Matjanov To‘lqinjan Kazakboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonning ayrim baliqchilik ko‘llaridagi yuksak suv o‘simliklarining ekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V563.
Ilmiy rahbar: Otenov To'legen, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori; Mamaraximov Oybek Muratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonning ayrim ko‘llaridagi yuksak suv o‘simliklarining ekologik xususiyatlarini va zamonaviy holatini aniqlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryoning delta zonasi suv havzalarida – Dovutko‘l ko‘lida, Sarbas ko‘lida, Sudoche ko‘llar tizimida, Jiltirbasda yuksak suv o‘simliklarining hozirgi holatida faqat gidrogalofil turlar uchrashi, ular 9 oila, 13 turkumga mansub 23 ta turdan iborat ekanligi aniqlangan; 
birinchi marotaba Amudaryo deltasining baliqchilik suv havzalaridagi barqaror bo‘lmagan suv rejimi sharoitida yuksak suv o'simliklarining bioekologik xususiyatlari ochib berilgan; 
Amudaryo delta zonasi ko‘llaridagi yuksak suv o‘simliklarining haddan tashqari o‘sishiga qarshi kurashda ko‘llarning o‘zida ko‘paya oladigan Syprinus carpio, Rutilus rutilus, Carassius gibelio, Abramis brama kabi o‘txo‘r baliq turlaridan foydalanish bo‘yica tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
Amudaryo delta zonasi baliqlar populyasiyasining rivojlanishiga yuksak suv o‘simliklarining ta’sirini aniqlash hamda uning ekologik va biotik parametrlarini hisobga olgan holda suv havzasining istiqbolli akvakultura texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonning ayrim baliqchilik ko‘llaridagi yuksak suv o‘simliklarining ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
baliqchilik ko‘llari – Dovutko‘l, Sarbas, Sudoche va Jiltirbas ko‘llarining yuksak suv o‘simliklari bilan tig‘iz qoplanganligi va ularga qarshi kurashda o‘txo‘r baliq turlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 21 iyundagi 01/18-2-1948-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv ekotizimlari salohiyatidan foydalanib, yuqori hajmdagi baliq xomashyosini olish uchun baliq etishtirishning turli shakllari va texnologiyalarini joriy etish imkonini bergan;
Amudaryo deltasi ko‘llarida ko‘paytirish mumkin bo‘lgan o‘txo‘r baliqlar uchun ozuqa sifatida yuksak suv o‘simliklaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 7 iyundagi 03/09-3-260-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv yaylovchiligini rivojlantirish va ularda iqtisodiy foydali baliq turlarini tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish