Xusanov Samariddin Maxmadaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsda mehnat motivatsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P524.
Ilmiy rahbar: Abduramanov Xamid Xudaybergenovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda mehnat motivatsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlarini empirik jihatdan tadqiq etgan holda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining etnomadaniy, jins hamda ijtimoiy omillari differensiatsiyasiga ko‘ra “hayotiy maqsadlar”, “hayotiy jarayonlar shaxsning mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabati shakllanishining psixologik atributlari bo‘lgani hisobiga muvaffaqiyatga bo‘lgan motivatsiyaning o‘rta darajasi mehnat samaradorligining birlamchi indikativ belgisi ekanligi isbotlangan;
shaxsdagi mehnat motivatsiyasining takomillashishida salomatlik bo‘yicha internallikning integral ta’siri natijasida mehnat jarayonida salomatlikka e’tiborning kamligi mehnat motivatsiyasining yuqori bo‘lish ehtimoli pasaytirsa, shaxslararo munosabatdagi internallik ko‘rsatkichning pastligi esa shaxsda jamoaviy muhitdan qoniqmaslik, kollegial hamkorlik prinsipining mehnat faoliyatida yaqqol aks ettirmasligini psixologik namoyon bo‘lishi dalillangan;
mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining jins tafovutiga ko‘ra erkak va ayollarda hayot mazmunini anglaganligi, hayotiy maqsadlarning mavjudligi, hayotdan qoniqishi, o‘zini kuchli va faol hamda o‘z hayotini nazorat qiluvchi va qaror qabul qiluvchi sifatida ko‘rishi psixologik mehnat samaradorligi determinatori bo‘lishi isbotlangan;
shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining ijtimoiy omil, status farqlanishiga ko‘ra muvaffaqiyatga intilishning asosiy sababi – o‘z hayotini yaxshilash, maqsadlar sari yuksalish, xavfsizlikni ta’minlash va o‘zini rivojlantirish ekani dalillanib, ishlovchilarda motivatsiya ko‘pincha mavjud ish joyidagi yutuqlarni ko‘rsatish va ishga sodiqlik orqali namoyon bo‘lishi, ishsizlarda esa yangi imkoniyatlar yaratish, ish topish va yangi ko‘nikmalarni egallash orqali ifodalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Shaxsda mehnat motivatsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining etnomadaniy, jins hamda ijtimoiy omillari differensiatsiyasiga ko‘ra “hayotiy maqsadlar”, “hayotiy jarayonlar shaxsning mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabati shakllanishining psixologik atributlari bo‘lgani hisobiga muvaffaqiyatga bo‘lgan motivatsiyaning o‘rta darajasi mehnat samaradorligining birlamchi indikativ belgisi ekanligi isbotlangan yangiliklar takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-403 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-403 son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining etnomadaniy, jins hamda ijtimoiy omillari differensiatsiyasining indikativ belhilari aniqlashtirilgan.
shaxsdagi mehnat motivatsiyasining takomillashishida salomatlik bo‘yicha internallikning integral ta’siri natijasida mehnat jarayonida salomatlikka e’tiborning kamligi mehnat motivatsiyasining yuqori bo‘lish ehtimoli pasaytirsa, shaxslararo munosabatdagi internallik ko‘rsatkichning pastligi esa shaxsda jamoaviy muhitdan qoniqmaslik, kollegial hamkorlik prinsipining mehnat faoliyatida yaqqol aks ettirmasligini psixologik namoyon bo‘lishi dalillangan yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-403 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-403 son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsdagi mehnat motivatsiyasining takomillashishida ustuvor bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik determinantlar sistemalashtirilgan.
mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining jins tafovutiga ko‘ra erkak va ayollarda hayot mazmunini anglaganligi, hayotiy maqsadlarning mavjudligi, hayotdan qoniqishi, o‘zini kuchli va faol hamda o‘z hayotini nazorat qiluvchi va qaror qabul qiluvchi sifatida ko‘rishi psixologik mehnat samaradorligi determinatori bo‘lishi isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-403 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-403 son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining gender differensiatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillar tizimlashtirilgan.
shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining oilaviy hayot dinamikasi, ijtimoiy omil, status farqlanishiga ko‘ra muvaffaqiyatga intilishning asosiy sababi – o‘z hayotini yaxshilash, maqsadlar sari yuksalish, xavfsizlikni ta’minlash va o‘zini rivojlantirish ekani dalillanib, ishlovchilarda motivatsiya ko‘pincha mavjud ish joyidagi yutuqlarni ko‘rsatish va ishga sodiqlik orqali namoyon bo‘lishi, ishsizlarda esa yangi imkoniyatlar yaratish, ish topish va yangi ko‘nikmalarni egallash orqali ifodalanishi aniqlanganligiga oid ilmiy yangiliklar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining “Boqimandalik kamaytirish-kambag‘allikni bartaraf etishni asosi sifatida” mavzusida amaliy loyiha rejasiga kiritilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 15-noyabrdagi №01-09/2385-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda mehnat motivatsiyasi namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik omillari turkumlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish