning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga asoslanib, “xulq-atvor va his-tuyg‘ular”, “o‘z-o‘zini anglash va boshqarish”, “ijtimoiy munosabatlar” kontekstida differensiallashtirilganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 290-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 290a-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv xulq-atvorni profilaktika qilishga yo‘naltirilgan uslubiy ishlar takomillashtirilgan; 
o‘smirlardagi agressivlikni korreksiyalash modeli ijtimoiy (shaxslararo) intellekt darajasini rivojlantirish orqali kognitiv (jamiyat normalarini tushunish va ularga rioya qilish), emotsional (emotsional o‘zini boshqarish mexanizmlari) va konativ (o‘zgalar bilan ijobiy munosabatlarga kirishish) mexanizmlarini o‘z ichiga olishiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 290-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 290a-son ma’lumotnomasi).  Natijada psixologlarning agressiv xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish