Shamsieva Lorida Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endometriy giperplastik jarayonlarning differensial tashxisida mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvi», 14.00.19 – Tibbiy radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Tib5189.
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Yashnar Mamasalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxirova Nargiza Nematovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Menopauzadagi ayollarni tekshirish uchun zamonaviy mul`tiparametrik ul`tratovush usullaridan foydalangan holda endometriyning xavfsiz va yovuz giperplastik jarayonlarini differensial diagnostika qilish aniqligini oshirishga qaratilgan diagnostik algoritmni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
ilk bor menopauzadagi ayollarda endometriy patologiyasini aniqlashda mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvi asosida exografik xususiyatlar aniqlangan;
ketma-ket transvaginal UTT, 3D rejimda hajmiy qon aylanishini baholash, kompression elastografiya va siljuvchi to‘lqinli elastografiya asosida endometriy giperplaziyasi va endometriy saratonini differensial tashhislash mezonlari aniqlangan;
qo‘llanilgan UTT usullarining har biri uchun spesifiklik, sezgirlik va tashhisiy, shuningdek endometriy patologiyasini turli genezlar bilan diagnostika qilishda ularning kompleks qo‘llanilish ahamiyati asoslangan;
innovatsion ul`tratovush tekshiruvi usullaridan foydalanilganda endometriy saratoni bo‘yicha solishtirma tahlil va exografik semiotikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil “20” iyundagi 20-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor menopauzadagi ayollarda endometriy patologiyasini aniqlashda mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvi asosida exografik xususiyatlar aniqlangan. Bu tekshiruv B-rejim, 3D-angiografiya (VOCAL dasturi yordamida), rangli va energetik doppler xaritalash, shuningdek kompression va siljuvchi to‘lqinli elastografiya (SWE) kabi innovatsion usullarni o‘z ichiga oldi. Toshkent shahridagi RIOvaRIATM radiologiya bo‘limlariga 2025 yil 5 maydagi №90u buyruq va «M-clinic» ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 30 maydagi №22-P/2025 buyrug‘i asosida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi NTK xulosasi №20 2025 yil 20 iyun). Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari menopauzadagi ayollarda endometriy giperplaziyasini erta aniqlash samaradorligini oshirishga yordam berdi. Mul`tiparametrik ul`tratovush usulidan foydalanish ortiqcha invaziv diagnostika jarayonlarini (jumladan, diagnostik kyuretaj va gisteroskopiyalar) kamaytirish, bemorlarga tushadigan ruhiy va jismoniy yuklamani pasaytirish, hamda asoratlar xavfini minimallashtirish imkonini berdi. Bu onkoginekologiya sohasidagi skriningni takomillashtirishda va birinchi darajali tibbiyot muassasalari hamda ixtisoslashgan klinikalarda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: Mul`tiparametrik ul`tratovush protokolini amaliyotga joriy etish ortiqcha diagnostika va kech aniqlangan holatlar natijasidagi qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu usuldan 140 nafar bemorda foydalanish orqali taxminan 85000000 so‘m iqtisod qilindi. Har bir bemor uchun o‘rtacha iqtisod 607000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Menopauzadagi ayollarda endometriyning giperplastik jarayonlarini aniqlashda mul`tiparametrik ul`tratovush usulidan foydalanish diagnostika samaradorligini sezilarli darajada oshirish, tashxis qo‘yish muddatlarini qisqartirish va har bir bemor uchun o‘rtacha 607000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ketma-ket transvaginal UTT, 3D rejimda hajmiy qon aylanishini baholash, kompression elastografiya va siljuvchi to‘lqinli elastografiya asosida endometriy giperplaziyasi va endometriy saratonini differensial tashhislash mezonlari aniqlangan. Toshkent shahridagi RIOvaRIATM radiologiya bo‘limlariga 2025 yil 5 maydagi №90u buyruq va «M-clinic» ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 30 maydagi №22-P/2025 buyrug‘i asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari menopauzadagi ayollarda endometriy giperplaziyasini erta aniqlash samaradorligini oshirishga yordam berdi. Mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish ortiqcha invaziv tekshiruvlar (jumladan, diagnostik kyuretaj va gisteroskopiya) sonini kamaytirishga, bemorlarning ruhiy va jismoniy yuklamasini pasaytirishga hamda asoratlar xavfini minimallashtirishga imkon berdi. Bu yondashuv birinchi darajali tibbiyot muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan klinikalarda onkoginekologiya skriningini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: Mul`tiparametrik UTT protokolini amaliyotga joriy etish natijasida 158 nafar bemorda ortiqcha invaziv diagnostika va kech aniqlangan holatlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar qisqartirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu yondashuv orqali umumiy hisobda taxminan 96060000 so‘m mablag‘ tejaldi. Har bir bemor uchun o‘rtacha iqtisod 608000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Menopauzadagi ayollarda endometriyning giperplastik jarayonlarini mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvi yordamida erta aniqlash tashxis samaradorligini oshirish, ortiqcha diagnostika xarajatlarini qisqartirish va har bir bemor uchun o‘rtacha 608000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘llanilgan UTT usullarining har biri uchun spesifiklik, sezgirlik va tashhisiy, shuningdek endometriy patologiyasini turli genezlar bilan diagnostika qilishda ularning kompleks qo‘llanilish ahamiyati asoslangan. Toshkent shahridagi RIOvaRIATM radiologiya bo‘limlariga 2025 yil 5 maydagi №90u buyruq va «M-clinic» ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 30 maydagi №22-P/2025 buyrug‘i asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Mul`tiparametrik UTT yordamida giperplastik jarayonlarni aniqlash orqali onkoginekologik kasalliklarning erta bosqichlarini yuqori aniqlikda diagnostika qilish ta’minlandi. Bu ayollar orasida skrining samaradorligini oshirish, kechikib qo‘yilgan holatlar va ortiqcha biopsiyalarning oldini olish imkonini berdi. Shuningdek, bemorlarning hayotiy sifatini yaxshilash va ularda ortiqcha stress yuzaga keltiruvchi holatlarni kamaytirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: 158 nafar bemorda qo‘llanilgan ushbu uslub orqali 92540000 so‘m miqdorida iqtisod qilindi. Bu ortiqcha invaziv tekshiruvlar va ularga bog‘liq asoratlarni kamaytirish hisobiga erishildi. Har bir bemor uchun o‘rtacha iqtisod 585000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Menopauzadagi ayollarda giperplastik jarayonlarni aniqlashda mul`tiparametrik UTTdan foydalanish ortiqcha diagnostika xarajatlarini kamaytirish va har bir bemor uchun o‘rtacha 585000 so‘m tejash imkonini berdi. Bu uslub onkoginekologik amaliyotda samarali va iqtisodiy jihatdan maqbul ekanligi isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: innovatsion ul`tratovush tekshiruvi usullaridan foydalanilganda endometriy saratoni bo‘yicha solishtirma tahlil va exografik semiotikasi aniqlangan. Toshkent shahridagi RIOvaRIATM radiologiya bo‘limlariga 2025 yil 5 maydagi №90u buyruq va «M-clinic» ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 30 maydagi №22-P/2025 buyrug‘i asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yaratilgan protokol yordamida menopauzadagi ayollarda endometriy patologiyasini erta aniqlashda ul`tratovush tekshiruvining samaradorligi oshdi. Bu ortiqcha invaziv usullarning (biopsiya, gisteroskopiya) sonini kamaytirish, bemorlar uchun ruhiy va jismoniy stressni pasaytirish va skriningning sifati yaxshilanishiga yordam berdi. Ushbu yondashuv onkoginekologik amaliyotda zamonaviy va patsientlar uchun qulay usul sifatida tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Protokolni amaliyotga joriy etish orqali 158 nafar bemorda qo‘shimcha tekshiruvlar va kechikib qo‘yilgan tashxis tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish imkoni yaratildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy iqtisod 89300000 so‘mni tashkil etdi. Har bir bemor uchun o‘rtacha iqtisod 565000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Menopauzadagi ayollarda endometriy patologiyasiga shubha qilinganda qo‘llaniladigan original ekspert mul`tiparametrik UTT protokoli tashxis samaradorligini oshirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va har bir bemor uchun o‘rtacha 565000 so‘m tejash imkonini berdi. Ushbu yondashuv amaliyotda joriy qilish uchun yuqori samaradorlikka ega ekanligi isbotlandi.